Nazorat savollari:
1. Bosh piyoz va sarimsoqni bir-biri bilan taqqoslab o‘xshashlik va farqlari haqida so‘zlang.
2. Turli muddatlarda ekib bosh piyoz o‘stirish texnologiyasining xususiyatlarini qayd eting.
3. Piyozbosh uruqqa o‘stirilganda qanday urug‘chilik ishlari olib boriladi.
V. LABORATORIYA MAShG‘ULOT MATERIALLARI
1-LABORATORIYA mashg‘ulot:
Meva va rezavor meva o‘simliklarini biologik-xo‘jalik guruhlarga ajratish
Mashg‘ulot maqsadi: mevali o‘simliklarning asosiy turlari, ularning biologik va xo‘jalik xususiyatlarini o‘rganish. Bu esa mevachilik fanining keyingi muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Mashg‘ulot mazmuni: 1. Mevali va rezavor mevali o‘simliklarning botanik va ishlab chiqarish guruhlanishi bilan tanishish.
2. Eng muhim mevali o‘simlik turlarining lotincha nomlanishi to‘g‘ri yozish va talaffuz qilishni o‘zlashtirish.
Ishni bajarish uchun namuna: Mevali o‘simliklar turlari mevalarining morfologik o‘xshashligi, o‘stirish sharoitlariga talabi, mevalarining oziq-ovqatlik va texnologik qiymmati va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha muayyan xo‘jalik-biologik guruhlarga bo‘linadi.
Mevali o‘simliklar asosan quyidagi biologik-xo‘jalik guruhlarga bo‘linadi:
1. Urug‘li mevalar. Ushbu guruhga olma, nok, behi, chetan, do‘lana, irga, kavkaz mushmulasi, aroniya, xenomeles va boshqalar kiradi.
Mevalari sersuv, meva eti iste’mol qilinadi, ostki tugunchadan shakllanadi. Meva ichida o‘tkazuvchi nay bog‘lamlari bilan chegaralangan yurakcha mavjud; mevasi besh uyali, ko‘p urug‘li.
Olma
mevasining sxematik tuzilishi quyidagicha (urug‘li mevalar turi).
Urug‘li mevalar juda katta o‘sish arealini egallaydi. Mevalari deyarli yangi hosil pishgunicha saqlanadi. Bu esa aholini mavsumdan tashqari vaqtlarda yangi mevalar bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir.
2. Danakli mevalar. Ushbu guruhga o‘rik, shaftoli, gilos, olcha, tog‘olcha, tyorn va boshqalar kiradi.
Mevalari yuqorigi tugunchadan shakllanadi. Danagi ko‘pincha bir uyali, bir urug‘li bo‘ladi. Danagining ichida mag‘zi joylashadi. Ekzokarpiy meva po‘stini hosil qiladi. Mezokarp sersuv qismi, iste’mol qilinadi.
Danakli mevalar guruhiga mansub ko‘pgina o‘simliklar, masalan o‘rik mevalarida qimmatli ozuqa moddalar bo‘ladi: qand, oqsil, moy, vitaminlar va boshqalar. Ular inson ratsionida non, moy, qand va go‘sht o‘rnini to‘laqonli bosa olishi mumkin.
3. Yong‘oq mevali o‘simliklar. Ushbu guruhga grek yong‘og‘i, pekan, bodom, pista, funduk, o‘rmon yong‘og‘i, kashtan va boshqalar kiradi.
Ushbu guruhning mevalari yong‘oqlar va quruq danagi hisoblanadi, uning ichida qimmatli yadrosi, ya’ni mag‘zi joylashadi.
Mag‘zi yog‘ochsimon meva yonligida (pistada) bo‘ladi yoki faqatgina ekzokarpiy bilan o‘ralgan bo‘ladi (yong‘oq va bodom).
Mag‘zida ko‘p miqdorda oqsil va moylar bo‘ladi, mevalarini uzoq muddat saqlash mumkin.
4. Subtropik mevalar. Ushbu guruh zaytun, feyxoa, anjir, xurmo, anor, chilonjiyda, mushmula, avokado kabi o‘simliklarni o‘z ichiga oladi.
Ular -10-150S dan past sovuqqa chiday olmaydi. Mevalari ko‘p miqdorda qand, moy, organik kislotalar va boshqa inson organizmi uchun zarur moddalarga ega.
5. sitrus mevalar. Ushbu guruhga limon, apelsin, mandarin, greypfrut, sitron, kinkan, trifoliata, buggaradiya va boshqa o‘simliklar kiradi. Ular tipik issiqsevar subtropik o‘simliklar hisoblanadi. sitruslar po‘sti ekzokarpiy va mezokarpiy hamda sersuv ichki qismdan iborat o‘ziga xos rezavorsimon meva hosil qiladi.
Sitrus mevalar ko‘pgina vitaminlar, organik kislotalar va boshqa inson organizmi uchun zarur moddalarga ega. Ushbu guruh o‘simliklari vatanimizning janubiy tumanlarida yoki qishda himoyalanadigan plyonkali, oynavand issiqxonalar va limonariylarda yetishtiriladi.
Mevali o‘simliklarning tropik turlari ham mavjud bo‘lib, ular yer sharining tropik hududlarida yetishtiriladi. Ularga banan, ananas, mango, qovun daraxti, finik palmasi, avokado, anona, mangustan, evgeniya va boshqa ko‘pgina mevalarini misol qilish mumkin.
Tropik o‘simliklar mamlakatimizda ochiq yerda yetishtirilmaydi va ular qishloq xo‘jaligida amaliy ahamiyatga ega emas. Ammo dunyo miqyosida tropik mevalar yalpi ishlab chiqarilishi va maydoni bo‘yicha yetakchi o‘rinda turadi.
6. Rezavor mevalar. Ushbu guruhga malina, qulupnay, xo‘jag‘at, parmachak, krijovnik, qorag‘at, klyukva, bodrezak, chakanda, golubika, na’matak, aktinidiya, zirk, kabi o‘simliklar kiradi.
Rezavor mevalilarning uiuity belgisi – rezavor ko‘rinishidagi sersuv mevasi. Xo‘jag‘at va parmachak danakli sersuv to‘pmevaga, malina qulupnay – urug‘li to‘pmevaga ega hisoblanadi, ularning yeyiladigan qismi g‘ovlab o‘sgan gulo‘rnidir. Chakandaning mevasi – sersuv bir urug‘li, qorag‘at va krijovnik esa sersuv rezavor meva hisoblanadi.
Rezavor mevalar serhosil hisoblanadi, ammo mevalari uzoq saqlanmaydi va terish hamda tashish paytida juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni talab etadi. Qorag‘at, klyukva, chakanda, na’matak, zirk va boshqa rezavor mevalar tarkibida inson organizmi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, qandlar va organik kislotalar mavjud.
Mevali o‘simliklar bo‘yining morfologik xususiyatlari, umrining davomiyligi va o‘ziga xos o‘lchamlari bo‘yicha ham guruhlanadi. Quyida ularni keltirib o‘tamiz:
1. Daraxtlar: grek yong‘og‘i, pekan, gilos, kashtan, shuningdek nok, behi, o‘rik va boshqalar. Mazkur daraxtlar yaqqol ifodalangan tanaga ega bo‘lib, bo‘yi baland bo‘lib o‘sadi, uzoq umr ko‘radi va nisbatan kechroq hosilga kiradi.
2. Butalar: anor, chakanda, jiyda, pista va boshqalar. Ularda kuchsiz ifodalangan bitta yoki bir nechta tana shakllanadi, umri daraxtlarnikidan qisqaroq, hosilga erta kiradi.
3. Yarim butalar: qorag‘at, krijovnik, na’matak. O‘simliklari baland emas, tup ko‘rinishida, teng o‘suvchi shohlardan iborat, tez hosilga kiradi, ammo uzoq yashamaydi.
4. Lianalar: limonnik, tok, aktinidiya. Ular o‘rmalovchi yoki chirmashuvchi mevali o‘simliklar.
5. O‘tsimonlar: malina, qulupnay, klyukva, moroshka. Ushbu o‘simliklarning poyalari yer bag‘rilab o‘sadi, juda tez hosilga kiradi, uzoq yashamaydi.
Mevali o‘simliklar shuningdek sovuqqa chidamliligi, qurg‘oqchilikkaa chidamliligi, ko‘payish usuli, mevalarining pishish davri, tezpisharligi, yorug‘lik va tuproq namligiga talabi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham guruhlanadi.
Sanoat bog‘lari faqatgina rayonlashtirilgan standart navlar asosida barpo etiladi.
Asosiysi bunda jadal yetishtirish texnologiyalariga mos yuqori mahsuldor navlarni qo‘llash zarur.
O‘zbekistonda 100 dan ortiq mevali o‘simliklar mavjud, shundan qariyb 25 xili keng yetishtiriladi.
Quyida asosiy mevali o‘simliklar guruhi keltirilgan bo‘lib, ularning botanik nomlanishi ham berilgan.
Ko‘p bo‘g‘inli lotincha so‘zlarda agar u uzun bo‘lsa urg‘u bo‘g‘in oxiridan ikkinchiga yoki ikkinchi bo‘g‘in qisqa bo‘lsa bo‘g‘in oxiridan uchinchiga qo‘yiladi, masalan Sorbus, Eleagnus, Amygdalus, Poncirus.
So‘zlardagi a va ae tovushlari E kabi talaffuz etiladi, masalan, Berberis, Ribes, Palmeae, Rutaceae.
So‘zlarda S harfi y, e, i lardan oldin kelsa “S” kabi o‘qiladi, masalan, Cydinia, Cerasus, Citrus va hokazo, agar A, O va I dan oldin kelsa so‘z oxiridagi singari teng va undosh harflar oldida kelsa “K” kabi o‘qiladi, masalan, Cornus, Carya, Persica, Actinidiaceae.
Do'stlaringiz bilan baham: |