147
4. Eskirgan va texnik asoslanmagan tajriba-statistik me’yorlarni
almashishiga kerakli sharoit yaratuvchi tashkiliy texnik
tadbirlar rejasini ishlab
chiqish;
5. Mehnat unumdorligi va ish haqini o‘sish tempini o‘rganish mehnat
unumdorligini ilg‘orlashuvini ta’minlovchi ko‘rsatmalarini ishlab chiqish.
Operativ me’yorlashtirish korxonada quyidagi ishlarni o‘tkazilishini
ta’minlaydi
1. Texnik normalash ishlarni tariflashtirish savollari bo‘yicha
sex ishlari
tizimini instruktaji;
2. Ishlab chiqarishda amal qiluvchi normalar darajalarini o‘rganish hamda
uning bajarilishini doimo nazoratini tashkil qilish;
3. Sexlar va uchastkalardagi haqiqiy vaqt safini aniqlash.
Normani
bajarmayotgan ishchilarni aniqlash, o‘rnatilgan mehnat me’yorlari ni bajarilmaslik
sabablarini tahlil qilish;
4. Ish vaqtidan yo‘qotishlarni aniqlash hamda ularning sabablarini topish;
5. Me’yorlarni ko‘rib chiqish rejasini tuzish, me’yorni ko‘rib chiqish ishini
tayyorlash va
olib borish;
6. Sex, uchastka, brigadalarda joriy calendar davri uchun mehnat sig‘imini
kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirish vazifalarini ishlab chiqish;
7. Vaqt me’yori, ishlab chiqarish me’yori va rassenkani o‘rnatish;
8. Ish joylarini ratsional tashkil etish va unga xizmat qilish bo‘yicha
takliflarni ishlab chiqish.
Me’yorlash ishlarini umumiy xolati uchun korxona boshlig‘i, sex va ishlab
chiqarish bo‘limlarida bo‘lim hamda sex boshliqlari javobgardir.
Korxonada resursni texnik normalash darajasi
hamma normalash ishlarini
qanchalik operativ va ratsional tashkil etilganligi bilan ishchilarning aktiv ishtirok
etishi bilan aniqlan mumkin.
Korxonadagi texnik normalashni to‘g‘ri tashkil etishda ishlab chiqarish
me’yorini bajarilishini va egallashni doimiy tekshirish katta o‘rin egallaydi. Ishlab
148
chiqarish me’yorini bajarilishini doimiy nazorat
qilish va xisobga olish
quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
1. Eskirgan, pasayib ketgan va xato me’yorlarni vaqtida bilishga;
2. Ishlab chiqarish me’yorini bajarmagan ishchilarni
topishga va normani
nima sababdan bajarmaganlik sabablarini yuzaga chiqarishga;
3. Mehnat unumdorligini o‘sish zaxiralarini aniqlashga;
4. Reja vazifasi bilan kelishilgan holda ish haqi va mehnat unumdorligining
o‘zaro mutanosibligini o‘rganishga.
Shuning uchun yuqoridagi barcha aytilganlarni
amalga oshirish uchun
avvalo ish vaqti sarflari aniqlanib tahlil qilinishi maqsadga muvofiqdir.
Ish vaqtini o‘rganish esa mehnat me’yorlarini to‘g‘ri ishlab chiqish uchun
asos bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: