O‘zbekistonda erkin turistik zonalarni rivojlantirishda MICE
turizmning roli
The role of MICE industry in the development of free tourism
zones in Uzbekistan
Aziza Asadova
“Ipak yo‘li” TXU Ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi, magistr
Annotatsiya.
Ushbu ilmiy maqolada erkin turistik zonalar va MICE turizmning
tavsifi batafsil yoritilgan bo‘lib, O‘zbekistonda erkin turistik zonalarda MICE turizmni
rivojlantirish bo‘yicha mavjud shart-sharoitlar, MICE turizmni rivojlantirishning
istiqbollari va turizm infratuzilmasini shakllanishidagi ahamiyati haqida yoritilgan bo‘lib,
turistik hududlarda biznes turizmni rivojlantirish bo‘yicha takliflar keltirilgan.
Abstract.
This scientific article describes in detail the description of free tourist
zones and MICE tourism, the current conditions for the development of MICE tourism in
free tourist zones in Uzbekistan, the prospects for the development of MICE tourism and
its role in the formation of tourism infrastructure. There are proposals for the development
of business tourism.
Аннотация.
В данной научной статье подробно описаны характеристики
свободных туристических зон и MICE-туризма, текущие условия развития MICE-
туризма в свободных туристических зонах Узбекистана, перспективы развития
MICE-туризма и его роль в формировании туристической инфраструктуры. Есть
предложения по развитию делового туризма.
Kalit so‘zlar:
Erkin turistik zonalar, MICE turizm, “Chorvoq” ETZ, investitsiya,
biznes stil, “Canaan travel”.
Ключевые слова:
Свободные туристические зоны, MICE туризм, "Чарвак",
инвестиции, деловой стиль, "Canaan travel".
Key words:
Free tourist zones, MICE tourism, “Charvak”, investment, business
style, “Canaan travel”.
16
So‘nggi yillarda mamlakatimizda turizmga bo‘lgan e’tibor yuksak darajada bo‘lib,
Prezidentimizning 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini
jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4861-sonli farmoniga
binoan, turizmga iqtisodiyotning asosiy sektori maqomi berildi [1; b1]. Bugungi kunga
kelib turizm iqtisodiyotning bir bo‘lagi sifatida o‘zini yaqqol namoyon etdi va 2019-yilda
turistik xizmatlar eksporti ko‘rsatkichi 1,3 milliard dollarni tashkil qildi, bu ko‘rsatkich
2018-yilga nisbatan (1 milliard dollar) 26,1 foizga [2; b1] o‘sganligini ko‘rsatmoqda.
Butunjahon turizm tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, 2019-yilda dunyoda
turizm maqsadida xalqaro darajada 1,5 mlrddan ortiq sayohatlar amalga oshirilgan [3; b2].
Bugungi globallashuv davrida shaharlarni ma’lum bir doirada ixtisoslashtirib
rivojlantirish, soha va tarmoqlar rivojlanishini jadallashtirmoqda. Shu o‘rinda erkin
iqtisodiy zonalarni tashkil etish, bir faoliyat doirasidagi tadbirkorlar majmuini yaratish,
raqobatbardoshlikni oshirish, xizmat ko‘rsatish va servis, mahsulotlar sifatini oshirishga
xizmat qilmoqda. Ayniqsa, turizm salohiyatiga ega hududlarda erkin turistik zonalarni
tashkil qilish, turistlarga va ekskursantlarga yengilliklar yaratishga xizmat qiladi. Buning
yana bir o‘ziga xosligi shundaki, mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish borasida
raqobatbardoshlik va sifatni o‘sishiga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyul “Turizm to‘g‘risidagi”
Qonunining 4-bobi 17-moddasida turistik zonalarga quyidagicha ta’rif berilgan:
“Muayyan chegaralarga ega bo‘lgan, bir yoki bir necha turistik resurslar (tabiiy, tarixiy.
Ijtimoiy-madaniy, davolash, sog‘lomlashtirish obyektlari, shuningdek, turistlar va
ekskursantlarning ehtiyojlarini qanoatlantira oladiga boshqa obyektlar) joylashgan, kirish
turizmini va ichki turizmni, turistik industriyani rivojlantirish, turistik resurslarni
muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida tashkil etilgan hudud
turistik zonadir”. Bundan tashqari, erkin turistik zonalar erkin iqtisodiy zonalarga
tenglashtiriladi ya’ni yirik hududlarda aynan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
subyektlar bir yirik hududda jamlanadi [4; b7].
Erkin turistik zonalarda faoliyat olib boruvchi turistik faoliyat subyektlari ham
erkin iqtisodiy zonalarda mavjud bo‘lgan barcha shart-sharoitlar va imtiyozlarga ega
bo‘ladilar. Shunday ekan, barcha turistik faoliyat subyektlari uchun ham O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin
iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarorini
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan, erkin iqtisodiy zonalar
hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda erkin iqtisodiy
17
zonalar qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham amal qiladi
[5; b4].
Erkin turistik zonada ma’lum bir loyihani joylashtirish masalasi ko‘rib chiqilganda,
quyidagilarga ham ahamiyat berish zarur:
•
investitsiyalarni tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari va ular tomonidan
O‘zbekistonning davlat kafolati taqdim etilmasdan jalb qilingan kreditlar hisobidan
amalga oshirish;
•
investorning moliyaviy layoqatliligi, texnik va texnologik bazaning mavjudligi;
investitsiya loyihasi amalga oshirilishining maqsadga muvofiqligi (investitsiya
loyihasini qulay joylashtirish, tashkil etiladigan ish o‘rinlari soni, hudud va
umuman, sohadagi infratuzilma o‘zgarishlariga ta'sir ko‘rsatish, ishlab turgan
quvvatlardan foydalanish zarur infratuzilmaning mavjudligi);
•
investitsiya loyihasida xalqaro standartlarga mos bo‘lgan menejment tizimining
mavjudligi;
•
asbob-uskunalar va texnologik liniyalar ro‘yxati ko‘rsatilgan holda, energiya
tejaydigan zamonaviy tizimlar va texnologiyalar mavjudligi haqidagi ma’lumotlar
[6; b2].
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida bo‘lgan, jahondagi
yetakchi transmilliy mehmonxona tarmoqlari va umumiy ovqatlanish tarmoqlari
brendlarining mezonlariga mos bo‘lgan, shu bilan birga, xodimlar sifatida mahalliy
aholini jalb etishni ko‘zda tutadigan loyihalarga ustunlik berish muhim hisoblanadi.
O‘zbekistonda “Chorvoq”, “Qadimiy Buxoro” erkin turistik zonalari va Namangan
viloyatining Nanay sayyohlik zonasi, Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi “Suffa”
masjidi, Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Omonxona qishlogʻi loyihalari amalda
faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda turistik zonalar bosh rejasi xorijiy kompaniyalar
ishtirokida ishlab chiqilishi bu borada samarali natijaga erishishda muhim omil bo‘lib
xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil
etish to‘g‘risida”gi [7; b4] farmoniga ko‘ra zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlariga
ega bo‘lgan, turistik salohiyati yuqori hududlarga investitsiyalarni jalb qilish,
hududlarning ekomuhitini inobatga olib, o‘ziga xos turmarshrutlarni ishlab chiqish,
transport tarmoqlarini yanada rivojlantirish, muqobil energiya manbalarini tejovchi
uskunalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Chorvoq” erkin turistik zonasi
tashkil etildi. Bugungi kunda “Chorvoq” O‘zbekistonning turistik potensiali yuqori
18
hududlaridan biri hisoblanadi. Nafaqat chet ellik mehmonlar balki, mahalliy aholi dam
olish maqsadida juda ko‘p tashrif buyuradi. U yerda barcha kommunikatsiya aloqari
o‘rnatilgan bo‘lib, internetdan foydalanish mumkin. Eng asosiysi, suv havzalarida maroqli
hordiq chiqarish, dam olish mumkin. Tabiat qo‘ynida biznes uchrashuvlarni tashkil etish
mumkin, bunda transportning yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda MICE turizm rivojlangan mamlakatlarda turizmning asosiy
rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, 2019-yilda
Rossiya turizmining 45 foizini biznes turizmi tashkil etgan [8; b3]. Shu o‘rinda aytish
lozimki, bu tadbirkorlarning ko‘plab chet ellik hamkorlar bilan ishlashi, mamlakatdan
chiqish va ko‘plab hamkorlarning kirib kelishi hisobiga ro‘y beradi.
2019-yilda O‘zbekistonga 6 748 500 nafar sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, 2018-yilda
esa bu ko‘rsatkich 5 346 200 kishini tashkil qilgan. Eng ko‘p sayyohlar Markaziy Osiyo
mintaqasidan tashrif buyurgan, ularning soni 5 764 500 kishiga yetgan. MDH
mamlakatlaridan kelganlar soni 495 600 kishini tashkil qilgan. Uzoq xorijiy
mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlar soni esa 488 400 ming kishini qayd etgan.
Sayyohlarning aksariyati Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Rossiya
Federatsiyasi, Turkiya, Afg‘oniston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston kabi
davlatlardan tashrif buyurgan bo‘lib, turli maqsadlarda tashrif buyurishgan. Quyidagi 1-
rasmda 2019-yilda kelgan turistlarning maqsadlari aks etgan bo‘lib, O‘zbekistonda biznes
maqsadida tashrif buyuruvchilar ko‘rsatkichi juda ham past va boshqa turizm maqsadlari
bilan birgalikda hali endi 2,7 foizni tashkil etmoqda [2; b3]. Shunday ekan,
mamlakatimizda bu borada qilinadigan ishlar juda ko‘p bo‘lib, keng ommaga MICE
turizm to‘g‘risida axborotlarni tinmay berib borish, turizm rivojlangan hududlarda MICE
turizm ko‘rsatkichlarini alohida sarhisobini olish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
19
MICE turizm erkin turistik hududlarda rivojlanishi barqaror bo‘lgan turizm
turlaridan biri sanaladi. Bu turizm O‘zbekistonda hali yaxshi rivojlanmagan bo‘lib,
turizmning yangi maqsadli turi hisoblanadi. Ammo mamlakatimizda MICE turizmni
rivojlantirish fundamentlari avvaldan yaratilgan bo‘lib, qonun doirasida biznes-
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, uchrashuvlar, konferensiyalar tashkil etish borasida hech
qanday to‘siqlar mavjud emas. Ammo bu borada kamchiliklar ko‘p bo‘lib, ularni bartaraf
etish yo‘llarini izlab topib, tadqiqotlar o‘tkazish har bir turistik subyektning asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi. Erkin turistik zonalar hajmi jihatdan yirik komplekslar
majmuini o‘z ichiga olishini inobatga olganda, u yerda MICE turizmni rivojlantirish
ko‘proq samara berishini anglab olish qiyin emas.
MICE so‘zi ingliz tilidagi Meeting, Incentives, Conferences, Events kabi so‘zlar
majmuasidan tashkil topgan bo‘lib, MICE turizm uchrashuvlar, konferensiyalar, turli
tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bo‘g‘liq bo‘lgan ish safarlarini o‘z ichiga oladi.
MICE turizmining rivojlanishi mamlakatlararo, hukumatlararo va tashkilotlararo
munosabatlarni yaxshilash, biznes va hamkorlik bo‘yicha shartnomalarni imzolash,
o‘zaro manfaatli takliflarni almashish, yangi g‘oyalarni izlab topish, munozalari va
muhokamali vaziyatlarni hal qilishda samarali yechim hisoblanadi. Bunda ayniqsa ish va
turizmning o‘zaro bog‘lanishi ikki hamkor tomonlarga ham ijobiy foyda olib keladi. Shu
maqsadda ham erkin turistik zonalarda MICE turizmning rivojlanishiga hissa qo‘shuvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |