Amaliy topshiriq
1. Suvni isishidan boshlab, qaynagunga qadar chiqadigan ovozlarni
yaxshilab eshiting. Sababini guruhda muhokama qiling.
2. Imkoniyatingiz bo‘lsa, ovozingizni magnitofonga yozib, eshitib
ko‘ ring. Ovozingizni tanidingizmi?
1. Nima sababdan ko‘zi yaxshi ko‘rmaydigan odamlarning qulog‘i sezgir
bo‘ladi?
2. Ovoz qaysi paytda uzoqqa boradi: issiq kundami yoki sovuq kundami?
Sababini tushuntirishga harakat qiling.
55-MAVZU
TOVUSH KATTALIKLARI
Tovushlar yo‘g‘on va ingichka, baland va past, yoqimli va yoqimsiz
bo‘ladi. Ular bir-biridan qanday kattaligi bilan farq qiladi? Buning uchun
maxsus kattaliklar kiritilgan.
1. Tovushning qattiqligi. 121-rasmdagi kamer
tonning sharcha
tegmagan shoxchasiga sekingina rezina bolg‘a bilan uraylik. Shunda
kamerton tebranishi tufayli sharcha ma’lum uzoqlikka borib keladi.
Bolg‘a bilan qattiqroq uraylik. Sharcha oldingidan uzoqroqqa borib keladi.
Kamertonning tebranishi davrida eng katta chetlashishiga tebranishlar
Do'stlaringiz bilan baham: |