20
obyektlar
sonini oshirish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlarni jalb
qilish muhim ahamiyatga ega.
MICE turizmni rivojlantirish mamlakatning biznes imidjini rivojlanishiga xizmat
qiladi. Chunki MICE turizmda, asosan:
ishbilarmonlar va tadbirkorlik subyektlarining bir joydan ikkinchi joyga biznes va
hamkorlikga oid harakatlarni amalga oshirishi,
ish bo‘yicha uchrashuvlar hamda
tadbirlarni tashkil etish,
yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish,
xodimlar malakasini oshirish va treninglarda ishtirokini ta’minlash;
jamoaviy sayohatlarni tashkil etish;
yaxshi natijaga erishgan ishchi xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida sayohatlarga
yuborish;
Korxona imijini oshirish maqsadida tadbirlar tashkil etish maqsad qilinadi.
MICE turizmni rivojlanishiga xizmat qiluvchi obyektlar sifatida quyidagilar kiritiladi:
1.
Konferensiya zallari;
2.
Ishchi ofislar;
3.
Tadbirlar o‘tkaziladigan zallar;
4.
Yirik savdo markazlari;
5.
Mehmonxona zallari;
6.
Restoranlar va shunga o‘xshash hamkorlik uchrashuvlarini tashkil etish mumkin
bo‘lgan inshootlar.
MICE turizm birinchi marta rivojlangan g‘arb mamlakatlarida paydo bo‘lgan bo‘lib,
bugungi kunda yirik kompaniya va tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Uning markazlari
sifatida AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstraliya,
Fransiya, Ispaniya kabi
mamlakatlarni misol keltirish mumkin. Sharqda esa Xitoyni biznes uchrashuvlar markazi
deyish mumkin. MICE turizm boshqa turizm turlariga qaraganda ko‘proq foyda
keltiruvchi turizm turi hisoblanadi. Chunki bunda valyuta ayirboshlash jarayoni ko‘proq
vujudga keladi va individual sayohatlarga qaraganda, yuqori narxlar ko‘proq rol o‘ynaydi.
Bundan tashqari, biznes turizmning asosiy vazifasi yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish
turlaridan foydalangan holda bo‘lajak kompaniya hamkorlariga
yaxshi taassurotlar
21
qoldirishga xizmat qiladi. Shunday ekan, bunday vaziyatda iqtisodiy tejash yaxshi samara
bermaydi. Shu bilan birga yuqori sifatli va yuqori narxdagi xizmatlardan foydalanish
asosan tashkilotning iqtisodiy darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida biznes turizmni rivojlantirish, biznes hamkorlarni va chet
ellik investorlarni ko‘proq e’tiborini jalb qilishga, malakatda biznes-tadbirkorlik
madaniyatini yaratishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda biznes
turizmni rivojlantirish
uchun barcha imkoniyatlar yetarli. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-
quvvatlash davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra mamlakatimizda biznes bilan
shug‘ullanuvchi tadbirkolik faoliyatini shakllantirish borasida barcha amalga oshirilishi
kerak bo‘lgan vazifalar belgilab berilgan.[9.] Bundan tashqari, O‘zbekiston
Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga [10; b4]
binoan, barcha investetsion
faoliyatlarga ruxsat berilib, investitsiya faoliyati bilan
shug‘ullanishni tartibga solish va imtiyozlar berish qonun bilan ta’minlangan.
O‘zbekistonda MICE turizmni tashkil etish va biznes uchrashuvlarni,
konferensiyalarni uyushtirish borasida “Canaan travel” turistik kompaniyasi 2005-yildan
beri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, bu kompaniya hozirgacha 150dan kompaniyalar bilan
hamkorlik qilib, ko‘plab yutuqlarga erishgan. Bugungi kunda barchaning ishonchiga
kirgan bo‘lib, butun dunyo bo‘yicha o‘z mijozlariga ega. Kompaniya ta’sischilarining
so‘zlariga ko‘ra, biznes turizm O‘zbekistonda rivojlanishi mumkin bo‘lgan
istiqbolli
turizm turlaridan biridir.
Yuqoridagilardan kelib chiqgan holda shuni aytish lozimki, nafaqat erkin turistik
zonalarda MICE turizmni rivojlantirish, balki butun mamlakat
hududida tadbirkorlar
faoliyatini rivojlantirish va ularga berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib,
turistik zonalarni rivojlantirish, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish,
turizmning
YaIMdagi ulushini oshirish, aholining turizm va biznes madaniyatini oshirishga xizmat
qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, erkin turistik zonalarda biznes turizmni rivojlantirish
borasida quyidagi takliflarni kiritish mumkin:
1.
Barcha hududlarda biznesga oid tadbirlar o‘tkazish obyektlar sonini oshirish;
2.
Turistik hududlarda ko‘ngilochar, dam olish obyektlarini ko‘paytirish;
3.
Restoran va jamoaviy joylarda chekuvchi va chekmaydiganlar uchun alohida
standartlarni joriy etish;
22
4.
Xalqaro standartlarga javob beruvchi xizmat ko‘rsatish obyektlari sonini oshirish;
5.
Barcha hududlarda zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish;
6.
Ish bo‘yicha mamlakat hududida safarda bo‘ladiganlar uchun alohida yo‘l
chiptalarini joriy etish;
7.
Erkin turistik hududlarda biznes bilan shug‘ullanuvchilar va ularning hamkorlari
uchun ham barcha shart-sharoitlarni yaratish (dam olish xonasi, dush)
8.
Erkin turistik hududlarda xavfsizlik chora-tadbirlarini kuchaytirish;
9.
Tadbirkorlar uchun sog‘lom raqobat sharoitini yaratib berish;
10.
Erkin turistik zonalarda mashinalarni ijaraga berish tizimi yo‘lga qo‘yish;
11.
Erkin turistik zonalarda korrupsiyaga qarshi kurash tizimini
takomillashtirish va
unga qarshi choralarni ko‘rish.
Do'stlaringiz bilan baham: