O’rta Osiyo respublikalari va Qozig’iston spartakiadalari. 1934 yildan 1957 yilgacha O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’istonda o’tkazilgan yengil atletika bo’yicha musobaqalar juda mashhur va tantanavor ravishda bo’lgan.
Bu musobaqalar, Ittifoqdosh respublikalarning poytaxtida o’tkazilgan.
Mazkur Spartakiadaga Toshkent shahri uch marta mezbonlik qilgan.
1934 yilda o’tkazilgan O’rta Osiyo respublikalari I Spartakiadasida, Qozog’iston sportchilari konkursdan tashqari ishtirok etadi.
1943 yildan boshlab bu musobaqalar O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston Spartakiadasi deb nomlana boshlandi.
Ushbu Spartakiada musobaqalari yilning kuz oylarida o’tkazilib, bu sportchilarning musobaqalar davrini uzayishiga sabab bo’ladi.
O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston Spartakiadasi musobaqalari 9 marta o’tkazilgan bo’lsa, ulardan o’zbek yengil atletikachilarining natijalari
to’g’risida ma’lumotlar 8 tasida saqlanib qolingan. Unga ko’ra o’zbekistonliklar 92 marta chempion bo’lgan (56 marta erkaklar va 36 marta ayollar). Spartakiadalarda o’zbek yengil atletikachilaridan eng ko’p chempion nomiga sazovor bo’lganlar:
L.Skaskaya – to’rt g’alaba, E.Pusillo, A.Borisov, A.Kireeva, S.Popov, YU.Sholomiskiy va YU.Finkelar uch martadan g’alaba qozonishgan.
Butunittifoq o’quvchilar Spartakiadalari. Butunittifoq o’quvchilar Spartakiadalari – bu juda nufuzli musobaqa sanalar edi. 1954 yildan boshlab o’tkazilib kelingan bu musobaqalar yengil atletikachilarni tarbiyalab etishtirishda sezilarli ravishda o’z samarasini bergan.
Bunday Butunittifoq Spartakiadalari Sobiq Ittifoqining 13 ta shaharlarida, shu jumladan 2 marta Toshkent shahrida (1978 va 1984 yillar) o’tkazilgan.
Dastlabki to’qqizta Spartakiadada yosh yengil atletikachilarimiz 11-dan 16- gacha bo’lgan o’rinlarni egallab kelishar edi. 1967 yilda jamoamiz birinchi marta kuchli o’ntalikka kiradi. Eng katta yutuq 1972 yilda (Kiev) va 1984 yil Toshkentda bo’lgan musobaqalarda qayd etilgan (5-o’rin).
O’zbek sportchi o’quvchilari 81 ta medalni qo’lga kiritgan: ulardan 29 ta oltin, 24 ta kumush va 37 ta bronza medallaridir.
Jumladan, Tamara Press (Samarqand) uchta oltin medal sohibi bo’lgan. Irina Press (Samarqand), Tatyana SHishkina (Toshkent) va Lyubov Kiryuxinalar (Farg’ona) bittadan oltin, kumush, bronza medallarini qo’lga kiritishga musharraf bo’lgan.
Sakkizta sportchi (A.Malshenko, A.Dimov, N.Danilova, V.Klimov, S.Usov, I.Fokin, L.Frolova, I.Prokudin) 2 tadan medal sohibi bo’lishgan.
Butunittifoq o’quvchilar Spartakiadalarida sovrindor hamda g’olib bo’lib kelgan opa-singil Tamara va Irina Presslar – Sobiq Ittifoqda xizmat ko’rsatgan sport ustasi unvoni bilan taqdirlangan.
Ettita sportchi (O.Levonenko, L.Storojkova, A.Dimov, V.Isaev, A.Kiryuxina, S.Kot, V.Rijenkov) xalqaro toifadagi sport ustasi talablarini bajargan. 18 ta qatnashchi (Valentina Ballod, Tatyana Kozlova, Sergey Anikin, Evgeniy Yakimenko, Sergey Jogolov, Olga Iskandarova, Natalya Danilova, Irina Chemina,
Valeriya Klimov, Igor Prokudin, Alim Safarov, Vadim Gersov, Viktor Tabakov, Lyudmila Frolova, Valentina Nuritdinova, Nadejda Shaprinskaya, Yuliya Teplyakova, Olga Morugina) sport ustasi unvonini qo’lga kiritgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |