Мевачилик ва сабзавотчилик


Kasallik va zararkunandalar



Download 7,73 Mb.
bet113/158
Sana22.02.2023
Hajmi7,73 Mb.
#913624
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   158
Bog'liq
МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА

Kasallik va zararkunandalar. Soxta un shudring kasalligi (peronosporoz)-sariq g‘ubor paydo bo‘lib, barg va gulpoyalar sarg‘ayib so‘lib qolish bilan ifodalanadigan kasallik. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – Perenospora destructor Casp. zamburug‘i. Kurash choralari - o‘simlikka 1 % li bordos suyuqligi, sineb (0,7-1 %), kaptan (0,5- 0,7 %), Tilt, Topaz-100, fundazol (0,2- 0,6 %) purkaladi.
Bo‘yin chirish-zamburug‘ kasalligi, piyozni saqlash vaqtida zararlantiradi. Bunda piyozbosh bo‘yni yumshab qoladi, so‘ngra esa chiriydi. Kurash choralari: piyozboshlar 10-12 soat davomida 35-400 da havoda (issiqda) quritiladi.
3ang kasalligiga qarshi kurash tadbirlari sifatida 1 % li bordos suyuqligi purkash tavsiya etiladi.
O‘suv davrida piyozga tamaki tripsi katta zarar yetkazadi. Unga qarshi o‘simlikka arrivo, desis (0,3-0,4 kg/ga) va boshqa peretroidlar sepiladi.
Piyoz pashshasiga qarshi urug‘ ekish oldidan 10 % li geptaxlor dusti bilan dorilanadi, o‘simlikka namlanadigan 30 % li xlorofos poroshogining 0,1-0,2 % li suspenziyasi purkaladi.
Hosilni yig‘ish va saqlash. Bahorda va kech kuzda ekilgan piyozlar sentabrda-oktabr boshlarida, avgustda ekilganlari esa iyul-avgust boshlarida yig‘ib olinadi. Piyoz pishganda piyozbosh yumshab, keyin bo‘yni quriydi, barglari so‘lib yerga yotib qoladi. Piyoz barglari to‘la quriguncha kutib turish yaramaydi, chunki kechikib yigishtirib olingan piyoz yaxshi saqlanmaydi.
Piyoz KTN-2B, KST-1,4 markali kovlagichlar bilan yoki qo‘lda bir marta yig‘ishtiriladi. Uni tula mexanizatsiya yordamida yig‘ishtirish uchun LKG-1,4 va
PML-6 markali mashinalardan foydalaniladi. Qazib olingan piyozlar bir necha kun xirmonga yoki dalaga yupqa yoyilib, quyoshda quritiladi. Quritish vaqtida piyozlar bir oz namni yo‘qotadi, barglari so‘liydi, piyozbosh esa 3-4 quruq po‘stlarga, ya’ni ularni kelgusida qurib qolishdan saqlaydigan qattiq po‘stlarga o‘raladi.
Qurigan piyoz barglari kesiladi va piyoz yirikligiga, yetilish darajasiga qarab sortlarga ajratiladi. Barglarni piyozbosh uchidan 3-4 sm qoldirib kesish kerak. Agar barglar pastdan kesilsa, piyozboshning ichiga turli bakteriya kiradi hamda saqlash vaqtida piyozning ko‘pi chiqitga chiqib ketadi.
Piyozboshlar uch guruhga ajratilib farqlanadi: 1) tovar maxsuloti uchun (yirik va o‘rtachalari) ajratiladi, ular yaxshi yetiladi va qishda saqlashga yaroqli bo‘ladi; 2) bu ham tovar mahsulot uchun ajratiladi, lekin bular to‘la yetilmagan (bo‘yni yo‘g‘on), shuningdek, shikastlangan, keyinchalik saqlashga yaroqsiz piyozboshlar bo‘ladi; 3) mayda (no‘sh) piyozlar, bular tovar mahsulot bo‘lmaydi, kelgusi yili qayta ekilib, ulardan ko‘k piyoz yoki piyozbosh yetishtiriladi.
O‘zbekistonda xar gektar piyozdan o‘rtacha 180-200 s dan hosil olinadi. Piyoz quruq, yaxshi shamollatib turiladigan xonalarda 20-40 sm qalinlikda yoyilgan holda yoki sig‘imi 10-15 kg li yashiklarga solingan xolda saqlanadi. Katta yashiklarda, qoplarda esa piyoz yaxshi saqlanmaydi.
Iste’molga ishlatiladigan piyozlarni saqlash uchun qulay harorat +0,5, +1, havoning nisbiy namligi esa 75-80 % hisoblanadi.
Odatdagi, sun’iy usulda sovitilmaydigan sabzavot omborlarida kuzgi-qishki-bahorgi davrda (oktabrdan-aprelgacha) saqlashda vazni kamayishidan 7-10 % gacha, shuningdek, chirish va haddan tashqari o‘sib ketishidan saqlash rejimiga va saqlash oldidan piyozlar holatiga qarab, 3-4 % dan to 20 % gacha va undan ham ko‘prog‘i nobud bo‘ladi. Bundan tashqari quruq qobiq holidagi chiqindilar (0,05-2,5 %) ham chiqishi mumkin.
Sun’iy usulda sovitiladigan sovuq xonalarda, doimiy past haroratda (1-2) saqlanganda piyozlarning chirishi va o‘sib ketish hollari bulmaydi, tabiiy yo‘qolish, shakar va vitaminlarning parchalanishi keskin kamayadi.
Qishki saqlash uchun quyiladigan piyozlarni yig‘ib olishdan ikki xafta ilgari ekinlarga malein kislota gidrazidi (GMK) ning 0,2 - 0,25 % konsentratsiyali eritmasini purkash o‘sib ketishini ma’lum darajada to‘xtatadi.

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish