Tupining kattaligi: kuchli o‘suvchi, o‘rta bo‘yli hamda kalta bo‘yli (pakana). Bosh poyaning uzunligi 50-200 sm va undan ham ko‘proq;
Tupining bargliligi: kam va ko‘p bargli bo‘ladi. Tik holda o‘sadigan va yirik bargli pomidor serbargli, oddiy pomidorning tur xili esa kam va serbargligi bilan farq qiladi;
Bargining turi: qirqilgan, bo‘lakli, bo‘lakchali oddiy va kartoshka-nikiga o‘xshash bo‘laksiz, bo‘lakchasiz, cheti tekis;
Bo‘laklarining qirqilishi: yaxlit, kam va ko‘p qirqilgan;
Bo‘laklarining shakli: tuxumsimon, oval, cho‘ziq-tuxumsimon va keng lantsentsimon;
Bo‘laklarining soni: kam (1-3) va ko‘p (5 tadan ortiq);
Barg bo‘lagining rangi: kulrang yashil, och yashil, to‘q yashil va sarg‘ish- yashil;
Barg bo‘lagining yuzasi: silliq, kam va ko‘p burmali. Tik holda o‘sadigan navlarda barg yuzasi odatda burmali;
Shingilining xili: oddiy (mevasi bir o‘q bo‘ylab joylashgan), yarim murakkab yoki oraliq (bir marta shoxlangan, mevasi ikkala shoxda joylashgan), murakkab (mevasi uch, to‘rt va ko‘p marta shoxlarda joylashgan);
OChIQ DALA UChUN POMIDOR NAVLARI
|
|
|
16-rasm .AVITSENNA
O‘rtapishar, 115-120 kunda pishadi, xosildor-ligi gektaridan 60-65 tonna, mevasining o‘rtacha vazni 125-150 g. 2002 yildan Davlat reestriga kiritilgan
|
17-rasm. DO‘STLIK
Ertapishar nav, amal davri 95-99 kunni tashkil etadi. Meva vazni 80-90 g. Hosildorligi 40-45 t/ga. 2009 yildan Davlat reestriga kiritilgan.
|
|
|
18-rasm. DONI-2000
Kechpishar nav, amal davri 118-122 kun. Mevasi noksimon, o‘rtacha vazni 55-60 g, o‘ta qattiq, uzoqqa tashishga bardoshli. Bo‘rtma nematodasiga o‘ta chidamli. Hosildorligi gektaridan 45,0-50,0 t/ga. 2003 yildan Davlat reestriga kiritilgan.
|
19-rasm. SITORA
O‘rtapishar, 120-125 kunda pishadi, xosildorligi gektaridan 55-60 tonna, mevasining o‘rtacha vazni 120 g. 2008 yildan Davlat reestriga kiritilgan
|
|
|
20-rasm. DO‘STLIK
Ertapishar nav, amal davri 95-99 kunni tashkil etadi. Meva vazni 80-90 g. Hosildorligi 40-45 t/ga. 2009 yildan Davlat reestriga kiritilgan.
|
21-rasm. ShARQYuLDUZI
O‘rtapishar, 115-120 kunda pishadi, xosildorligi gektaridan 55-60 tonna, mevasining o‘rtacha vazni 150 g. 2004 yildan Davlat reestriga kiritilgan
|
|
|
22-rasm. SURXON-142
O‘rtapishar nav, amal davri 110-115 kun. O‘simligi shtambsimon tipda, juda serbarg. Mevasi yumaloq, yassi yumalok, tekis, o‘rtacha vazni 120-130 g. Hosildorligi 50-60 t/ga. 1994 yildan Davlat reestriga kiritilgan.
|
23-rasm. SAXIY
O‘rta ertapishar nav. Amal davri 100-105 kun. Mevasining shakli uzunchoq, uzunligi 10-12 sm, vazni 70-80 g. Hosildorligi 45-50 t/ga. 2008 yildan Davlat reestriga kiritilgan.
|
|
|
24-rasm. TMK 22
O‘rtapishar nav, o‘suv davri 120-125 kun. Tupi determinant tipida, ixcham, Mevasi yumalaqsimon, yirik, vazni 120 g, ko‘k dog‘lari yo‘q, po‘sti qattiq, uzoq vaqtgacha sifat ko‘rsatkichlarini yo‘qotmaydi. Tarkibida quruq modda miqdori 5,4% Hosildorligi 70-80 t/ga Iste’molda, qayta ishlashga va trans-portda tashishga yaroqli, issiqqa chidamli.
|
25-rasm BAHODIR
O‘rtapishar nav, o‘suv davri 115-120 kun. past bo‘yli 60-70 sm, shoxlanishi va barglanishi o‘rtacha.. Mevasi yassi yumaloq-simon, yuzasi silliq, go‘shtdor, juda yirik 300-400 g, malinarang. Hosildorligi 35- 40 t/ga. Issiqqa chidamli.
|
|
|
26-rasm. O‘ZBEKISTON
O‘rtapishar nav, o‘suv davri 120-125 kun. Tupi determinant tipida, ixcham, serbarg. Mevasi yumaloqsimon, o‘rtacha, vazni 120-160 g, mevasi tekis yetiladi. Tarkibida quruq, modda mikdori 5,6%. Hosildorligi 65-70 t/ga. Issiqqa chidamli
|
27-rasm. SEVARA
Ertapishar nav, o‘suv davri 95-98 kun. Tupi tik o‘suvchan, barglari kuchli rivojlangan, buyi 45-50 sm. Barglari yirik, qoramtir yashil rangli. Mevasi yumaloqsimon, pushti rangli, yuzasi silliq, vazni 90-100 g, degustatsion bahosi 5,0 ball. Hosildorligi 30-35 t/ga. Issiqlik, nematoda kasalligiga chidamli.
|
|
|
|
|
28-rasm. ISTIQLOL
O‘rtapishar nav, o‘suv davri 113-115 kun. Tupi determinant tipida, balandligi 76 sm, shoxlanishi va barg bilan qoplanishi o‘rtacha. Bargi oddiy, o‘rtacha xajmda. Mevasi yumaloqsimon, to‘q qizil, yuzasi tekis, vazni 100-g, eti qattiq. Tarkibida quruq, modda miqdori 5,7%. Hosildorligi 45-55 t/ga. Qayta ishlashga va transportda tashishga yaroqli.
|
29-rasm. TOShKENT TONGI
O‘rta ertapishar nav, o‘suv davri 110-115 kun. Tupi past buyli 50 sm, barglanishi o‘rtacha. Mevasi yumaloqsimon, indeksi 0,9-1,0, yuzasi silliq, qizil, vazni 115-125 g, eti shirin, suvli, degustatsion bahosi 4,2 ball. Tarkibida quruq, modda miqdori 5,3%. Hosildorligi 40-45 t/ga. Iste’mol va qayta ishlash uchun yaroqli.
|
|
|
|
|
30-rasm. NAMUNA 70
Kechpishar nav, o‘suv davri 110-115 kun. Tupi determinant tipida, o‘rtacha shoxlaydi. Mevasi yumaloqsimon, yuzasi tekis, qizil, vazni 110-130 g. Hosildorligi 53-55 t/ga. Nematoda bilan zararlangan yerlarda ekish uchun tavsiya etilmaydi.
|
31-rasm. YuSUPOV
Kechpishar nav, o‘suv davri 125-130 kun. Tupi indeterminant tipida, baland-ligi 100-120 sm. Mevasi yassi yumaloq-simon, indeksi 0,6, juda yirik 350-400 g, go‘shtdor, degustatsion bahosi 5,0 ball. Tarkibida quruq modda miqdori 6%. Hosildorligi 60-70 t/ga. Issiqqachidamli.
|
|
|
32-rasm. ZAKOVAT
O‘rtapishar nav. Amal davri 115-118 kun. Mevalari ovalsimon-yumaloq, rangi qizil, o‘rtacha vazni 80-100 g. Mevalari juda qattiq, transportda tashishga, qayta ishlashga va yangili-gicha iste’mol qilishga muljallangan. Havfli zararkunanda bo‘rtma nemato-dasiga o‘ta chidamli. Hosildorligi 60-70 t/ga. 2015 yildan Davlat reestriga kiritilgan.
|
33-rasm. NURAFShON G‘1
O‘rtapishar duragay, o‘suv davri 108 kun. Tupi oddiy determinant tipida, buyi 65. sm, o‘rtacha barglangan. Bargi to‘q yashil, gul shodalari oddiy, l-tipga ansub. Mevasi yumaloqsimon, bir xil xajmda, yuzasi silliq, chiroyli, to‘q qizil, qattiqligi 4,0 ball, vazni 90 g, bandsiz uziladi, dala sharoitida yorilishga chidamli. Burtma nematodasi bilan zararlangan dalalarda hosildorligi 70 t/ga. Transportda tashishga yaroqli.
|
|
|
34-rasm. ROGRESSIVNIY
O‘rta-ertapishar nav, o‘suv davri 115-118 kun. Tupi determinant tipida, o‘rtacha, ixcham, balandligi 54 sm. Mevasi yumaloq, yuzasi tekis, qizil, vazni 80-100 g, tekis yetiladi va o‘simlikda uzoq vaqt aynimasdan saqlanadi. Tarkibida quruq, modda miqdori 5,4%. Hosildorligi 35-40 t/ga. Transportda tashishga yaroqli.
|
35-rasm. TURON
O‘rtapishar nav, o‘suv dav ri 122-125 kun. Asosiy poyasining uzunligi 2,5-3,0 m, shoxlanishi va barglanishi o‘rtacha, bargi oddiy, to‘q yashil, o‘rtacha burmali. Birinchi to‘pguli 8-9 bug‘inlarda joylashgan. Mevasi yassi yumaloqsimon, yuzasi silliq, qizil, vazni 100-120 g, meva asosi kichik chuqurchali, degustatsion bahosi 4,9 ball, urug‘xonasi 4-5 ta. Tarkibida quruq modda mikdori 4,8%. Hosildorligi 13-15 kg/m2.
|
Mevalarining joylanishi: g‘uj (mevalar bir-biriga yondashgan), bo‘sh (g‘ovak - mevalari bir-biridan birmuncha uzoqda joylashgan) va o‘rtacha bo‘sh joylashgan (mevalarining bir qismi bir-biriga yondashgan, bir qasmi yondashmagan);
Do'stlaringiz bilan baham: |