Mice industry as a driver of economic development


O‘zbekistonda erkin turistik zonalarni rivojlantirishda MICE



Download 28,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/30
Sana29.05.2022
Hajmi28,24 Mb.
#614889
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
c83c7a3ba60bdebd0dd4bb7d92e6deb4

O‘zbekistonda erkin turistik zonalarni rivojlantirishda MICE 
turizmning roli 
The role of MICE industry in the development of free tourism 
zones in Uzbekistan 
Aziza Asadova 
“Ipak yo‘li” TXU Ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi, magistr 
Annotatsiya. 
Ushbu ilmiy maqolada erkin turistik zonalar va MICE turizmning 
tavsifi batafsil yoritilgan bo‘lib, O‘zbekistonda erkin turistik zonalarda MICE turizmni 
rivojlantirish bo‘yicha mavjud shart-sharoitlar, MICE turizmni rivojlantirishning 
istiqbollari va turizm infratuzilmasini shakllanishidagi ahamiyati haqida yoritilgan bo‘lib, 
turistik hududlarda biznes turizmni rivojlantirish bo‘yicha takliflar keltirilgan.
Abstract.
This scientific article describes in detail the description of free tourist 
zones and MICE tourism, the current conditions for the development of MICE tourism in 
free tourist zones in Uzbekistan, the prospects for the development of MICE tourism and 
its role in the formation of tourism infrastructure. There are proposals for the development 
of business tourism. 
Аннотация.
В данной научной статье подробно описаны характеристики 
свободных туристических зон и MICE-туризма, текущие условия развития MICE-
туризма в свободных туристических зонах Узбекистана, перспективы развития 
MICE-туризма и его роль в формировании туристической инфраструктуры. Есть 
предложения по развитию делового туризма.
Kalit so‘zlar:
Erkin turistik zonalar, MICE turizm, “Chorvoq” ETZ, investitsiya, 
biznes stil, “Canaan travel”.
Ключевые слова:
Свободные туристические зоны, MICE туризм, "Чарвак", 
инвестиции, деловой стиль, "Canaan travel".
Key words:
Free tourist zones, MICE tourism, “Charvak”, investment, business 
style, “Canaan travel”.


16 
So‘nggi yillarda mamlakatimizda turizmga bo‘lgan e’tibor yuksak darajada bo‘lib, 
Prezidentimizning 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini 
jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4861-sonli farmoniga 
binoan, turizmga iqtisodiyotning asosiy sektori maqomi berildi [1; b1]. Bugungi kunga 
kelib turizm iqtisodiyotning bir bo‘lagi sifatida o‘zini yaqqol namoyon etdi va 2019-yilda 
turistik xizmatlar eksporti ko‘rsatkichi 1,3 milliard dollarni tashkil qildi, bu ko‘rsatkich 
2018-yilga nisbatan (1 milliard dollar) 26,1 foizga [2; b1] o‘sganligini ko‘rsatmoqda.
Butunjahon turizm tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, 2019-yilda dunyoda 
turizm maqsadida xalqaro darajada 1,5 mlrddan ortiq sayohatlar amalga oshirilgan [3; b2]. 
Bugungi globallashuv davrida shaharlarni ma’lum bir doirada ixtisoslashtirib 
rivojlantirish, soha va tarmoqlar rivojlanishini jadallashtirmoqda. Shu o‘rinda erkin 
iqtisodiy zonalarni tashkil etish, bir faoliyat doirasidagi tadbirkorlar majmuini yaratish, 
raqobatbardoshlikni oshirish, xizmat ko‘rsatish va servis, mahsulotlar sifatini oshirishga 
xizmat qilmoqda. Ayniqsa, turizm salohiyatiga ega hududlarda erkin turistik zonalarni 
tashkil qilish, turistlarga va ekskursantlarga yengilliklar yaratishga xizmat qiladi. Buning 
yana bir o‘ziga xosligi shundaki, mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish borasida 
raqobatbardoshlik va sifatni o‘sishiga xizmat qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyul “Turizm to‘g‘risidagi” 
Qonunining 4-bobi 17-moddasida turistik zonalarga quyidagicha ta’rif berilgan: 
“Muayyan chegaralarga ega bo‘lgan, bir yoki bir necha turistik resurslar (tabiiy, tarixiy. 
Ijtimoiy-madaniy, davolash, sog‘lomlashtirish obyektlari, shuningdek, turistlar va 
ekskursantlarning ehtiyojlarini qanoatlantira oladiga boshqa obyektlar) joylashgan, kirish 
turizmini va ichki turizmni, turistik industriyani rivojlantirish, turistik resurslarni 
muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida tashkil etilgan hudud 
turistik zonadir”. Bundan tashqari, erkin turistik zonalar erkin iqtisodiy zonalarga 
tenglashtiriladi ya’ni yirik hududlarda aynan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 
subyektlar bir yirik hududda jamlanadi [4; b7].
Erkin turistik zonalarda faoliyat olib boruvchi turistik faoliyat subyektlari ham 
erkin iqtisodiy zonalarda mavjud bo‘lgan barcha shart-sharoitlar va imtiyozlarga ega 
bo‘ladilar. Shunday ekan, barcha turistik faoliyat subyektlari uchun ham O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin 
iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarorini 
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan, erkin iqtisodiy zonalar 
hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda erkin iqtisodiy 


17 
zonalar qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham amal qiladi 
[5; b4].
Erkin turistik zonada ma’lum bir loyihani joylashtirish masalasi ko‘rib chiqilganda
quyidagilarga ham ahamiyat berish zarur: 

investitsiyalarni tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari va ular tomonidan 
O‘zbekistonning davlat kafolati taqdim etilmasdan jalb qilingan kreditlar hisobidan 
amalga oshirish; 

investorning moliyaviy layoqatliligi, texnik va texnologik bazaning mavjudligi; 
investitsiya loyihasi amalga oshirilishining maqsadga muvofiqligi (investitsiya 
loyihasini qulay joylashtirish, tashkil etiladigan ish o‘rinlari soni, hudud va 
umuman, sohadagi infratuzilma o‘zgarishlariga ta'sir ko‘rsatish, ishlab turgan 
quvvatlardan foydalanish zarur infratuzilmaning mavjudligi);

investitsiya loyihasida xalqaro standartlarga mos bo‘lgan menejment tizimining 
mavjudligi;

asbob-uskunalar va texnologik liniyalar ro‘yxati ko‘rsatilgan holda, energiya 
tejaydigan zamonaviy tizimlar va texnologiyalar mavjudligi haqidagi ma’lumotlar 
[6; b2].
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida bo‘lgan, jahondagi 
yetakchi transmilliy mehmonxona tarmoqlari va umumiy ovqatlanish tarmoqlari 
brendlarining mezonlariga mos bo‘lgan, shu bilan birga, xodimlar sifatida mahalliy 
aholini jalb etishni ko‘zda tutadigan loyihalarga ustunlik berish muhim hisoblanadi. 
O‘zbekistonda “Chorvoq”, “Qadimiy Buxoro” erkin turistik zonalari va Namangan 
viloyatining Nanay sayyohlik zonasi, Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi “Suffa” 
masjidi, Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Omonxona qishlogʻi loyihalari amalda 
faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda turistik zonalar bosh rejasi xorijiy kompaniyalar 
ishtirokida ishlab chiqilishi bu borada samarali natijaga erishishda muhim omil bo‘lib 
xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil 
etish to‘g‘risida”gi [7; b4] farmoniga ko‘ra zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlariga 
ega bo‘lgan, turistik salohiyati yuqori hududlarga investitsiyalarni jalb qilish,
hududlarning ekomuhitini inobatga olib, o‘ziga xos turmarshrutlarni ishlab chiqish, 
transport tarmoqlarini yanada rivojlantirish, muqobil energiya manbalarini tejovchi 
uskunalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Chorvoq” erkin turistik zonasi 
tashkil etildi. Bugungi kunda “Chorvoq” O‘zbekistonning turistik potensiali yuqori 


18 
hududlaridan biri hisoblanadi. Nafaqat chet ellik mehmonlar balki, mahalliy aholi dam 
olish maqsadida juda ko‘p tashrif buyuradi. U yerda barcha kommunikatsiya aloqari 
o‘rnatilgan bo‘lib, internetdan foydalanish mumkin. Eng asosiysi, suv havzalarida maroqli 
hordiq chiqarish, dam olish mumkin. Tabiat qo‘ynida biznes uchrashuvlarni tashkil etish 
mumkin, bunda transportning yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda MICE turizm rivojlangan mamlakatlarda turizmning asosiy 
rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, 2019-yilda 
Rossiya turizmining 45 foizini biznes turizmi tashkil etgan [8; b3]. Shu o‘rinda aytish 
lozimki, bu tadbirkorlarning ko‘plab chet ellik hamkorlar bilan ishlashi, mamlakatdan 
chiqish va ko‘plab hamkorlarning kirib kelishi hisobiga ro‘y beradi.
2019-yilda O‘zbekistonga 6 748 500 nafar sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, 2018-yilda 
esa bu ko‘rsatkich 5 346 200 kishini tashkil qilgan. Eng ko‘p sayyohlar Markaziy Osiyo 
mintaqasidan tashrif buyurgan, ularning soni 5 764 500 kishiga yetgan. MDH 
mamlakatlaridan kelganlar soni 495 600 kishini tashkil qilgan. Uzoq xorijiy 
mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlar soni esa 488 400 ming kishini qayd etgan. 
Sayyohlarning aksariyati Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Rossiya 
Federatsiyasi, Turkiya, Afg‘oniston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston kabi 
davlatlardan tashrif buyurgan bo‘lib, turli maqsadlarda tashrif buyurishgan. Quyidagi 1-
rasmda 2019-yilda kelgan turistlarning maqsadlari aks etgan bo‘lib, O‘zbekistonda biznes 
maqsadida tashrif buyuruvchilar ko‘rsatkichi juda ham past va boshqa turizm maqsadlari 
bilan birgalikda hali endi 2,7 foizni tashkil etmoqda [2; b3]. Shunday ekan, 
mamlakatimizda bu borada qilinadigan ishlar juda ko‘p bo‘lib, keng ommaga MICE 
turizm to‘g‘risida axborotlarni tinmay berib borish, turizm rivojlangan hududlarda MICE 
turizm ko‘rsatkichlarini alohida sarhisobini olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 


19 
MICE turizm erkin turistik hududlarda rivojlanishi barqaror bo‘lgan turizm 
turlaridan biri sanaladi. Bu turizm O‘zbekistonda hali yaxshi rivojlanmagan bo‘lib, 
turizmning yangi maqsadli turi hisoblanadi. Ammo mamlakatimizda MICE turizmni 
rivojlantirish fundamentlari avvaldan yaratilgan bo‘lib, qonun doirasida biznes-
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, uchrashuvlar, konferensiyalar tashkil etish borasida hech 
qanday to‘siqlar mavjud emas. Ammo bu borada kamchiliklar ko‘p bo‘lib, ularni bartaraf 
etish yo‘llarini izlab topib, tadqiqotlar o‘tkazish har bir turistik subyektning asosiy 
vazifalaridan biri hisoblanadi. Erkin turistik zonalar hajmi jihatdan yirik komplekslar 
majmuini o‘z ichiga olishini inobatga olganda, u yerda MICE turizmni rivojlantirish 
ko‘proq samara berishini anglab olish qiyin emas.
MICE so‘zi ingliz tilidagi Meeting, Incentives, Conferences, Events kabi so‘zlar 
majmuasidan tashkil topgan bo‘lib, MICE turizm uchrashuvlar, konferensiyalar, turli 
tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bo‘g‘liq bo‘lgan ish safarlarini o‘z ichiga oladi. 
MICE turizmining rivojlanishi mamlakatlararo, hukumatlararo va tashkilotlararo 
munosabatlarni yaxshilash, biznes va hamkorlik bo‘yicha shartnomalarni imzolash, 
o‘zaro manfaatli takliflarni almashish, yangi g‘oyalarni izlab topish, munozalari va 
muhokamali vaziyatlarni hal qilishda samarali yechim hisoblanadi. Bunda ayniqsa ish va 
turizmning o‘zaro bog‘lanishi ikki hamkor tomonlarga ham ijobiy foyda olib keladi. Shu 
maqsadda ham erkin turistik zonalarda MICE turizmning rivojlanishiga hissa qo‘shuvchi 

Download 28,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish