маркетинг стратегиясини ишлаб чиқиш»
253
Qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotining ulushi xo'jaliklar toifalari bo'yicha
taqsimlanishi hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ko'rsatkichlar barcha
hududlarda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklariga to'g’ri kelishi kuzatildi. Qishloq
xo`jaligida 2017 yilda ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 46 890,6
mlrd.so'mni, 2016 yilga nisbatan o`sish 100,7 foizni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan
qishloq xo'jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi
69,0 fozni tashkil qildi.
2017 yilda 3 014,6 ming tonna (101,9 foiz) kartoshka, 11 433,6 ming tonna (101,4
foiz) sabzavotlar, 2 094,8 ming tonna (102,4 foiz) oziqbop poliz, 3 076,3 ming tonna
(101,1 foiz) meva va sabzavorlar, 1 748,9 ming tonna (100,8 foiz) uzum ishlab chiqarildi.
Bundan tashqari 8,1 mln.tonnadan ortiq turli hil don ishlab chiqarildi, 2,9 mln.tonnadan
oshiq paxta hom-ashyosi yig’ib olindi.
2019-2024 yillarda mamlakatda “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash milliy
dasturi”ni qabul qilishning asosiy mazmun va mohiyati ham shundadir, chunki qishloq
xo`jaligida etishtirilayotgan mahsulotlarni mavjud aholining iste’mol qilash layoqati
hamda jon boshiga to`g`ri kelishini, ishlab chiqarilgan mahsulotlar taqsimoti bilan hamda
eksportga yonaltirishni hisobga olinishi ahamiyatli tomonlaridan hisoblanadi. Bu nazarda
tutilgan yillar davomida mamlakat aholisining o`sish sur’atini ham hisobga olish va
shunga mos ishlab chiqarish,qayta ishlash va taqsimotni hamda iste’mol qilish
qobiliyatini rivojlantirishni talab qiladi. Shuning uchun bu borada y’ani qishloq xo`jaligi
mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlash tizimini isloh qilishning asosiy hususiytlaridan
sohaga investitsiya jalb qilishni va innovatsiyalarni qo`llash jarayonlarini tez va samarali
amalga oshirish kechiktirib bo`lmaydigan vazifalardan biri sanaladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga
Murojatnomasida “2019 yilda iqtisodiyot sohasida quyidagi maqsadlarni belgilab olishni
nazarda tutganlar:
- ochiq iqtisodiyot,soglom raqobat,ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan
yahshilash uchun zarur sharoitlar yaratish;
- iqtisodiyotda davlat ulishini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish
orqali yangi ish o`rinlarini ko`paytirish;
- “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish,uning hajmini keskin qisqartirish;
- valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar
siyosatni amalga oshirish;
- iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro`yabga chiqarishga qodir
malakali qadrlarni tayyorlash ” kabilarni nazarda tutganlar
16
.
16
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojatnomasi. “Xalq so`zi”
29.12.2018 y. №271-272 (7229-7230)
« Мева-сабзавотларни етиштириш, қайта ишлаш ва сотишнинг
Do'stlaringiz bilan baham: |