6-Mavzu: URUG’LI VA DANAKLI MEVALARNI SAQLASh TEXNOLOGIYaSI
Reja:
Urug' va danakli mevalarni saqlash texnologiyasi
Urug’li mevalarni saqlash
Danakli mevalarni saqlash
Urug' va danakli mevalarni saqlash texnologiyasi
Mevalar sovutilmaydigan va sun'iy sovutiladigan omborxonalarda saqlanadi. Tuzilishi bo'yicha meva saqlaydigan omborxonalar sabzavotlar va kartoshka saqlanadigan omborxonalardan deyarli farq qilmaydi. Farq faqat shundaki, mevalar saqlashga mo'ljallangan omborxonalarda handaklar qazilmaydi, mevalar yashik yoki konteynerlarga joylanib tagliklar (podtovarnik) ustiga joylashtiriladi. Bu omborxonalarda tabiiy sovuqlik hisobiga kuzda, qishda va bahorning boshlarida harorat va havoning nisbiy namligi optimal sharoitga yaqin ushlab turiladi. Bu vaqtlarda sovutilmaydigan omborxonalarda asosan olma, nok, behi, limon, mandarin, apelsin, saqlashga chidamli uzum navlari saqlanadi. Bahorda harorat yuqori bo'lganligi uchun tezda sotilishi yoki sun'iy sovutiladigan omborxonalarga o'tkazilishi talab etiladi.
Sun'iy sovutiladigan omborxonalarda esa yilning xohlagan oylarida kerakli haroratni va havoning nisbiy namligini yaratish mumkin. Shu katta shaharlarda mevalarni shunday sun'iy sovutiladigan omborxonalarda saqlanadi. Mevalar eshiklari, devorlari yaxshi termoizolyasiya qilingan kameralarga joylashtiriladi. Bunday omborxonalarda mevalarni saralaydigan alohida xonalar, joylar bo'lishi talab etiladi.
Qabul qilingan meva partiyalar omborxonalarga joylashdan oldin pomologik navlariga, tovar navlariga, katta–kichikligiga qarab (mayda, o'rta, katta), etishtirilgan rayonlariga qarab saralanadi. Uzoq muddat saqlash uchun yaxshi saqlanadigan pomologik navlardan foydalaniladi. Ular sifati bo'yicha 1-tovar naviga javob berishi, mexanik jarohatlanmagan, o'rtacha kattalikda bo'lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Yashiklarga joylangan mevalarni shtabellarga joylashda devordan va xona shiftidan shtabelgacha 0,3 – 0,4 m masofa qoldiriladi. Shtabellar orasidagi masofa ham kamida 10 sm bo'lishi kerak. Ana shunday joylashtirilganda havo sirkulyasiyasi yaxshi ta'minlanadi.
Har bir shtabeldagi pasportda mevaning turi, pomologik navi, tovar navi, meva massasi, qaysi hududda yetishtirilganligi, ko'zda tutilgan saqlash muddati kabi ma'lumotlar bo'lishi kerak.
Urug'li mevalarni saqlash. Olma, nok, behilarning saqlanish muddatiga pomologik navi, etishtirish sharoitlari, terish va joylash usullari, sifati, saqlash va tashish usullari, sharoitlari katta ta'sir ko'rsatadi. Masalan, olmaning issiq iqlim sharoitida, ya'ni O'rta Osiyoda yetishtirilgan bir navini, Ukrainada etishtirilgan shu navi bilan saqlanuvchanligini taqqoslasak, issiq iqlim sharoitida etishtirilgan olmalarning saqlanuvchanligi nisbatan yaxshi ekanligi ilmiy – tadqiqotlar asosida isbotlangan.
Azot moddalariga boy tuproqda etishtirilgan olmalar qumli tuproqda etishtirilgan olmalarga nisbatan yomonroq saqlanishi va tezda mikroorganizmlar ta'sirida zararlanishi aniqlangan. Yoki yaxshi agrotexnika ishlovi berilgan bog'lardan terilgan olmalar, agrotexnika ishlovi yaxshi berilmagan olmalarga nisbatan yaxshi saqlanishi ham eksperimental tadqiqotlar asosida isbotlangan.
Mevalarning qaysi pishganlik darajasida terib olinganligi ham saqlanuvchanligiga katta ta'sir ko'rsatadi. Masalan, iste'molga yaroqlilik pishganlik darajasida terib olingan mevalar xom terilgan va o'ta pishgandan keyin terilgan mevalarga nisbatan yaxshi saqlanishi aniqlangan. Ayniqsa, xom holda yoki yaxshi pishmagan holda terilgan olma mevalari juda yomon saqlanadi. Chunki, bu olmalarda po'stlog'i yaxshi shakllanib yetmagan, tovarlik sifatini yo'qotadi.
Mevalarning saqlanishiga ularni ehtiyotlik bilan terib olish, saralash va joylash ham katta ta'sir ko'rsatadi. Agar mevalar mexanik jarohatlangan bo'lsa, tezda mikroorganizmlar ta'sirida buziladi. Bu esa mevalarning saqlanuvchanligini keskin kamaytiradi.
Shuningdek, o'rtacha kattalikdagi mevalar ham o'lchamlari juda kichik va katta o'lchamga ega mevalarga nisbatan yaxshiroq saqlanadi. Katta mevalar yaxshiroq pishib yetilgan bo'ladi, shu sababli bunday mevalar saqlaganda tezda yetiladi. Bu esa ularning saqlanish muddatining kamayishini keltirib chiqaradi.
Qog'ozga o'ralgan mevalar o'ralmagan mevalarga nisbatan yaxshiroq saqlanadi.
Mevalarni saqlashning samaradorligini oshirish uchun ularni terib olgandan keyin tezda sovutish talab etiladi. Buning natijasida zamburug'lar va mikroorganizmlarning rivojlanishiga noqulay sharoit vujudga keladi. Bu esa mevaning yaxshiroq saqlanishini ta'minlaydi.
Ilmiy tadqiqotlar va mevalarni saqlash amaliyoti shuni ko'rsatadiki, terib olingandan keyin 4–7 kun davomida saralanmagan, keyin saralanib, sovutgich kameralariga joylangan mevalar terilgandan darhol saralanib, dastlabki sovutilib, keyin sovutgich kameralariga joylangan mevalarga qaraganda 1–2 oy kam saqlanishi aniqlangan.
Mevalarning saqlanish muddatiga harorat, havoning nisbiy namligi va gaz muhiti ham katta ta'sir ko'rsatadi. Quyidagi 4-jadvalda mevalarning optimal saqlanish harorati, nisbiy namligi va bunday sharoitda qancha muddat salanishi bilan bog'liq ma'lumotlar keltirilgan. Bu jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, olmaning yozgi, kuzgi navlari uchun va nokning esa hamma navlari uchun tavsiya etilgan optimal harorat 00C–0,50C gacha, qishki nav olmalar uchun esa 00C dan 10C gacha, havoning nisbiy namligi esa 90–95 % ekan.
4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |