Annotatsiya. Ushbu maqolada dunyodagi mice turizmi bozori tahlili, O‘zbekistonda mice turizmni rivojlantirish bo‘yicha mavjud shart-sharoitlar



Download 37,12 Kb.
bet1/2
Sana05.04.2022
Hajmi37,12 Kb.
#530604
  1   2
Bog'liq
MICE turizmida marketing tadqiqotlari


O’zbekistonda MICE turizmi bozori tahlili va ushbu sanoatni rivojlantirish istiqbollari
Annotatsiya. Ushbu maqolada dunyodagi MICE turizmi bozori tahlili, O‘zbekistonda MICE turizmni rivojlantirish bo‘yicha mavjud shart-sharoitlar, MICE turizmni rivojlantirishning istiqbollari va turistik hududlarda biznes turizmni rivojlantirish bo‘yicha taklif
Kalit so’zlar: MICE sanoati, ishbilarmonlik turizmi, turistik turlar, MICE tadbirlari, ICCA tashkiloti
Аннотация. В данной статье представлен анализ мирового рынка MICE-туризма, современные условия развития MICE-туризма в Узбекистане, перспективы развития MICE-туризма и предложения по развитию делового туризма в туристических направлениях.
Ключевые слова: MICE-индустрия, деловой туризм, туры, MICE- мероприятия, организация ICCA
Abstract. This article provides an analysis of the global MICE tourism market, the current conditions for the development of MICE tourism in Uzbekistan, the prospects for the development of MICE tourism and proposals for the development of business tourism in tourist areas.
Key words. MICE-industry, business tourism, tours, MICE-events. ICCA organization.
Hozirgi davrda turizm industriyasi keng ko'lamli bo'lib, ko'plab shakl va turlarni o'z ichiga olganligi sababli, ularning tashkiliy xususiyatlarini yaxshiroq aniqlash uchun uning segmentatsiyalash zarurati tug'iladi. Ushbu segmentlardan biri so'nggi yigirma yil ichida jadal rivojlanayotgan ishbilarmonlik turizmidir. Ishbilarmonlik turizmi o‘zining muhimligi jihatidan daromadlilik jihatdan bo‘yicha boshqa turizm turlari bilan raqobatlasha oladi. Shu sababli ko'plab turistik agentliklari tomonidan tashkil etilgan.
Xorijiy adabiyotlarda ishbilarmonlik turizmiga ko‘plab ta’riflar berilgan. R.Devidson tomonidan berilgan ishbilarmonlik turizmining birinchi ta’riflaridan biri uning maqsadli yo‘nalishining mehnat bilan bog‘liqligini ta’kidlagan. Uning fikricha “Ishbilarmonlik turizmi mehnat bilan bog‘liq maqsadlarda amalga oshiriladigan sayohatni bildiradi”. [1] A. Aguilera biznes turizmi deganda "odatdagi ish joyidan tashqari joylarda ishlash bilan bog'liq sayohat" deb ta'riflaydi. [2] Rossiya ishbilarmonlik turizmi assotsiatsiyasi biznes turizmini "rasmiy maqsadlarda, qoida tariqasida, xizmat safari joyida daromad olmasdan sayohat qilish" deb talqin qiladi. [3]
Moskva davlat universitetida chiqarilgan darsligida ishbilarmonlik turizmiga yanada kengroq ta'rifni beradi. Ishbilarmonlik turizmi ikkita segmentga klassik ish safarlari va MICE turizmiga ajratib ko’rsatadilar.
MICE turizmiining asosiy maqsadi biznes (tijorat)dir. Hamkorlar bilan uchrashuvlardan tashqari, sayohatlar kongresslar, konferensiyalar, sammitlar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar, taqdimotlarni o'z ichiga oladi.
MICE turizmining rivojlanishi turistik mintaqa uchun ko’p jihatdan foyda keltiradi. Masalan:

  • turizm iqtisodiyotini ayniqsa “o’lik” mavsumda rag'batlantirish,

  • turizm infratuzilmasini takomillashtirish,

  • turistlar sarf-xarajatlarining oshishi, (MICE turistlari qisqa vaqt ichida oddiy sayohatchilarga qaraganda ko'proq pul sarflashadi)

- MICE turistlarini sayyohlarga aylantirish. (MICE turistlari turistik mintaqadagi diqqatga sazovor joylarga, turistik-rekreatsion hududlarga sayohat qilish uchun sayohat muddatini uzaytirishlari) [5]
2019 yilda dunyo bo’yicha MICE sanoatidan olingan daromad 752 milliard AQSh dollarini tashkil yetdi va 2025 yilga kelib o'rtacha yillik o'sish sur'ati 7,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda. 1,245 milliard AQSh dollariga yetadi. [4]
Global miqyosda tashkil etiladigan turli tadbirlar va uchrashuvlar sonining ortishi, ish safarlarining ko’payishi, daromadlarning o'sishi, turizm sohasining tez o'sishi tufayli global MICE turizm sanoati butun dunyoda mashhur bo'lib bormoqda. MICE turizmi o’tkaziladigan mintaqaga qarab segmentlarga bo'linadi.
Masalan, Shimoliy Amerika (AQSh), Yevropa (Angliya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Ispaniya) va Osiyo (Yaponiya, Xitoy, Singapur, Indoneziya, Malayziya) asosiy mintaqalar bo'lib qolmoqda. Okeaniya mintaqasida esa Avstraliya eng yuqori o’rinlarni egallaydi. Quyidagi jadvalda Xalqaro Kongresslar va Konferentsiyalar Assotsiatsiyasi (ICCА) 2019-yilda oʻtkazilgan MICE tadbirlari soni boʻyicha 10 ta eng yuqori o’rindagi davlatlarning reytingi koʻrsatilgan.
1-jadval 2019-yilda MICE turizmi bo’yicha eng yuqori
o’rinda turuvchi davlatlar. [6]

Reyting

Davlatlar nomi

Tadbirlar soni

Qatnashuvchilar soni

1

AQSh

934

357000

2

Germaniya

714

253000

3

Fransiya

595

251000

4

Ispaniya

578

349000

5

Buyuk Britaniya

567

216000

6

Italiya

550

218000

7

Xitoy

539

170000

8

Yaponiya

527

176000

9

Gollandiya

356

152000

10

Portugaliya

342

168000

Bugungi kunda MICE turizmining maqsadlari bo’yicha quyidagicha segmentlanadi:


- sayohatlarning 70% hamkorlar bilan uchrashish maqsadida amalga oshiriladi;
- 15% kongress va konferentsiyalarga sayohat qiluvchi biznes sayohatchilar;
- 11-12% ixtisoslashtirilgan, tor koʻrgazma va yarmarkalarga tashrif buyuruvchi turistlar;
- 3-4% kichik foiz rag'batlantiruvchi sayohatlar (rag'batlantiruvchi turlar)
Bugungi kunga kelib turizm sohasi O’zbekistonning iqtisodiyotning bir bo‘lagi sifatida o‘zini yaqqol namoyon etdi va 2019-yilda turistik xizmatlar eksporti ko‘rsatkichi 1,3 milliard dollarni tashkil qildi, bu ko‘rsatkich 2018-yilga nisbatan (1 milliard dollar) 26,1 foizga o‘sganligini ko‘rsatmoqda. [7]
2019-yilda O‘zbekistonga 6 748 500 nafar sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, 2018-yilda esa bu ko‘rsatkich 5 346 200 kishini tashkil qilgan. Eng ko‘p sayyohlar Markaziy Osiyo mintaqasidan tashrif buyurgan, ularning soni 5 764 500 kishiga yetgan. MDH mamlakatlaridan kelganlar soni 495 600 kishini tashkil qilgan. Uzoq xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlar soni esa 488 400 ming kishini qayd etgan. Sayyohlarning aksariyati Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Afg‘oniston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston kabi davlatlardan tashrif buyurgan bo‘lib, turli maqsadlarda tashrif buyurishgan. Quyidagi 1- rasmda 2019-yilda kelgan turistlarning maqsadlari aks etgan bo‘lib, O‘zbekistonda biznes maqsadida tashrif buyuruvchilar ko‘rsatkichi juda ham past va boshqa turizm maqsadlari bilan birgalikda hali endi 2,7 foizni tashkil etmoqda.

O’zbekistonda MICE turizmi rivojlangan davlatlar kelib chiqqan holda quyidagi chora- tadbirlar ushbu sanoat rivojlanishiga zamin yaratadi:



  • mamlakatning hududlaridagi mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, MICE turizmi tadbirlarining yo‘nalishlarini aniqlash;

  • MICE turizmi uchun mamlakatning milliy brendini ishlab chiqish;

  • MICE turizmini rivojlantirish uchun O‘zbekiston va xorijiy davlatlar tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish. 

  • Xalqaro kongress va konferensiya assotsiatsiyasi (International Congress and Convention Association, ICCA) bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mamlakatdagi MICE turizmida ishtirok etuvchi tashkilotlarni ICCA veb-saytida ro‘yxatdan o‘tkazish;

  • mamlakatning MICE turizmi bo‘yicha salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda targ‘ib qilish hamda doimiy ravishda marketing tadqiqotlarini olib borish;




Download 37,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish