Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni



Download 1,05 Mb.
bet27/60
Sana05.04.2022
Hajmi1,05 Mb.
#530999
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60
Bog'liq
MEYOR MARUZA

7.2. Kuzatish asboblari

Ish vaqti sarfini o‘lchash uchun strelkali va Raqamli priborlar, yozuvchi yoki avtomatik registratorlar ishlatiladi. Sekundomer, xromoskop, xrograflar strelkali priborlar jumlasiga kiradi. Sekundomerning sekund strelkasi knopkani bosish bilan yurgizib yuboriladi, ikkinchi bosishda strelka to‘xtaydi, uchinchi bosishda esa strelka noll xolatiga keltiriladi. Strelkaning to‘xtashi vaqtni o‘lchashni uzib qo’yib o’lchangan vaqt bo‘lsa, qancha davom etganini qayd etib qo’yish imkonini beradi.


Xronoskop - qisqa vaqt bo‘laklarini o‘lchashda ishlatiladi. Uning aosiy strelkasi 3,6 sekund yoki 10 sekundda, qo’shimcha strelka esa 3 minutda bir aylanib chiqadi. Xronoskop ham sekundomer singari ishlaydi. Uni qisqa ish usullarini o‘lchashda ishlatgan ma’quldir. Xronograf - bu bir strelkali sekundomer prinsipida ishlaydigan strelkali qo‘l soatidir.
Strelkali priborlarda vaqtni ikki usulda o‘lchash mumkin: alohida sanash usuli (takrorlama usul) va joriy vaqt usuli (uzluksiz usul) vaqtni alohida sanash usulida o‘lchash quyidagilardan iborat.
Mehnat jarayonidagi o’lchanadigan elementning boshlanish paytida sekund strelkasi yurgizib yuboriladi. Tugash paytida esa to‘xtatiladi, strelka ko‘rsatkichi yozib olinadi va u yana nol xolatiga qaytarib qo‘yiladi. Navbatdagi o‘lchashlarning har qaysisi yana shu tartibda bo‘ladi. Joriy vaqt bo’yicha o‘lchash usuli shundan iboratki, bunda sekund strelkasini sur’atga olish boshlanishida yurgizib yuboriladi, kuzatish payti kuzatilganda esa to‘xtatiladi, alohida protsess elementlari chegaralari esa ular tugashi paytida bir strelkali sekundomerning yurib to‘rgan sekund strelkasi ko‘rsatishga qarab qayd etiladi. Strelkali priborlar yordamida vaqt o‘lchash sermehnat ish. Kuzatuvchi juda ko‘p yozib borishi bilan birga ish qanday kechayotganini kuzatib turishi kerak, bu esa xatolarga sabab bo‘ladi. Yozish natijalarini avtomatik qayd etadigan priborlar kuzatuvchi ishini yengillashtiradi.
Ko‘pssiferbilatli strelkali priborlar qayd qilish protsessida yozib borishni talab qilmaydigan, eng oddiy priborlardan hisoblanadi. Ularda ikki xil schetchik bo‘lib, ulardan bittasi protsessning alohida elementlari bajarilishi vaqtini jamlab boradi, ikkinchi esa ularning takrorlanishi hisoblab boradi. Bunday priborlar bir yo‘la 10-13 kg turli elementlar vaqtini qayd etish imkonini beradi. Vaqt schetchigi ko‘rsatishi protsess elementlarining har qaysisi bo’yicha takrorlanish schetchigi ko‘rsatishga bo‘lish yo‘li bilan elementlarning davom etish vaqti aniqlanadi. Vaqtni alohida sanashlar qayd etilmasligi, shuningdek xatoga yo‘l qo’ymaslikning iloji yukligi bunday priborlarning kamchiligi hisoblanadi.
Xronograflar protsessning har bir o’lchanadigan elementi qancha davom etishini avtomatik qayd etib boradi. Ular yozish qurilmasidan va qog‘oz lentaning o‘zgarmas tezlikda harakterlanib turadigan mexnanizmdan iborat. Boshqaruv knopkasi bosilganda yozish qurilmasining perosi (qalami) lentaga belgi qo’yadi. Lentani ikkita belgi oralig’idagi uzunligiga qarab alohida o’lchanadigan vaqtlar qancha davom etgani aniqlanadi. Bunda kuzatuvchi vaqtni yozib borishdan ozod bo‘ladi.
Raqam yozish (bosish) priborlarda protsessning uzatiladigan har elementi uchun mo’ljallangan soat mexanizmi raqamli barabanchalar bo‘ladi. Raqamli barabanchaning tegishli joylari bosilganda qayd qilish haqidagi ma’lumotlar mahsus lentaga bosilib qoladida, natijada tayyor kuzatish kartasi xosil bo‘lib chiqadi. Ommaviy ishlab chiqarishdagi mehnat jarayonlari normativlarini tadqiq etish hamda ishlab chiqarish uchun hisoblash mashinalar va elektron hisoblash mashinalari ishlatilgani ma’quldir. Bunda vaqt sarfi magnit lentasiga perfolenta yoki perfokartaga yozilib boriladi, natijalar esa mahsus programmaga binoan EXM da ishlanib olinadi. Bevosita ish joyida kuzatishning yuqorida bayon etilgan usullarining hammasida ham ijrochining ham ishdan chalg’itadi va psixologik ta’sir ko‘rsatadi, bu esa kuzatish natijasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Sanoat televizion qurilmalaridan foydalanish bu kamchiliklarni bartaraf etish imkonini beradi. Ularni ishlash vaqti fotografiyasi gruppali bo‘lganda ishlatish eng samarali chiqadi. Biroq ijrochining ish joyida yo’qligi sababini, ayrim xollarda esa bajarilayotgan ish harakterini bilib bo‘lmasligi bu usulning muhim kamchiligi hisoblanadi. Kinoga olish va ossilografiyalash yordamida mehnat jarayonini to‘liq tadqiq etish mumkin. Bo‘lar mehnat jarayonidagi hamma elementlar bajarilishining mazmuni va ketma-ketligini, shuningdek barcha vaqt sarfini batafsil va nihoyatda aniq qayd etish imkonini beradi. Kinogrammaning keyin o‘rganish va amal qilish uchun qayta-qayta qo’yib ko’rib, ortiqcha va noratsional bajarilgan harakatlarni, amallar va usullarni topish shuning natijasida bekor ketgan vaqtni aniqlash mumkin. Bunday tadqiqotga asoslanib, mukammalroq mehnat uslublarini ishlab chiqish va uning hamma elementlariga vaqt normativlari belgilab chiqish mumkin. Kinoga olish shuningdek ilg‘or tajribani o‘rganish, ko‘rsatishi va tarqatishda ham samarali usul xizmati o’tashi mumkin.
Ossillografiyalash usuli operatsiyalarning mashina elementlarini va mashinani qo‘l elementlarini tadqiq etishda ishlatiladi. U mashinalarning turli organlaridan ularga ulab qo‘yiladigan elektr datchiklar tizimi orqali signallar olib, protsess qanday o’tayotganini kuzatuvchining ishtirokisiz, avtomatik ravishda qayd etish imkonini beradi.
Ish vaqtini ishlatish turlari va uslublarini bilgan xolda har bir kuzatish turini alohida-alohida ko’rib chiqamiz.



Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish