Мевачилик ва сабзавотчилик


Kelib chiqishi va tarqalishi



Download 7,73 Mb.
bet104/158
Sana22.02.2023
Hajmi7,73 Mb.
#913624
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   158
Bog'liq
МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА

Kelib chiqishi va tarqalishi. Ildizmevali sabzavot ekinlar O‘rta yer dengizi atroflaridan kelib chiqqan. N.I.Vavilov (1940) fikricha sabzi va turp kelib chiqish markazi ikkita: O‘rta yer dengizi va janubiy – g’arbiy hamda sharqiy Osiyo hisoblanadi. Yapon olimi I.Nisiyama (1958) fikricha, sabzi va turp Xitoy va Yaponiyaga Yevropadan qadimgi Ipak yo‘li orqali kirib kelgan.
Ularning ko‘pchiligi qadimda turp 5 ming, sabzi 3 ming yil ilgari madaniy holda ekila boshlagan.
Hozirgi vaqtda ildizmevali sabzavotlar hamma joyda, ayniqsa, muhtadil iqlim sharoitlari mamlakatlarida ko‘p ekilmoqda.
Dunyo dehqonchiligida sabzi 1,1 mln. gektar maydonga ekilib, 23,9 mln. tonna yalpi hosil yetishtiriladi. Sabzi ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy birinchi o‘rinda bo‘lib, 8,4 mln. tonna, 2-o‘rinda Rossiya – 1,7; AQSH – 1,4; Polg’sha – 1,0; Yaponiya – 0,6 mln. Tonna, boshqa davlatlar 10,6 mln. tonnani tashkil etmoqda.
Bizda sabzi sabzavotlar umumiy maydonining 5-6 % iga, xo‘raki lavlagi esa 9-10 % iga ekilmoqda. O‘rta Osiyoda sabzini ekishga juda qadimdan odatlangan. Turp, sholg’om kam, pasternik, petrushka hamda selg’derey esa undan ham kam maydonga ekiladi.
Botanik tahrifi va navlari. Sabzi (Daucus carota) bir yillik yovvoyi sabzidan kelib chiqqan. SHuning uchun u yovvoyi sabzi bilan oson chatishadi. Sabzi ikki yillik o‘simlik bo‘lgani uchun birinchi yil uzun bandli, patsimon taralgan barglar (tupbarg) va etli (zapas qismi) ildizmeva hosil qiladi. Ildizmeva o‘zak (ksilema-yog’ochlik qismi), kambiy – (floema-zapas moddalar to‘plangan qismi) va tiniq rangli po‘stdan iborat.
O‘zak dag’al, yog’ochsimon, shakar kam bo‘lgani uchun tahmi pastligi bilan kambiydan farq qiladi. Asosiy va hamma yon shoxlar uchi mayda soyabonchalardan iborat bo‘lib, o‘simlik murakkab soyabon gulto‘plam bilan tugaydi. Sabzi gullari ikki jinsli, mayda, gultojbargi oq yoki pushti, beshlik tipida. Gullari chetdan changlanadi. CHunki, changchi va urug’chi bir vaqtda yetilmay, balki changlar bir kun oldin yetiladi. Sabzi guli hasharotlar (asalarilar, pashshalar), kam hollarda shamol yordamida changlanadi.
Gullash o‘simlikda dastlab asosiy soyabonlardan, so‘ngra I, II va keyingi shoxlar soyabonidan boshlanadi. Soyabonda avval tashqi soyabonchalar, soyabonchalarda ham dastlab tashqi gullar ochiladi.
Urug’lik sabzi ildizmevasi o‘tqazilgandan so‘ng, 45-50 kunda gullaydi, urug’i gullagan o‘simliklarda 50-55 kun o‘tgach, pishib yetiladi. Gullash o‘simlikda 12-15 kun davom etadi. Quruq issiq havo gullashni tezlashtiradi, aksincha, sovuq hamda nam havo esa susaytiradi. Gullash tugagach, tupguldagi chetki soyabonchalar soyabon ichiga bukiladi, natijada soyabon qush uyasi shakliga kiradi. Mevasi – don bo‘lib, ko‘ndalang qovurg’ali, tikanli. Pishganda alohida mevaga ajraladi. Doni (urug’i) tarkibida efir moyi ko‘p bo‘lgani uchun o‘ziga xos hidga ega. U juda sekin bo‘rtib, ko‘karib chiqadi va sekin rivojlanadi.
Sabzi urug’ining unuvchanligi 70-80 % bo‘lib, 3-4 yilgacha saqlanadi. Urug’i mayda, 1000 tanasining vazni 1,1–1,5 gramm. Urug’ vazni va hosildorligi uning o‘simlikda joylashishiga bog’liq
SHulardan eng muhimlari quyidagilar:

  • Tupbarglarning yirikligi va shakli (ko‘tarilgan, yarim ko‘tarilgan va yotiq);

  • Barglarning rangi, kesikligi va tuklanganligi. Bu belgilar Yevropadan kelib chiqqan navlarda bargi yashil, kuchli kesikli, tuksiz bo‘lsa, Osiyo navlarida barg kulrang yashil yoki binafsha-yashil, kam kesikli va kuchli tuklangan bo‘ladi;

  • Ildizmevaning rangi (oq, sariq, qizil, binafsha);

  • Ildizmevaning shakli (yumaloq, tsilindr, konussimon) va vazni (20-30 grammdan 1 kilogrammgacha);

  • Ildizmeva o‘zagi – ildizmeva diametrining 25-90 % ini tashkil qiladi. U qanchalik ingichka, kichkina, yumaloq, sirti silliq bo‘lsa, ildizmeva sifatli hisoblanadi;

  • O‘simlik o‘suv davri (70-150 kungacha) davomiyligi;

  • Ildizmevalarning erkaklab hamda yorilib ketish xususiyati. Odatda, janubdan kelib chiqqan, qisqa o‘suv davrida yetiladigan ildizmevalar, shimoliy rayonlarda ekilganda erkaklab ketadi. Tez o‘sadigan ertapishar navlarda ildizmevaning yorilib ketishi ko‘p kuzatiladi;

- Navlar ildizmeva tarkibidagi quruq modda, shakar va vitaminlar miqdoriga qarab ham bir-biridan katta farq qiladi.

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish