Мевачилик ва сабзавотчилик



Download 7,73 Mb.
bet46/158
Sana22.02.2023
Hajmi7,73 Mb.
#913624
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   158
Bog'liq
МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА

Nazorat savollari:
1.Yerni tayyorlash jarayoni
2.Yarim yog‘ochlashgan qalamchalardan kqpaytirish
3.Yashil qalamchalardan ko‘chat yetishtirish
Tokzor barpo qilish.
Reja:
1. Tokzorlar barpo qilishda yerni tayyorlash va ko‘chatlarnijoylashtirish.
2. Tokzorlarda o‘simliklarni yetishtirishning asosiyomillari.
3. Tokzorlarda uzum xosilini parvarish qilish.

Tayanch iboralar: t-shaklida sim bag‘azlarga tortish, baland tanali, ko‘p zang shakllantirish, so‘rilar, ishkom, yoysimon voish, tik simbag‘az usuli.

Tok bir joyda 40-50 yil va undan ortiq o‘sib hosil beradi. Uning uzoq yashashi, mahsuldorligi, iqtisodiy samaradorligi, ekologik toza mahsulot berishi tokzorlarni to‘g‘ri joylashtirishga, joy va navlarni to‘g‘ri tanlashga, parvarish ishlariga bo‘lgan e’tiborga bog‘liq. Yangi tokzorlarni barpo qilish, ayniqsa hozirgi bozor islohotlari davrida katta kapital xarajatlar bilan bog‘liq. Bu borada yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish ancha mushkul. Shuning uchun tokzor uchun joy tanlash, yerga ishlov berish, tokzor hududini tashkil qilish, navlarni tanlash va ularni joylashtirish, ko‘chat ekish va parvarish ishlarini o‘z vaqtida, ilmiy va ilg‘or tajribalar asosida amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.
Tokzor uchun yer tanlash. O‘zbekistonning tuproq-iqlimi sharoitlari barcha hududlarda uzumning turli muddatlarda pishadigan navlarini yetishtirish imkonini beradi. Tokzor uchun ochiq, yorug‘lik yaxshi tushadigan, unumdor va suv bilan yaxshi ta’minlangan yerlar ajratilgani ma’qul. Shuningdek, g‘alla, paxta, shakarqamish, zag‘ir, kanop kabi o‘simliklar uchun noqulay hisoblangan qumli va toshloq yerlar, tog‘ va tog‘oldi yonbag‘irlari ham tok o‘stirish uchun qulay hisoblanadi. Tog‘li va adirli zonalarning qiyaligi 100gacha bo‘lgan yerlaridan tok o‘stirishda unumli foydalanish mumkin.
Tok uchun kuchli sho‘rlangan, yer osti suvlari 1 m. dan yuqori, pastqam yerlar yaroqsiz hisoblanadi. Ammo, ularning meliorativ holatini yaxshilab tok o‘stirish mumkin. Tokzor uchun yer tanlash direktiv organlarning texnik-huquqiy hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Unda tokzor uchun ajratilgan yerning hududi, navlar va ulardan qanday maqsadlarda foydalanish yo‘nalishlari (xo‘raki, mayizbop hamda vinobop uzum yetishtirishga oid) belgilangan bo‘ladi. Uni maxsus komissiya ko‘rib chiqib, qaror qabul qiladi. Tokzor uchun yer tanlashda uning relefi, qiyaliklarning joylashganligi, yer osti suvlarining chuqurligi va kimyoviy tarkibi, tuproq va iqlim sharoitlari, suv havzalari kabi omillar inobatga olinadi.
Keyingi yillarda tokzor barpo qilishda tog‘ yonbag‘irlari, toshloq va qumli yerlar o‘zlashtirilib, ulardan samarali foydalanilmoqda, chunki yonbag‘irlarda tekis yerlarga nisbatan uzum hosili sifatli (shirador, rangdor) bo‘ladi. Yonbag‘irlarni tanlashda ularning qiyaligiga ahamiyat berish lozim. Chunki qiyalik oshgan sari tokzor barpo qilish va parvarish ishlari bilan bog‘liq xarajatlar va mehnat ham ko‘payadi. 100gacha bo‘lgan qiyaliklar kam, 10-200 bo‘lganlari o‘rtacha va kuchli, 200 ko‘p bo‘lganlari esa juda qiya hisoblanadi va bunday yerlarda tokzor barpo qilish katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq va o‘zini oqlamaydi. Kam va o‘rtacha qiyaliklarda tok qatorlari ularga ko‘ndalang qilib olinadi. Bundan maqsad tuproqning yuvilib ketishi, sug‘orish hamda yog‘in suvlarining behuda sarf bo‘lishi hamda tuproqdagi namning kamayib ketishini oldini olish, shuningdek, parvarish ishlarini qulaylashtirishdir. Qiyalik ko‘proq (100dan ko‘p) bo‘lsa, supacha (terrasa)lar hosil qilinadi. Ayniqsa pog‘onali supachalar keng tarqalgan. Bu usul ham tuproqni eroziyadan saqlaydi, nam to‘planishiga yordam beradi, parvarish ishlarini qulaylashtiradi. Tokning o‘sishi, mahsuldorligi, hosilning sifati ko‘p jihatdan tuproq xarakteri va xususyatlariga bog‘liq.
O‘zbekistonda bo‘z va o‘tloq-bo‘z, o‘tloq tuproqlar tok o‘stirish uchun qulay hisoblanadi. Tuproq qatlami 50-60 sm. dan kam bo‘lmagan toshshag‘alli yeralrda ham sifatli hosil yetishtirish mumkin. Tokzor uchun yer tanlashda shamol rejimiga ham ahamiyat berish lozim. Shamol kuchli esuvchi, himoya daraxtlari bilan o‘ralmagan yerlar tok uchun xatarli hisoblanadi. Yerni ekishga tayyorlash. Yerni ekishga tayyorlashda bir qator tashkiliy va agrotexnika ishlari (yerni begona o‘tlardan va boshqa o‘simlik qoldiqlaridan tozalash, yerni tekislash, organik va mineral o‘g‘itlar solish, sug‘orish shaxobchalarini belgilash kabilar) amalga oshiriladi. Begona o‘tlardan tozalash uchun yer 20-25 sm. chuqurlikda haydalib, ildiz qoldiqlaridan tozalanadi.
Buning uchun plugli borona va kultivatorlardan foydalaniladi. Eski bog‘, tokzor, butazorlardan bo‘shagan yerlarga 2-3 yil dukkakli va dukkakli-boshoqli ekinlar (no‘xat, loviya, soya, beda, javdar va boshqalar) aralashmasi ekiladi. Ularning ko‘pchiligi kuzda yashil o‘g‘it sifatida haydab yuborilishi ham mumkin. Yer osti suvlari yaqin (1-1,5 m.) bo‘lgan hamda sho‘rlangan yerlarning meliorativ holati yaxshilangach tok ekish mumkin. Aks holda, tok tuplari rivojlanmay, hatto nobud bo‘lishi ham mumkin. Bunga ildiz tizimining kislorod yetishmasligidan shikastlanishi, yer osti suvi tarkibidagi tuzlarning chala oksidlanib ildizga halokatli ta’sir ko‘rsatishi sabab bo‘ladi. Bunday xollarning oldini olish uchun zovurlardan foydalaniladi. Nam qochiruvchi, sho‘rsizlantiruvchi va erozion zovurlar bo‘ladi. Keyingi vaqtlarda diametri 40-50 mm.li plastmassa drenaj quvurlaridan keng foydalanilmoqda. Ular DPBN-1,8 quvur yotqizgichlar yordamida yerga 1,5-1,8 m. chuqurlikda yotqiziladi.Tokzorga issiq (garmsel) hamda sovuq shamollar, kuchli yomg‘ir (jala, sel) jiddiy zarar yetkazadi. Ulardan saqlash uchun bo‘lajak tokzor atrofiga himoya daraxtlarini ekish zarur. Bir necha qator qilib ekilgan o‘rmon daraxtlari va butalar tokzorni qor bosishdan, tuproq eroziyasi va tuproq ko‘chishidan ham saqlaydi. Tokchilikda, asosan oqimni va shamolni tartibga soluvchi himoya daraxtlaridan foydalaniladi. Birinchisi, asosan tog‘ va tog‘ oldi zonalarida qo‘llanilib, bunda 3-5 qator butasimon o‘simliklar (olcha, smorodina, malina, tol va boshqalar) 1 x 0,5 m. oraliqda ekiladi. Kvartallar hududi bo‘ylab shamolni tartibga soluvchi himoya daraxtlari (bir qator yong‘oq 6 m. oralikda, 2-3 qator terak, o‘rik, olcha 1-2,0 m. oraliqda) ekiladi. Himoya daraxtzorlar o‘rtasidagi oraliq tekis maydonlarda 500-1000 m., tog‘li joylarda 200-300 m. bo‘lishi lozim. Ular tokzorlardan 10 m. uzoqlikda joylashtiriladi.
Tokzor hududini tashkil qilish Bu mas’uliyatli ish xo‘jalikning rivojlanish rejasiga ko‘ra amalga oshiriladi va tokzorni parvarish qilishning zamon texnologiyasi talablariga javob berishi lozim. Tokzor uchun yirik, yaxlit maydonlar ajratilgani ma’qul. Bu ishni yaxshi tashkil qilish, ishchi kuchlar va mexanizatsiyadan samarali foydalanish, hosilni asrash kabi ishlarni ancha yengillashtiradi. Tok parvarishi ko‘p mehnatni talab qilgani uchun tokzorni aholi punktiga yaqinroq joylashtirish maqsadga muvofiq. Tokzor uchun yer ajratilgach, tokzor hududini tashkil qilish rejasi tuziladi. Tokzor barpo qilinadigan uchastkalar, kvartallar va kartalar, yo‘ltarmoqlari, suv manbalari, himoya daraxtlari ekiladigan joylar, dala shiyponlari, omborxonalar va h.k. belgilanadi. Bularni loyihalashtirishda ajratilgan maydonning past-balandligi, tuproq qatlami, tokning nav xususiyatlari inobatga olinishi zarur.
Tashkiliy va parvarish ishlarini qulaylashtirish maqsadida tokzor uchun ajratilgan maydon 20-25 ga.li kvartallarga, ular o‘z navbatida 3-5 ga.li kartalarga bo‘linadi. Tog‘ va tog‘ oldi joylarida kvartallar 12-15 ga. qilib belgilanadi. Tekis yerlarda kvartal to‘g‘ri to‘rt burchak shaklida olinib, kvartallarning eni 400 m., bo‘yi 700 m. dan oshmasligi lozim. Kartalarning bo‘yi 300-500 m., eni 100 m. qilib belgilanadi. Kvartallar orasida 8 m., kartalar orasida 5 m., maydon chetida 10 m. kenglikda yo‘llar qoldiriladi. Tok tuplari qatorini to‘g‘ri belgilash muhim ahamiyatga ega. Tuproqdagi namning saqlanishi yer relefiga bog‘liq bo‘lmagan tekis joylarda tok qatorlari shimoldan janubga tomon joylashtiriladi. Bunda tok kun bo‘yi yorug‘likdan yaxshi foydalanadi.
Sug‘oriladigan maydonlarda tok qatorlari sug‘orish egatlari bo‘ylab shamol esadigan tamonga qarab joylashtiriladi. Doimiy sug‘orish shaxobchalari kvartallar cheti, vaqtincha sug‘orish shaxobchalari esa kartalar orasidagi yo‘l bo‘ylab olinadi. Umumiy tokzor maydoning 7-8% ni yo‘llar tashkil qilishi lozim. Yonbag‘irlarda tok qatorlari tuproqni eroziyadan saqlash, nam to‘plash uchun atmosfera yog‘inlarini ushlab qolish maqsadida, ularga ko‘ndalang qilib olinadi. Shuningdek, bahorgi sovuqlar hamda zamburug‘ kasalliliklariga qarshi kurashish maqsadida havo oqimini o‘tib turishini, ya’ni havo drenajini ta’minlash lozim. Buning uchun himoya daraxtlari kesishgan joyda har 200 m. da 20 m. oraliq joy qoldirish lozim. Yuqorida bayon qilingan barcha ishlarni aniq amalga oshirish maqsadida maxsus geodeziya asboblardan foydalaniladi. Nav tanlash va ularni joylashtirish.
Tok tuplari tokzor barpo etiladigan hududning yer, tuproq-iqlim sharoitlari, shuningdek, uzum yetishtirishning yo‘nalishi asosida ekilishi lozim. O‘zbekiston sharoitiida xo‘raki navlardan Oq xusayni, Go‘zal qora, Janjal qora, Nimrang, Pushti toyifi, Qizil xurmoni, Parkent, Muskat aleksandrskiy, Kattaqo‘rg‘on kabilar, kishmishbop navlardan Qora kishmish, Oq kishmish, Kishmish Xishrau, Pushti kishmish, Vir kishmish kabilar, vinobop navlardan Aleatiko, Saperavi, Risling, Rkatsiteli, Xindogni, Bayan shirey, Soyaki, Sultoni (Jaus), Muskat vengerskiy, Muskat rozoviy, Kuldjinskiy, Magarachskiy, Morastel kabilar keng tarqalgan. 18 xil xo‘raki va kishmishbop, 17 xil vinobop navlar rayonlashtirilgan va ular Davlat reestriga kiritilgan. U yoki bu navdan ko‘proq hosil yetishtirish, navga xos agrotexnika tadbirlarini sifatli o‘tkazishni yengillashtirish maqsadida odatda turli muddatlarda pishadigan xo‘raki navlardan 5-7 xil, kishmishbop navlardan 5-6 xil tanlangani maqul.
Bu mavjud ishchikuchlaridan unumli foydalanish, aholining xo‘raki uzumga bo‘lgan talabini uzoq muddat qondirish, uzumni qayta ishlash korxonalarini xom-ashyo bilan taminlab turish imkonini ham beradi. Xo‘raki va kishmishbop navlar oziq moddalar, namlik, yorug‘lik va issiqlikka talabchan bo‘ladi. Shuning uchun ertapishar navlarni janubiy rayonlarda, tog‘li rayonlarning quyosh nuri yaxshi tushadigan, suv bilan yaxshi ta’minlangan unumdor yerlarida joylashtirgan ma’qul. Xo‘raki navlar yirik shaharlar, sanoat markazlariga yaqin joylarda ekilgani ma’qul. Bunda ekiladigan uzum navlarining 60-65% i xo‘raki (40% ertapishar, 30% dan o‘rta va kechpishar) va kishmishbop navlardan bo‘lgani ma’qul.
Yer osti suv yaqin (1,5-2 m.) yerlarga xo‘raki va qisman vinobop navlar ekish mumkin. Ammo, ularning sifati o‘rtacha bo‘ladi. Tok nisbatan sho‘rga chidamli. Bunday yerlarda xo‘raki navlardan Xusayni, Nimrang, Toyifi, kishmishbop navlardan Qora kishmish, Oq kishmish, vinobop navlardan Saperavi, Bayan shirey, Muskat vengerskiy, Xindogni, Muskat rozoviy, Morastel kabilarni o‘stirish maqsadiga muvofiq. Tosh-shag‘alli yerlarda erta va o‘rtapishar navlar yaxshi natija beradi. Funksional urg‘ochi gulli navlar (Nimrang, Kattaqo‘rg‘on, Charos, Tavkveri) changlovchi qo‘sh jnsli navlar bilan ekilishi lozim. Masalan, Nimrang navi uchun Qora kishmish, Pushti toyifi, Muskat vengerskiy, Parkent, Saperavi yaxshi changlovchi navlar hisoblanadi. Funksional urg‘ochi gulli navlarning 1-2 qatoridan keyin, bir qator changlovchi nav ekiladi. Xo‘raki, kishmishbop hamda vinobop navlar alohida-alohida yirik maydonlarda (kvartal, kartalarda) joylashtirilgani maqsadga muvofiq. Bu parvarish va hosil terishni tashkillashtirish ishlarini qulaylashtirish, mehnat unumdorligini oshirish imkonini beradi. Tokzorlarii o‘g‘itlash sistemasida tokning yoshi va navxususiyatlari, tok tuplarning xolati namlik rejimi, iqtisodiy ma’qulligi va h.k. inobatga olinadi. Tokzorlarni o‘g‘itlash sistemasida tokzor barpo qilish va yer haydashdan oldin tuproqni o‘g‘itlash muhim ahamiyat ega. Agar tuproqda oziq moddalar miqdori o‘rtacha bo‘lsa har gektar maydonga 25-30 t organik o‘g‘itlar, 400-600 kg fosforli, 90-100 kg.gacha kaliy o‘g‘itlar solish tavsiya kilinadi. Plantaj haydash bilan o‘g‘itlangan yosh tokzorlar 2-3 yil davomida o‘g‘itlanmasligi mumkin. Keyingi yillarda tok to‘liq hosilga kirgunga qadar har gektariga to‘liq miqdordagi o‘g‘itning 1/3 qismi solinadi. Agar 2-3 yili toklar sust o‘sayotgan bo‘lsa may-iyun oylarida tokzorlar qo‘shimcha oziqlantiriladi (sof xolda azot, fosfor, kaliy 20-40 kg ga). Agar plantaj vaqtida o‘g‘itlar solinmagan bo‘lsa, u xolda tokzorlar har yili sof xolda 40-60 kg/ga miqdorda mineral o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlanadi. Hosilga kirgan tokzorlar har yili gektar hisobiga sof xolda 120 kg azot, 90 kg fosfor, 45-60 kg kaliy bilan o‘g‘itlanishi lozim. Organik o‘g‘itlar har 2-3 yilda bir marta 25-30 t, ga mikdorida solinadi.
Tokzorlarni sug‘orish muhim ahamiyatga ega. Suv o‘simlik organizmini ichki tuzilishining ajralmas qismi, murakkab fiziologik jarayonlar (fotosintez, transpiratsiya, nafas olishning asosi hisoblanib, tokniig o‘sishi, rivojlanishi va mahsuldorligi, asosan, nam ta’sirida kechadi. Tok novdalari va barglarida 71-73%, g‘ujumlarida 80-85%, tanasida 30 %, zangida 40-42 %, ildizida esa 50-55 % suv bo‘ladi. Suvning asosiy qismi (99 % chasi) transpiratsiya va nafas olish uchun sarflanishi aniqlangan. Suvning atigi 0,25 % bevosita organik moddalarni hosil qilish uchun ishlatiladi. 1 s hosil to‘plash uchun tokka Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston sharoitida 44-50 m suv talab qilinishi ma’lum.
Tok o‘rtacha namga talabchan o‘simliklardan (mezofitlardan) hisoblansada, suv tanqis, havo harorati yuqori hisoblangan O‘zbekistonning tog‘li va tog‘ oldi rayonlarida, yog‘ingarchilik serob bo‘ladigan Qora dengiz soxillarida, tok tanasi 20-30 sm kalinlikdagi suvda o‘stirilayotgan Yugoslaviyaning Neretva;) daryosi sohillarida yetishtirilayotgani ma’lum. I.N.Kondo ma’lumotlariga ko‘ra O‘ebekiston sharoitida tok sug‘oriladigan maydonlarda transpiratsiya uchun suvning 22-51 % ini sarflasa, lalmi yerlarda o‘rtacha 5-7 % ini sarflar ekan. Boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarida bu ko‘rsatkichi 35-40 % ni tashkil etadi. Demak, tok sharoitta qarab suvni tejash qobiliyatiga ham ega. Sug‘orish natijasida tokzorda mikroiqlim va fatoiqlim sharoitlari yaxshilanadi, tuplar atrofidagi havo namligi ortib, ortiqcha harorat pasayadi, tuproqning gidromexanikaviy tarkibi sozlanadi, o‘g‘itlarning ta’siri kuchayadi. Qishki nam tuplovchi sug‘orish tuproqni muzlab qolishdan saqlaydi, o‘simlikni sovuqqa bardoshini oshiradi. Tokning suvga bo‘lgan talabi o‘suv davridagi fenologik fazalargaham bog‘liq. Ma’lumotlarga ko‘ra shira harakati fazasida 3-12 %, novdalarning o‘sishi fazasida 7-20 %, gullash fazasida 3-16 %, g‘ujumlarning o‘sishi fazasida '10-57 %, pishish fazasida 13-23 % suv talab qilinar ekan. Talab qilinadigan suvning 80 % i novda va g‘ujumlarning o‘sish fazalariga to‘g‘ri keladi.
Toklarni sug‘orishda bu ko‘rsatkichlarni inobatga olish zarur, shuningdek tok yetishtiriladigan maydonning (xududnnng) suv bilan ta’minlanganligi, yililk yog‘in miqdori ham inobatga olinishi kerak. Yillik yog‘in miqdori 450-500 mm dan kam bo‘lmagan tog‘li va tog‘ oldi rayonlarida toklarni sug‘ormasdan yoki 1-2 marta sug‘orib o‘stirish mumkin. O‘zbekiston sharoitida sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan tokzorlarni albatta sug‘orish lozim.Tokzor xududini tashkil kilish.Bu mas’uliyatli ish xujalikning rivojlanish rejasiga kura amalga oshiriladi va tokzorni parvarish kilishning zamon texnologiyasi talablariga javob berishi lozim. Tokzor uchun yirik, yaxlit maydonlar ajratilgani ma’kul. Bu ishni yaxshi tashkil kilish, ishchi kuchlar va mexanizatsiyadan sama- rali foydalanish, xosilni asrash kabi ishlarni ancha yengil- lashtiradi.
Tok parvarishi kup mexnatni talab kilgani uchun tokzorni axoli punktiga yakinrok joylashtirish maksadga muvofikTokzor uchun yer ajratilgach, tokzor xuputsini tashkil Kilish rejasi tuziladi. Tokzor barpo kilinadigan uchastkalar, kvartallar va kartalar, yul tarmokdari, suv manbalari, ximoya daraxtlari ekiladigan joylar, dala shiyponlari, om- borxonalar va x-k- belgilanadi. Bularni loyixalashtirishda ajratilgan maydonning iast-balandligi, tuprok, katlami, tokning nav xususiyatlari inobatga olinishi zarur.Tashkiliy va parvarish ishlarini kulaylashtirish maksadida tokzor uchun ajratilgan maydon 20-25 ga.li kvar- tallarga, ular uz navbatida 3-5 ga.li kartalarga bulinadi. Tog va TOFoldi joylarida kvartallar 12-15 ga. kilib belgilanadi. Tekis yerlarda kvartal tugri turt burchak shaklida olinib, kvartallarning eni 400 m., buyi 700 m. dan oshmasligi lozim. Kartalarning buyi 300-500 m., eni 100 m. kilib belgilanadi.
Kvartallar orasida 8 m., kartalar orasida 5 m., maydon cheti- da 10 m. kenglikda yullar koldiriladi Tok tuplari katorini tugri belgilash muxim axamiyatga ega. Tuprokdagi namning sakdanishi yer relefiga boglik bul- magan tekis joylarda tok katorlari shimoldan janubga tomon joylashtiriladi. Bunda tok kun buyi yoruglikdan yaxshi foydalanadi. Sugoriladigan maydonlarda tok katorlari sugorish egatlari buylab shamol esadigan tamonga karab joylashtiriladi. Doimiy sugorish shaxobchalari kvartallar cheti, vaktincha sugorish shaxobchalari esa kartalar orasidagi yul buylab olinadi. Umumiy tokzor maydoning 7-8% ni yullar tashkil kilishi lozim.Yonbagirlarda tok katorlari tuprokni eroziyadan sakdash, nam tuplash uchun atmosfera yoginlarini ushlab kolish maksadida, ularga kundalang kilib olinadi.Shuningdek, baxorgi sovukdar xamda zamburug kasalli- liklariga karshi kurashish maksadida xavo okimini utib tu- rishini, ya’ni xavo drenajini ta’minlash lozim. Buning uchun ximoya daraxtlari kesishgan joyda xar 200 m. da 20 m. oralik joy koldirish lozim. Yukorida bayon kilingan barcha ishlarni anik amalga oshirish maksadida maxsus geodeziya as- boblardan foydalaniladi.3. Intensiv tokzorlarda uzum xosilini parvarish qilish Hosilni terish muddatini belgilashdan oldin uning pishishi nazorat qilib turiladi. Buning uchun hosil pisha boshlab 10-15 kundan so‘ng har 5kunda, texnik pishiqlikka yaqin har 3 kunda g‘ujumlardagi qand moddalari va kislotalilikni aniqlash uchun na’munalar olinib, ular laboratoriyada kimyoviy yo‘l bilan tekishriladi.
Qand miqdori refraktometr, kislotalilik esa titrlash yordamida aniqlanadi. Na’munalar turli uchastkalarda tupning pastki, o‘rta va yuqori qismlaridan6 kg cha olinishi lozim. Hosil terish uzum tegishli konditsiyaga ega bo‘lganda boshlanishi lozim. Xuraki navlar tarkibida qand kamida 14 g 100 m3, mayiz qilinadigan kishmishbop navlar esa tarkibida kamida 23-25 g 100 m3bo‘lganda terilgani ma’qul. Agar uzumdan bekmes, murabbo, siroplar, desert va likyorli vinolar tayyorlanadigan bo‘lsatarkibidagi qand 23-25 g 100 m3dan kam bo‘lmasligi lozim. Hosilni iloji boricha qisqa muddatda terish lozim. Cho‘zilib ketsa uzum tarkibidagi shiraning kimyoviy tarkibi o‘zgarishi, g‘ujumlarning sulishi oqibatida hosilning bir qismi kamayishi mumkin.
Uzum hosilini terish quyidagicha amalga oshiriladi: tup ichidagiuzum boshlariniqidirib topish; uzumboshlarinitok tupidan o‘zib olish; hosilni tara (yashik, savat, chelak, konteynerlar)ga joylash; terilgan hosilni transport vositalariga yuklash; hosilni transport yordamida kerakli Joylar (omborxona, qayta ishlash punkti va h.k.) ga olib borish.Hosil qo‘lda, yarim va to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan usullarda terilishi mumkin. O‘zbekistonda uzum asosan, qo‘lda teriladi. Hosilni qo‘lda terish tok qaychi yoki pichoq yordamida amalga oshiriladi. Bir ish kunida bir ishchi uchun belgilangan norma 300-400 kg. Pul harajatlari barcha yillik harajatlarning o‘rtacha 30 % ini tashkil qilishi mumkin. Mehnat unumdorligi uzum teruvchining qobiliyati, chaqqonligi, uzum boshlarining katta kichikligi, bandining mustaxkamligiga bog‘liq.
Terilgan uzumlarni kartalar o‘rtasidagi yo‘lga olib chiqish qulay bo‘lgan uchun, hosil qatorning o‘rtasidan ikkita terimchiga bo‘lib beriladi.Hosilni olib chiqish masofasi ikki marta qisqarib, mehnat unumdorligi oshadi, harajat va vaqg tejaladi.
Uzumni tarasiz tashishda avtosamosvallar, faktor pritseplaridan foydalaniladi. Bir qator mamlakatlarda uzum maxsus uzum terish mashinalari yordamida teriladi.
Xo‘raki navlar hosili ularning pishish vaqtiga qarab 2, ba’zan 3 martateriladi. Uzoq joylarga yuboriladigan hamda saqlanishga mo‘ljallangan uzumlar terilgach saralanadi. Terishdan oldin taralar tayyorlanadi. Har bir uchastka uchun teng taqsimlanib, ularning soni har bir qatordagi hosil miqdoriga qarab orasiga qo‘yib chiqiladi.
Xo‘raki navlarni terishda g‘ujumlar ustidagi pruin (mumg‘ubor) qatlamni saqlashga e’tibor qilinishi lozim. Bu uzumni chirish va boshqa eararlanishlardan saqlaydi. Buning uchun ishchi uzum boshlarini o‘zishda albatta uning bandidan ushlab kesishi lozim. Uzumni saralashda va yashiklarga joylashda ham ehtiyotkorlik qilish kerak. Terilgan hosil GOST 13359-73 bo‘yicha №1, 5,1,5-2 yashiklariga hamda GOST 20463-75 bo‘yicha №1 yashiklarga joylanadi. Har bir yashikka xo‘jalikning, navning nomlari,joylashtirilgan vaqti yozilgan yorliq yopishtirib qo‘yiladi. Uzoq joylarga vagon-refrijeratorlar hamda avtorifrijeratorlarda jo‘natishda ulardagi harorat 2-5°S bulishi lozim.Nav tanlash va ularni joylashtirish Tok tuplari tokzor barpo etiladigan xududning yer, tup- rok-iklim sharoitlari,shuningdek, uzum yetishtirishning yu- nalishi asosida ekilishi lozim.
Uzbekiston sharoitiida xuraki navlardan Ok, xusayni, Guzal k,ora, Janjal kora, Nimrang, Pushti toyifi, Kizil xurmoni, Parkent, Muskat aleksandrskiy, Kattakurgon kabi- lar, kishmishbop navlardan Kora kishmish, Ok kishmish, Kishmish Xishrau, Pushti kishmish, Vir kishmish kabilar, vinobop navlardan Aleatiko, Saperavi, Risling, Rkatsiteli, Xindogni, Bayan shirey, Soyaki, Sulgoni (Jaus), Muskat vengerskiy, Muskat rozoviy, Kuldjinskiy, Magarachskiy, Morastel kabilar keng tarkalgan. 18 xil xuraki va kishmishbop, 17 xil vinobop navlar rayonlashtirilgan va ular Davlat reestriga kiritilgan. U yoki bu navdan kuprok xosil yetishtirish, navga xos agrotexnika tadbirlarini sifatli utkazishni yengillashtirish maksadida odatda turli muddatlarda pishadigan xuraki navlardan 5-7 xil, kishmishbop navlardan 5-6 xil tanlangani makul. Bu mavjud ishchi kuchlaridan unumli foydalanish, axolining xuraki uzumga bulgan talabini uzok muddat kondirish, uzumni kayta ishlash korxonalarini xom- ashyo bilan taminlab turish imkonini xam beradi. Xuraki va kishmishbop navlar ozik moddalar, namlik, yoruglik va is- sikdikka talabchan buladi. Shuning uchun ertapishar navlarni janubiy rayonlarda, togli rayonlarning kuyosh nuri yaxshi tushadigan, suv bilan yaxshi ta’minlangan unumdor yerlarida joylashtirgan ma’kul. Xuraki navlar yirik shaxarlar, sanoat markazlariga yakin joylarda ekilgani ma’kul. Bunda ekiladigan uzum navlarining 60-65% i xuraki (40% ertapishar, 30% dan urta va kechpishar) va kishmishbop navlardan bulgani ma’kul.
Yer osti suv yakin (1,5-2 m.) yerlarga xuraki va kisman vinobop navlar ekish mumkin. Ammo, ularning sifati urtacha buladi. Tok nisbatan shurga chidamli. Bunday yerlarda xuraki navlardan Xusayni, Nimrang, Toyifi, kishmishbop navlardan Krra kishmish, Ok kishmish, vinobop navlardan Saperavi, Bayan shirey, Muskat vengerskiy, Xindogni, Muskat rozoviy, Morastel kabilarni ustirish maksadiga muvofik Tosh- shagalli yerlarda erta va urtapishar navlar yaxshi natija beradi.Kashkadaryo, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida kuprok, iste’mol silish va kuritishga muljallangan xuraki, ayniksa, iyun oyida pishadigan ertapishar navlarni yetishtirish kuzda tutilishi lozim.Samarkand, Jizzax, K,ashk,adaryo viloyatlarining dengiz satxidan 1000-1500 m. balandlikdagi, yillik yogin mikdori 450 mm. dan kup bulgan rayonlarida lalmi va shartli-sugoriiladigan tokchilikni rivojlantirish kuzda tutilmogi lozim. Bu yerlarning tabiiy-iklim sharoitlari xuraki xamda mayizbop navlarni yetishtirish uchun kulay xisoblanadi.
Buxoro viloyatining Vobkent, Shofrikon, Rijduvon, shuningdek, Karshi chul rayonlari, Surxondaryoning Surxon-Sherobod massivi ertapishar kishmishbop va xuraki navlarni yetishtirish uchun noyob rayonlar xisoblanadi.
Fargona vodiysi. Toshkent, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari, shuningdek, Krrakolpogiston Respublikasi sifatli xuraki, ayrim kichik zonalari esa, vinobop navlarni yetishtirish uchun kulay xisoblanadi.
Keyingi vakgda seleksionerlar tomonidan uzumning yangi navlari yetishtirilgan va aniklangan bulib, kuyidagi navlar ishlab chikarishda sinash xamda keyinchalik rayonlashtirish uchun tavsiya kilingan. Eng ertapishar navlar - Ertapishar, Kora Surxak, Ranniy Shredera; ertapishar navlar - Kishmish terakli. Kishmish Botir (Ok kishmishdan 12-15 kun oldin pishadi)
Toshkent viloyati xamda Fargona vodiysida yetishtirish uchun xuraki navlar guruxiga kiruvchi kuyidagi urugsiz navlar tavsiya Kilinadi: Kishmish Xishrau, Kishmish Sogdiana, Kishmish Samarkand, Kishmish Zarafshon. Bularning gujumlari yirik, etdor, kuritilganda yukori sifatli maxsulot beradi.
- birinchi navbatda hosilga, ikkinchi o‘rinda uzum shakliga ishlov berish- mevaga ishlov berishdan oldin birinchidan quritish, bo‘yash va tanlab atrofiga ishlov berish zarur
- ikki o‘lchab, bir marta kesish foydasi
- quyosh shakarqamishlariga ishlav berish
- mevaning yon tomonlardagi shoxlarga ishlov bermaslik
- eski shoxlarni to‘g‘ri qirqish
- sifatini tekshirish, ayniqsa mutasil shoxlariga ishlov berish
- kesishda to‘g‘ri uskunalardan foydalanish
- tepa va pastki qismlarini kesish
- uzoq vaqt tezlik bilan ishlamaslik
- 518 diametrda ishlov berish
- baquvvat uzumlar: ko‘plab kurtaklarni kuchsiz uzumlik: oz kurtaklar
- tana qismi kasalliklarini tekshirish: Eftapiya, Vatrosfariya, Petri kasalliklaari
Ishning maqsadi
- ikkinchi darajali tijorit takror sistemalariga qanday ishlov
berishni o‘rgatish
- bosh malakali shoxlarga ishlov berish
- Tellis va ishlash sistemasi
- uzum o‘lchami balansi va ishlab berish balansi
- ishlov berish jixozlar bilan ta’minlash
- uzumga ishlov berishni kitob orqali yoki uz shaklda o‘rganaolmayapsizmi. Amaliyotda qo‘llang
O‘simlikni ekishdan oldin unga to‘g‘ri ishlov berish
- qanday uzum navini o‘stirishni hal etish
- uzum balansini yaratish va ma’qul joy tanlash
- to‘g‘ri tokzor dizaynini o‘rnatish va uzum balansiga ega bo‘lish
- har yili vino balansini rag‘batlantiruvini boshqaruv tomonidan
yozma ravishda talab etish



Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish