7-mavzu ISH VAQTINI KUZATISH TURLARI VA USLUBLARI
REJA:
7.1. Ish vaqtidan foydalanishni kuzatishning asosiy mohiyati va maqsadi.Kuzatish bosqichlari
7.2. Kuzatish asboblari
Tayanch so’z va iboralar: ish vaqtini kuzatish maqsadi, mohiyati, ahamiyati, kuzatish bosqichlari: tayyorgarlik bosqichi, qayd qilish bosqichi, kuzatish usullari, uzluksiz kuzatish, tanlanma kuzatish, kuzatish asboblari.
7.1. Ish vaqtidan foydalanishni kuzatishning asosiy mohiyati va maqsadi. Kuzatish bosqichlari
Ish vaqtidan foydalanish bevosita ish joyida kuzatish usuli mehnatni normallashda keng qo‘llaniladi. Bunday kuzatishdan maqsad ishlab chiqarish imkoniyatlarini va ilg‘or tajribani o‘rganish vaqtni normal bajarilmasligining sabablarini aniqlash, mehnat jarayonini rayionallashtirish va ish vaqtining zoe ketgan sabablarini izlashdan iboratdir.
Kuzatilgan maqsadga qarab kuzatishning xronometraj ish vaqti fotografiyasi, fotoxronometraj va kino ossilografiyasi hamda momentli linzali kuzatish turlari mavjuddir.
Xronometraj - bu ish usullari yoki operatsiyasini elementlari qancha davom etishini o‘lchash maqsadida bevosita ish joyida kuzatish o‘tkazishdir.
Ish vaqti fotografiyasi - bu ish smenasida yoki smenaning bir qismi mobaynidagi vaqt sarfining hammasini o‘lchash maqsadida bevosita ish joyida kuzatish o‘tkazishdir.
Ayrim hollarda ish smenasining bir qismida xronometraj o‘tkazib, keyin esa ish vaqtini fotografiya qilishgani yaxshi chiqadi. Bunday aralash kuzatish fotoxronometraj deb ataladi.
Kuzatishlar mahsus xujjat bilan - xronometraj xronokarta, ish vaqti fotografiyasi esa fotokarta ko‘rinishda rasmiylashtiriladi. Kuzatish natijalari mahsus varaqalarga-kuzatish varaqlariga yoziladi.
Har qanday turdagi kuzatishning uchta: tayyorgarlik, qayd qilish va natijalarni ishlash bosqichlariga bo‘lish mumkin.
Tayyorgarlik bosqichida, odatda kuzatish ob’yekti tanlanadi, kuzatuvchi o‘zining ish joyi bilan tanishtiriladi, ijrochi va uning ish joyi tayyorlanadi va nihoyat, kuzatish ob’yekti to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumotlar kuzatish varaqasiga yoziladi.
Mehnat me’yorlarini hisoblashda foydalaniladigan normal vaqt sarfi me’yorlari ning progressiv bo‘lishini mehnat va uskunalar ish unumi o‘sishini rag‘batlantirish kerak. Shu sababli normativlar ishlab chiqish uchun professional bilimi va ko‘nikmalari mukammal, oqilona mehnat usullari va mehnat uslublarini biladigan va muntazam oshirib bajarayotgan ijrochilarning kuzatish kerakdir.
Ravshanki, bunday ijrochilarning ko‘rsatkichlari o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lishi kerak. Muayyan sanoat tarmog‘i korxonalarida keng foydalanish uchun vaqt normativlarning ishlab chiqayotgan ish usullarining davom etishiga ta’sir qiladigan omillar chegarasini va ishlatish sharoitlarini aniq belgilab berish maqsadida bunday omillarni analiz qilish muhim muammodir. Masalan, stanoklardagi stanok tipi, priborlar soni, ularning rangi - ish usullari davom etish vaqtining omillari bo‘lib xizmat qiladi. Davom etish vaqtining alohida omillarini aniqlash uchun ish usulining mazmunini bu usulning texnologik jarayoni xususiyatlaridan kelib chiqqan hamma omil va harakatlarini analiz qilish kerak bo‘ladi.
Eng oqilona ish usullarini va ish uslublarini tanlab olish uchun ishlab chiqarish ilg‘orlari va novatorlarini kuzatish kerak, qoloqlar va normani bajarayotganlar ishini o‘rganish esa ish vaqti isrof bo‘layotgani sababini aniqlashga yordam beradi.
Kuzatish ob’yekti kutilgan maqsadlarga muvofiq ana shunday tanlanadi.
Kuzatishdan ko‘zda tutilgan maqsad, kuzatishning mazmuni, kuzatish uslubikasi hakida kuzatuvchiga oldindan instruktsiya berilishi, u kuzatish ob’yekti bilan tanishtirib qo‘yilishi kerak, normal vaqt sarfi haqida ma’lumot olish uchun ish joyidagi tashkiliy-texnikaviy sharoitlar xududi shu ishning yoki operatsiyaning bajarilish loyihasiga batamom mos holda keltirilishi kerak.
Kuzatishdan maqsad ilg‘orlar tajribasini yoki qoloqlik sabablarini o‘rganishdan iborat bo‘lsa, ish joyi o‘zgarishsiz qoldiriladi, undagi ijobiy va salbiy xususiyatlarining hammasi kuzatish jarayonida qayd qilib boriladi.
Tayyorgarlik bosqichi kuzatish o‘tkaziladigan tashkiliy-texnikaviy sharoitlar, shu jumladan ish usulini davom etish vaqti omillarini ham tafsilotini yozish bilan tugallanadi. Tafsilot pirovard natijalarni harakteri, bu natijalar qanday sharoitda olinishi haqida aniq tasavvur hosil qiladigan bo‘lishi kerak. Sharoit tafsiloti quyidagilardan iborat bo‘ladi:
a) ijrochining ishlab chiqarish harakteristikasiga (ixtisosi, staji, yoshi, me’yorlarni bajarish darajasi);
b) bajariladigan ishning yoki operatsiyaning harakteristikasi (bajariladigan ishning nimaga mo‘ljallangan ekani, artikuli);
v) uskunalarning harakteristikasi (mashinaning tipi, ish organlarining soni);
g) texnologik jarayonning harakteristikasi (tezliklar);
d) ish joyini tashkil etish harakteristikasi (qanday rejalanganligi, asbob va moslamalar bilan jihozlanganligi);
e) mehnat qilish tevarak-atrof muhitining harakteristikasi (temperaturasi, namlik, yoritilganligi);
j) yana boshqa tashkiliy shartlarning harakteristikasi (xizmat ko‘rsatish zonasi, o‘zaro yordam va boshqalar).
Kuzatish ob’yektining tafsiloti odatda ma’lum formada bo‘ladigan kartaning o‘ng tomoniga yoziladi.
Qayd qilish bosqichi - bu kuzatish vazifalariga muvofiq ish joyida sodir bo‘layotgan hodisalarni ro‘yxatga olishdan iborat. Kuzatuvchi tafsilot yozishga minimum vaqt sarflab protsess elementlarni mazmuniga va vaqtni aniq o‘lchab borishga maksimum e’tibor berilishini nazarda tutish kerak. Buning uchun kuzatuvchi kuzatish varaqasi hamda vaqt o‘lchash pribori mahkamlab qo‘yilgan mahsus planshet bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Yana shu maqsadda hodisalarning to‘la nomlari o‘rniga, ayniqsa ular kuzatish mobaynida ko‘p marta takrorlanadigan bo‘lsa, shartli indekslar yozib borilishi ma’qul. Kuzatishdan maqsad nimaligiga qarab qayd qilish uzluksiz va tanama bo‘lishi mumkin.
Uzluksiz qayd qilishda mehnat jarayonining hamma elementlariga ketgan vaqt hisobga olinadi va o‘lchanadi.
Tanlama qayd qilishda mehnat jarayonining alohida elementlariga ketgan vaqt hisobga olinadi va o‘lchanadi. Masalan, ijrochining foydali ish bilan bandlik darajasini aniqlash uchun vaqt sarflarini hammasini ularning nimaga mo‘ljallanganligiga muvofiq o‘lchash, ya’ni uzluksiz qayd qilish kerak bo‘ladi. Biror bir ish usulining davom etish vaqtini aniqlash uchun esa faqat shu usullardan bir nechtasini o‘lchash, ya’ni tanlama qayd qilish kerak bo‘ladi.
Mehnat jarayonidagi alohida eelementlarning bajarilishi vaqtini o‘lchash uchun kuzatuvchi, ulardan har birining aniq mazmunini va ular orasidagi chegaralarni aniq bilish kerak. Jarayondagi har bir elementning boshlanish va tugash paytlarini bildiruvchi tashqari alomatlar qayd nuqtalari deb ataladi. Qayd nuqtalari har qanday o‘lchash usulida ham ish vaqtining hammasi hisobiga olinadigan qilib tanlanishi kerak.
Joriy vaqt bo‘yicha uzluksiz qayd qilish bu talabga eng yaxshi javob bera oladi. Bu usul jarayondagi oldingi elementning tugashi, qayd nuqtasi undan keyingi elementning boshlanishi, qayd nuqtasi sifatida qabul qilinadi. Bunda qayd qilish mobaynida ish vaqti uzluksiz hisobga olib boriladi. Tanlab qayd qilishda har qaysi elementga ikkitadan boshlanish va tugatish qayd nuqtalarini belgilab olish kerak.
Bunda vaqt alohida sanash usulida o‘lchanadi. Ish usullarining qayd nuqtalari sifatida usul boshidagi birinchi hakarakatning boshlanish payti va usulni aniqlovchi oxirgi harakatning tugallanish payti olinadi.
Agar ishchi bitta mashinaga xizmat ko‘rsatsa, unda mashinaning har qanday talabi bilan to‘xtash paytini qayd nuqtasi mashina yoniga kelib to‘xtagan payt, mashinaning to‘xtash oxirgi qayd nuqtasi hamma hollarda ham mashina ishga tushirib yuborilgan payt bo‘ladi.
Alohida sanash usulida tanlab qayd qilish, odatda, alohida ish usullari orasida albatta bo‘ladigan pauzalarni hisobga olmaydi. Qayd qilishning umumiy davom etishi va qayd qilish vaqti kuzatishdan kuzlagan maqsadga qat’iyan muvofiq tanlanishi kerak. Bunda ish kuni mobaynidagi ish qobilyati dinamikasi, kunduzgi va kechki ishlash xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Mehnat jarayonini harakterlaydigan yakuniy o‘rtacha ma’lumotlar qanchalik aniq bo‘lishi talab qilinishiga qarab vaqt necha marta o’lchanishi topib olinadi.
Natijalarni qayta ishlash bosqichi kuzatuvchi maqsadlariga mos hisoblashlar yo‘li bilan qayd qilish natijalarini aniqlashdan va ularni analiz qilishdan iborat bo‘ladi.
Yakunlashda kuzatuvchidan olingan ma’lumotlardan foydalanish yuzasidan takliflar belgilab chiqiladi. Natijalarni qayta ishlash usullari nixoyatda xilma-xil bo‘lib kuzatish maqsadlariga batamom bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |