10-jadval
1 gektar ochiq dalaga o‘tqazish uchun parniklarda ko‘chat o‘stirishda talab qilinadigan biologik yonigg’i va tuproq aralashmasini aniqlash
Ekinlar
|
Har 1 gektarga ketadigan romlar
|
Ekish yoki pikirovka qilish muddati
|
Qatlamning qalinligi, sm
|
Talab qilinadigan biologik yonilg’i
|
Talab qili-nadigan tup-roq aralash-masi, m3
|
Tuproq aralashmasiinng tarkibi,%
|
1 gektarga ketadigan aralashma, t
|
Biologik yonilg’i
|
Tuproq grunti
|
1 romga
|
1 gektarga
|
1 romga
|
1 gektarga
|
CHirindi
|
CHim tuproq yoki parnik tuprog’i
|
Qum
|
CHirindi
|
CHim tuproq yoki parnik tuprog’i
|
Qum
|
Urug’ ko‘chat o‘stirish uchun
|
Ertagi karam
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ertagi pomidor
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O‘rtagi pomidor
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Baqlajon
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Qalampir
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Pikirovkadan keyin ko‘chat o‘stirish uchun
|
Ertagi karam
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ertagi pomidor
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O‘rtagi pomidor
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Baqlajon
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Qalampir
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Nazorat savollar:
1. Yopiq ( himoyalangan ) maydon aholini yil davomida (uzluksiz) yangi sabzavot bilan tahminlash manbai ekanligiga aniq misollar keltiring.
2. Yopiq maydonni isitishning arzon usullari va manbalari haqida gapiring.
3. Issiqxona va ko‘chatxonalar tuprog’ini zararsizlantirishning qo‘lay va arzon hamda samarali usullarini qayt eting.
4. Sabzavot ekinlarining sog’lom, standart ko‘chatlarini etishtirishning asosiy tadbirlarini tahriflang.
5. Plyonka ostida ertagi sabzavotlar olishda nav, relg’ef, ekish muddati, parvarishlash usullarining o‘rnini belgilang?
9- LABORATORIYA mashg’ulot:
Kartoshka ekinini navlari morfologik tuzilishini o‘rganish.
Ishdan maqsad: Kartoshkani eng ko‘p ekiladigan navlari morfologik tuzilishini o‘rganish.
Masalaning qo‘yilishi: Tinglovchilar kartoshka nav-namunalarining yer ustki vegetativ qismi morfologik tuzilishi bo‘yicha birini ikkinchisidan farqlarini o‘zlashtiradilar.
Ishni bajarish uchun namuna:
Tinglovchilar kurs davomida olgan bilim va ko‘nikmalariga asoslanib, kartoshka ekinining yer ustki va yer ostki qismlarini morfologik tuzilishi bilan tanishib, 1-jadvalni to‘ldiradilar. Bunda kartoshkani tezpisharligiga ko‘ra navlari ertapishar (maysa chiqarganidan pishgunicha 60-65 kun), o‘rtacha-ertagi (70-80 kun), o‘rtagi (90-100 kun), o‘rtacha kechki (110-120 kun) va kechkiga (130-150 kun) bo‘lishligi aniqlanadi.
Nav tushunchasi va uni ahamiyati
“Nav”-o‘simliklar guruhi bo‘lib, u nasildan naslga barqaror o‘tuvchi, muayyan genotip yoki boshqalardan ajratib turuvchi belgilarga qarab aniqlanadi va maydondan olinadigan mahsulotning miqdori va uning sifatini aniqlaydi, inson oziqlanishi uchun qimmatli bo‘lgan moddalar miqdori, ta’mining fazilatlari va tashqi ko‘rinishini o‘ziga jalb qilishi bilan ifodalaydi.
KARTOShKA NAVLARI
|
|
|
2-rasm. UMID-2
O‘rtapishar nav, o‘suv davri 90-95 kun. Tuganagi och sariq, ko‘zlari binavsha rang, cho‘zinchoq, vazni 90-100 g. Tarkibida kraxmal modda miqdori 15,5 %. Bir tupda tuganak soni 6-8 ta. Hosildorligi 30-32 t/ga
|
3-rasm. SARNAV
O‘rta-ertapishar nav, o‘suv davri 85-90 kun. Tuganagi sarg‘ish, ko‘zlari mayda, silliq, vazni 100-110 g. Tarkibida kraxmal modda miqdori 17,5 %. Hosildorligi 32-35 t/ga. Ertagi va yozgi muddatda ekishga yaroqli.
|
|
|
4-rasm. DIYoRA
Ertapishar nav, o‘suv davri 80-85 kun. Tuganagi sarg‘ish, uzunchoq ovalsimon botiq, silliq, ko‘zchalari yuza joylashgan. Bir tupda tuganak soni 6-8 ta, vazni 90-100 g. Tarkibida quruq modda miqdori 19,9%, kraxmal modda miqdori 15,3%. Hosildorligi 20-22 t/ga. Yozgi muddatda ekilganda hosildorligi va tovarbopligi yuqori.
|
5-rasm. QUVONCh 1656 M
Ertapishar nav, o‘suv davri 76-80 kun. Tupi kuchli o‘suvchan, barglanishi yaxshi. Bargi yirik, to‘q ko‘kimtir, guli oq. Tuganagi dumaloq, ovalsimon, yuzasi silliq, po‘stisariq, vazni 85-90 g, degustatsion bahosi 5,0 ball. Hosildorligi 22- 24 t/ga. Noqulay ekologik omillarga va virus, rak, nematoda kasalliklarga chidamli.
|
|
|
6-rasm. ZARAFShON
Ertapishar nav, o‘suv davri 80-85 kun. Tup balandligi o‘rtacha, barglanishi yaxshi. Bargi o‘rtacha kesilgan, barg bo‘lagi konussimon, to‘q ko‘kimtir rangli, guli oq Tuganagi tuxumsimon uzunchoq, yuzasi silliq, po‘sti sariq, vazni 80- 90 g, degustatsion bahosi 40 ball. Hosildorligi 22-24 t/ga.
|
7-rasm. KO‘KSAROY
O‘rta-ertapishar nav, o‘suv davri 85-88 kun. Tuganagi sarg‘ish, yumaloqsimon, silliq, ko‘zchalari mayda, yuza joylashgan, vazni 95-105 g. Tarkibida kraxmal moddasi miqdori 16,2%. Hosildorligi 22-26 t/ga.
|
|
|
8-rasm SERHOSIL
O‘rta-ertapishar nav, o‘suv davri 85-90 kun. Tupi yoyilgan past, shoxlari nimjon, barglanishi o‘rtacha. Bargi mayda, yoyiluvchanligi kuchsiz, to‘q yashil. Tuganagi uzunchoq ovalsimon, novvot rang, ko‘zlari kam, mayda, yuza joylashgan, vazni 80-90 g. Tarkibidagi kraxmal moddasi miqdori 18%. Hosildorligi 28-30 t/ga
|
9-rasm. BAXRO 30
O‘rta-ertapishar nav, o‘suv davri 85-90 kun. Palagi barglanishi yaxshi, kuchli o‘sadi, guli oq. Tuganagi yumaloqsimon-oval, yuzasi silliq, vazni 85-90 g, ko‘zlari mayda, po‘sti va eti sarg‘ish, degustatsion bahosi 5,0 ball. Hosildorligi 25- 28 t/ga. Virus, rak, nematoda kasalliklariga chidamli.
|
|
|
10-rasm. PSKOM
O‘rta-ertapishar nav, o‘suv davri 85-90 kun. Tupi yoyilgan baland, shoxlari baquvvat, ko‘p shoxlangan. Bargi o‘rtacha, to‘q yashil, tekis, sergul. Tuganagi yumaloqsimon, po‘sti to‘rsimon, ko‘zlari soni kam, o‘rta chuqurlikda, vazni 140-160 g. Tarkibida kraxmal moddasi miqdori 17%. Ta’mi 4,2 ball. Hosildorligi 30-35 t/ga. Ertagi va yozgi muddatda ekishga yaroqli.
|
11-rasm. BARDOShLI 3
O‘rta-ertapishar nav, o‘suv davri 85-90 kun. Palagi baquvvat o‘suvchan, ko‘p poyali, barglanishikuchli, guli oq. Tuganagi uzun ovalsimon, vazni 100-120 g, ko‘zlari ko‘p, mayda, rangsiz, po‘sti sarg‘ish, yuzasi silliq, eti sariq. Hosildorligi 25- 27 t/ga. Virus, rak, nematoda kasalliklariga chidamli.
|
|
|
12-rasm. HAMKOR 1150
O‘rta-ertapishar nav, o‘suv davri 85-90 kun. Palagi o‘rta buyli, kuchli o‘suvchan, barglanishi yaxshi. Tuganagi uzunchoq tuxumsimon, po‘sti va etining rangi oq, mayda ko‘zlari bor, ko‘k rangli, yuzasi silliq, vazni 80-100 g, degustatsion bahosi 4,8 ball. Hosildorligi 25-28 t/ga. Virus, rak nematoda kasalliklariga chidamli.
|
13-rasm. UMID
O‘rtapishar nav, o‘suv davri 90-95 kun. Tuganagi oq, ko‘zlari binafsha rang, chuzinchoq, vazni 140-160 g, yuzasi notekis, degustatsion bahosi 4,5 ball. Tarkibida kraxmal moddasi miqdori 13-13,5%. Hosildorligi 20-24 t/ga. Saqlanuvchanligi yaxshi, tashqi muxit va aynish kasalligiga chidamli.
|
|
|
14-rasm. AQRAB
Kechpishar nav, o‘suv davri 110-115 kun. Tuganagi qizil, yumaloqsimon, uch tomonlari to‘mtoq, ko‘zi chuqurroq, joylashgan, yuzasi silliq, vazni 100-130 g, degustatsion bahosi 5,0 ball. Tarkibida kraxmal moddasi miqdori 14%. Hosildorligi 22-28 t/ga. Saqlanuvchanligi juda yaxshi, kasalliklarga chidamli.
|
15-rasm. TO‘YIMLI
O‘rta-kechpishar nav, o‘suv davri 95-105 kun. Tupi serbarg, yashil rangli, bargi och yashil. Tuganagi oq, yumaloqsimon, eti-oq, ko‘zchalari chuqurroq, vazni 75-80 g, degustatsion bahosi 4,0 ball.Tarkibida kraxmal modda miqdori 13-14%. Hosildorligi 22-28 t/ga. Saqlanishi yaxshi, issiqqa va kasalliklarga chidamli.
|
12- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |