Мевачилик ва сабзавотчилик


Mevali o‘simliklning ildiz tizimi



Download 7,73 Mb.
bet118/158
Sana22.02.2023
Hajmi7,73 Mb.
#913624
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   158
Bog'liq
МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА

Mevali o‘simliklning ildiz tizimi
Mashg‘ulot maqsadi: har xil mevali o‘simliklarning ildiz tizimini morfologik va biologik xususiyatlari bilan tanishish va ularni o‘rganish.
Ushbu mag‘ulotda olinadigan bilimlar ko‘chatzorda ko‘chat yetishtirishda va yangi bog‘ barpo qilishda ularning ildiz tizimini baholash, shuningdek yosh va hosilli o‘simliklarni parvarishlashda ularning yer ostki qismini tavsiflashda zarur bo‘ladi.
Mashg‘ulot mazmuni:
1. Har xil mevali o‘simliklarning asosiy ildizi va ildiz tizimining kelib chiqishini aniqlash, ularning qo‘shimcha ildizlarini belgilash.
2. Olma, nok olcha urug‘ nihollari, olma parxishlari, payvand qilingan bir va ikki yillik olma o‘simliklari ildiz tizimining yoshini aniqlash.
3. Mevali o‘simliklarda o‘q ildiz, shoxlangan va popuk ildizlar tizimining tuzilishini tavsiflash va asosiy, yon, skelet, yarim skelet va o‘sayotgan ildizlarning rasmini chizish.
4. Olma urug‘ nihollarining, urug‘lik (kuchli o‘suvchi) va klon (kuchsiz o‘suvchi) payvandtaglarga payvand qilingan ikki yillik olma ko‘chatlarining shohlanish tartibi.
5. Ko‘ndalang kesimdagi yillik xalqalar bo‘yicha ildizning yoshini hisoblash.
6. O‘suvchi, so‘ruvchi, o‘tuvchi va o‘tkazuvchi ildizlarning o‘zaro farqini aniqlash.
7. Mevali o‘simliklarning so‘ruvchi ildizlarini chizish.
Umumiy ma’lumotlar va uslubiy ko‘rsatmalar
Ungan urug‘dan asosiy (o‘q) ildiz shakllanadi, u nolinchi tartib ildiz deb yuritiladi, undan birinchi tartib yon ildizlar, ulardan esa o‘z navbatida ikkinchi tartib shoxlar tarqaladi va h.k.
Poyalarda va ikkilamchi anatomik tuzilishdagi ildizlarda ham ildizlar paydo bo‘lishi mumkin, ular qo‘shimcha yoki adventiv ildizlar deb ataladi.
Agar faqatgina qo‘shimcha ildizlar shakllansa, u holda o‘q ildiz bo‘lmaydi va shu bois asosiy ildizlar birinchi tartib shoxlanish ildizlari deb yuritiladi, yon ildizlar esa mos holda ikkinchi, uchinchi va h.k. tartib shoxlangan ildizlar deyiladi.
Mevali o‘simliklarda bir necha tip ildiz tizimi farqlanadi:
a) urug‘dan kelib chiqqan ildiz tizimi, u urug‘ning murtak ildizidan hsil bo‘ladi;
b) qo‘shimcha ildiz tizimi, u vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirilgan hamda klon payvandtaglarga payvand qilingan o‘simliklar uchun xosdir;
v) uyg‘unlashgan yoki aralash ildiz tizimi, u asosiy ildiz tizimi ildizlari bilan bir qatorda ildiz bo‘g‘izi mintaqasi va o‘q ildiz tizimidagi ildizlarda qo‘shimcha ildizlarga ega bo‘ladi.
Mevali o‘simliklarda skelet, yarim skelet va o‘sayotgan ildizlar farqlanadi. Birinchi ikki turdagi ildizlar 0,3 m dan bir necha metrgacha uzunlikda bo‘ladi, ularning diametri 3 mm dan bir necha santimetrgacha o‘zgaradi. O‘sayotgan ildizlar juda ingichka bo‘lib, dametri 3 mm dan oshmaydi, uzunligi juda qisqa – millimetrdan bir necha santimetrgacha.
Mayda, ammo juda kuchli shoxlangan qoplovchi ildizlar popuk ildizlar deb ataladi.
Ildizlar o‘q ildizli, ya’ni asosiy ildiz yaqqol ajralib turuvchi va o‘q ildizsiz, ya’ni skelet ildizlar u yoki bu darajada teng o‘sgan bo‘lishi mumkin. Tuproq yuzasiga deyarli parallel tarqalgan ildizlar gorizontal, pastga qarab o‘sgan ildizlar esa vertikal ildizlar deb ataladi.
Gorizontal ildizlar olma va gilosda nisbatan chuqur – 1 m gacha va olcha, olxo‘ri hamda rezavor o‘similiklarda esa sayoz – 20-50 sm gacha chuqurlikda joylashadi. Vertikal ildizlar olma va gilosda 6-10 m gacha, olcha va olxo‘rida 3-6 m gacha va rezavorlarda 1-2 m gacha chuqurlikka kirib boradi.
Ildizlar bajaradigan funksiyasiga ko‘ra ham farqlanadi: a) faol yoki o‘suvchi ildizlar; b) so‘ruvchi ildizlar; v) o‘tkazuvchi ildizlar; g) o‘tuvchi ildizlar.
Birinchi tartib o‘suvchi ildizlar oq rangda bo‘lib, jadal uzunlikda o‘sadi. Ikkilamchi tuzilishga o‘tishda ular o‘tuvchi ildizga, so‘ngra esa yarim skelet yoki skelet ildizga aylanadi.
Shimuvchi yoki so‘ruvchi ildizlar ham oq rangda bo‘lib, juda ingichka bo‘ladi va bor-yo‘g‘i ikki-uch hafta yashaydi. Ular tuproqdan suv va mineral moddalarni so‘rib oladi. So‘ruvchi ildizlarning uchta mintaqasi ajratiladi: ildiz g‘ilofi, o‘sish va cho‘zilish mintaqasi, ildiz tukchalari yoki so‘ruvchi mintaqa.
O‘tkazuvchi ildizlar to‘q jigarrang tusdagi ikkilamchi anatomik tuzilishga ega bo‘ladi. Ular suv va mineral moddalarni yer ustki qismga o‘tkazib beradi va undan plastik birikmalarning faol ildizlarga oqib tushishini amalga oshiradi.
Faol va o‘tkazuvchi ildizlar o‘rtasida o‘tuvchi ildiz mintaqasi joylashadi. Bu yerda birlamchi tuzilishdagi ildiz ikkilamchiga o‘tadi va so‘ngisi o‘tkazuvchiga aylanadi. Ildizlarning kulrang tusi qoramtir tusga kiradi.

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish