1.3 QURITISH APPARATLARINING NAZARIY HISOBI.
6- rasmda quritish qurilmasining sxemasi koʼrsatilgan. Bu qurilma ventilyator, isitqich va quritish kamerasidan iborat. Isitkichga kirayotgan havoning parametrlarini I0, t0, φ0, x0 bilan belgilaymiz. Isitkichda havo t1 temperaturagacha qizdiriladi, bunda uning namlik saqlash oʼzgarmaydi (x0 = x1) nisbiy namligi kamayadi (φ1), entalьpiyasi ortadi (I1). Shu parametrlar bilan qizigan havo quritish kamerasiga kiradi.
Quritish kamerasida havoga qoʼshimcha issiqlik berilmaydi va havo oʼzidagi issiqlikni yoʼqotmaydi deb qabul qilamiz. Bu jarayon nazariy quritish ataladi. Havo orqali materialga berilgan issiqlik miqdori namlikning materialdan bugʼlanishi uchun sarflanadi va hosil boʼlgan suv bugʼi orqali materialdan qaytadi deb qabul qilinadi. Nazariy qiritishda havoning entalьpiyasi oʼzgarmay qoladi (I= const).
Do'stlaringiz bilan baham: |