N.I.Vavilov va P.M.Jukovskiy bo‘yicha sabzavotlarning kelib chiqish markazlari haqida mahlumot bering?
Sabzavot o‘simliklari hayotining davomiyligi nimalaraga bog’liq?
Sabzavot ekinlari kelib chiqish makonlarini sanab bering?
Mamlakatimizda yetishtiriladigan asosiy sabzavot ekinlarining lotincha nomilarini keltiring?
mashg’ulot davomi: Sabzavot ekinlari urug’lari bilan tanishish.
Ishdan maqsad: Talabalarni sabzavot o‘simliklari urug’larining morfologik belgilari bilan tanishtirish va ularni turlari aro ajrata bilish.
Masalaning qo‘yilishi: Ekiladigan ashyo (material) sifatida ishlab chiqarishdagi faqat haqiqiy urug’largina emas, balki mevalar ham ishlatiladi. Mevalarni urug’ga solishtirganda ularning tashqi (perkariy) va ichki (integument) urug’ po‘stiga ega. Bundaylar sho‘-radoshlarga to‘pmeva, selg’dereydoshlarda ko‘shurug’, dukkakdsshlar donador urug’lar tuzilishida va ko‘rinishida bo‘ladi.
Ishni bajarish uchun namuna Ish bajarishdan avval «Sabzavotchilikdan amaliy mashg’ulotlar» darsligidan 2 topshiriq «Sabzavot o‘sim-liklarining urug’lariga ko‘ra ajratish» mavzuyini qunt bilan o‘qish lozim (T. O‘qituvchi, 1990 yil, b. 14-22, keyin esa talabalar.ni-shonli probirkalarga solinganlarni morfologik tuzilishini o‘rga-nadilar.
Cabzavot ekinlari urug‘ini aniqlash kaliti(K. P. Lange bo‘yicha)
I. Urug‘i yirik (6–7 mm dan uzun):
A. U r u g‘ i sh a r s i m o n a) Yuzasi silliq, rangi har xil, kattaligi 8–9 mm.
Shirin no‘xat B. U r u g‘ i b u r ch a k s i m o n-sh a r s i m o n a) Yuzasi botiq, bujmaygan, rangi har xil, kattaligi 8–10 mm.
No‘xat V. U r u g‘ i g‘ a r a m s i m o n yo k i g‘ a r a m s i m o n-ya s s i yu m a l o q
a) Yuzasi silliq, ba’zan yaltiroq, rangi har xil , bir xil yokitovlanib turadigan kattaligi 10–12 mm.
Loviya b) Yuzasi notekis, botiq, rangi bir xil, rasmlari bo‘lmaydi, kattaligi 20–25 mm Dukkaklar G. U r u g‘ i ya s s i
1. Urug‘i yassi, bortmagan:
a) Shakli kalta ellipssimon yoki uchi o‘tmas, yumaloq-ellipssimon, chetida aniq ifodalangan hoshiyasi bor, yuzasi tekis yoki g‘adir-budur, rangi har xil, katta-ligi 8–18 mm.
Tarvuz 2. Urug‘i bir oz bo‘rtgan:
a) Shakli ellipssimon cho‘ziq, o‘tkir, tumshuqchali, hoshiyasi juda yaxshi ifodalangan (ayniqsa uchida), yuzasi tekis, rangi oq yoki sarg‘ish, kattaligi 8–15 mm. Qovun b) Shakli ellipssimon-cho‘ziq, uchi o‘tkir, tumshuqchasi kuchsiz rivojlangan, hoshiyasi deyarli sezilmaydi, rangi oq yoki och sarg‘ish, kattaligi 8–10 mm.
Bodring v) Shakli yumaloq yoki keng ovalsimon, hoshiyasi va tumshuqchasi yaqqol ifodalangan, yuzasi silliq, rangi oq, kattaligi 15–25 mm.