Meva – sabzavot maxsulotlarni saqlash texnologiyasi


Meva va sabzavotlarning nafas olish intensivligi (1 kg mahsulotni 15



Download 0,57 Mb.
bet43/87
Sana04.09.2021
Hajmi0,57 Mb.
#164362
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87
Bog'liq
Oygulga ma'ruza

Meva va sabzavotlarning nafas olish intensivligi (1 kg mahsulotni 150C da 1 soat davomida ajralib chiqadigan gazlar miqdori)

T/r

Tadqiqot

obyektlari

Ba'zi meva va sabzavotlarning nafas olish ko'rsatkichlari

O2 ni yutishi

CO2 ni chiqarishi

nisbati

1

Kartoshka

9,4

10,1

1,08

2

Bosh piyoz

12,0

12,7

1,06

3

Sabzi

16,1

17,3

1,07

4

Olma

12,1

13,8

1,15

5

Mandarin

9,4

11,9

1,26

6

Limon

3,3

4,4

1,33

Hatto, ma'lum bir meva turining har xil pomologik navlari har xil darajada nafas olish intensivligiga egadir. Masalan, olmaning Kalvil navining 1 kilogrami 1 soatda 13,9 mg CO2 ni ajratib chiqaradi. L.V.Metliskiyning tadqiqotlari bo'yicha sitrus mevalarining po'stlog'i mevaning etiga qaraganda 8–15 martagacha intensiv nafas olar ekan.

Nafas olish intensivligi meva va sabzavotlarning umumfizikaviy holatiga ham bog'liq bo'ladi. Etilib pishmagan, xomroq meva va sabzavotlarning nafas olish intensivligi pishgan meva va sabzavotlarning nafas olish intensivligidan ancha yuqoriroq bo'ladi. Meva va sabzavotlar hosil yig'ishtirib olingan kunning boshlarida intensiv nafas oladi, so'ngra bu jarayon sekinlashib, qishda minimum darajada bo'ladi. Meva va sabzavolarda nafas olishning eng yuqori davrini klimakterik davri deb yuritiladi. Bunday keyin mevalar va sabzavotlar pishib ketadi va natijada ularning mikroorganizmlarga bardosh berish qobiliyati ham keskin kamayadi.

Bahor oyiga kelib kartoshka, piyoz, ildiz mevali sabzavotlar, karamlar o'sib boshlaydi, aynan shu davrda meva va sabzavotlarning nafas olishi intensivlashadi. Shuningdek, meva va sabzavotlarni terish, saralash va tashish jarayonlarida ularning mexanik jarohatlanishi ham nafas olish intensivligini oshiradi.

Tashqi omillardan meva va sabzavotlarning nafas olish intensivligiga harorat ham katta ta'sir ko'rsatadi. Haroratning ko'tarilishi bilan meva va sabzavotlarning nafas olish intensivligi oshadi.

Saqlash harorati nafaqat nafas olish intensivligiga, balki uglevodlar va organik kislotalarning nafas olishga sarf bo'lish darajasiga ham katta ta'sir ko'rsatadi. Bu borada B.A.Rubin tomonidan sitrus mevalarini saqlash bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar natijasida qiziqarli ma'lumotlar olingan. Masalan, mandarinlarni 5 oy davomida 30C da saqlaganda kislotaligi 3 martaga kamaygan bo'lsa, 60C da saqlaganda esa 2 martaga kamaygan. Demak, sitrus mevalarini 00C da saqlaganda ularning ta'm ko'rsatkichlari 3–50C da saqlagan mevalarga qaraganda bir muncha yomonroq bo'lishi aniqlangan.

Meva va sabzavotlarni saqlaganda nafas olish intensivligiga ta'sir ko'rsatadigan ikkinchi muhim omil atmosferada bo'ladigan CO2 va O2 gazlarining miqdori hisoblanadi. Meva va sabzavotlarni qamrab turgan havoda CO2 gazi konsentrasiyasining ortishi va O2 gazining kamayishi nafas olish intensivligini pasaytiradi.

Shuningdek, yorug'likda saqlangan mevalar va sabzavotlarda ham qorong'i xonalarda saqlangan meva va sabzavotlarga qaraganda nafas olish jarayonini intensiv bo'lishi aniqlangan. F.V.Serevitinov ma'lumotlariga qaraganda 00C da 4–5 oy davomida saqlangan kartoshkalarda kraxmal miqdori dastlabki miqdoriga qaraganda 8% ga kamaygan bo'lsa, 130C da saqlanganda esa 29,6 % ga kamaygan. shu sababli meva va sabzavotlarni optimal past haroratda saqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi(A2, X1).


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish