2.1.Jahon mafkuraviy ta’limotlar tarixi o`quv fanining maqsadi va jamiyat hayotidagi ahamiyatini misollar yordamida tushuntiring.
Jahon mafkuraviy ta’limotlar tarixi o`quv fanining maqsadi talabalar ongida jahon xalqlari ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan mafkuralari va ularning siyosiy mafkuraga aylanishi, uning oqibatlari va qо’shni xalqlar hayotiga ta‘siri haqida bilimlarni hosil qilish, ularni dunyoqarashini shakllantirish.
Jahon mafkuraviy ta’limotlar tarixi o`quv fanining ahamiyati Сиёсий-мафкуравий таълимотлар тарихи турлича қарашлар ҳамда муносабатларнинг ўзаро кураши давомида давлат, тегишли давлат ва жамият тузуми табиатини англаш, шахс ва давлат ўртасидаги ўзаро муносабатларнинг шакллари, тамойиллари тўғрисидаги тасаввурларнинг чуқурлашиб бориши, жараёнларни тўлароқ тушунишга ёрдам беради.
2.2.Mafkuraning funksiyalari nimalardan iborat?
Mafkuralarning asosiy vazifalari:
1. Dunyokarashni shakllantirish. Har bir mafkura o‘zining ko‘zlagan maqsadi, mohiyat-mazmunidan kelib chiqqan holda tabiat, jamiyat, inson tafakkurida yuz berayotgan narsa, vdsisa va jarayonlarni tushuntirib berishga, ular haqida odamlarning ongida muayyan fikrlarni tug’dirishga harakat qiladi. Natijada, ular haqida odamlar ongida yangicha dunyoqarash shakllana boradi. Masalan, o‘zbek xalqining ongiga mustaqillikning buyuk ne’mat ekanligi,mustaqil bo‘lmagan xalqning kelajagi yo’qligi, mustaqillik himoya qilingandagina abadiy bo‘lishini singdirish asosida mustaqil O‘zbekistonning o’tmishi va kelajagi to‘g‘risida yangicha dunyoqarash paydo bo‘ladi, shakllanadi va mustaqillik hissi paydo bo‘ladi. Demak shu ma’noda odamlarda o‘ziga xos dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish - har qanday mafkuraning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
2) Mustaqil tafakkur qilishni shakllantirish. Ozodlikka erishib, o‘zining erkini ko’lga kiritgan har bir elat, millat va xalq mustaqil yashashga, mustaqil fikr yuritishga intiladi. Xalqlarning ozod va obod, erkin va farovon yashashini maqsad qilib ko’ygan bunyodkor g‘oya va mafkuralar har bir fuqaroning mustaqil o‘z fikriga ega bo‘lishini, erkin va mustaqil tarzda bo‘layotgan har bir narsa va voqeaga nisbatan fikr bildirishini shakllantirishni o‘zining vazifasi deb biladi. Mustaqil tafakkur qiluvchi shaxs deb,o‘zini qurshab turgan olam, mavjud real voqelik to‘g‘risida mustaqil fikrga ega bo‘lgan,ularga nisbatan erkin munosabat bildirib, sat’iy dunyoqarashga ega bo‘lgan kishilarga aytiladi. CHunki, mustaqil fikrga ega bo‘lgan, erkin fikrlaydigan odamgina Ona Vatan taqdiri uchun o‘zini mas’uliyatli shaxs darajasida kuradi. Mas’uliyat bo‘lmagan joyda tartib-intizom bo‘lmaydi. Tartib-intizom bo‘lmagan joyda esa tarakdiyot ham, barqarorlik ham, tinchlik ham, adolat ham, erkinlik ham bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |