4-mavzu: MEVA VA SABZAVOTLARNI TERISH VA TASHISH XUSUSIYATLARI.
Reja:
Mevalarni terish va tovar holatiga keltirish
Mevalarni va sabzavotlarni tashish
Mevalarni terish va tovar holatiga keltirish
Kartoshka, sabzavot va mevalarning tovarlik sifati va saqlanuvchanligiga ularni terishdan oldin o'tkaziladigan tadbirlar, hosilni yig'ishtirib olish, tovar ishlovi berish, o'rab–joylash va mahsulotni tashish jarayonlariga katta darajada bog'liq bo'ladi.
Hosilni yig'ishtirib olishga 1-2 oy qolganda jihozlarning, omborlarning, inventerlar, o'rab–joylash materiallarining holati tekshiriladi va mavjud kamchiliklarga barham beriladi. Joriy ta'mirlash va jihozlarni, omborlarni dezinfeksiya qilish ishlari hosilni qabul qilib olishga 1-2 hafta qolganda tugatiladi. So'ngra shamollatish mexanizmlari, xolodilniklar, mahsulotni ortish, tushirish, tovar ishlovi berish mexanizmlarining ekspluatasiya qilishga tayyorgarlik darajasi tekshiriladi.
Hosilni terib olishdan oldin mahsulotning sifati va kutilayotgan hosil miqdori aniqlanishi mumkin. Kutilayotgan hosilni nazorat uchastkalaridagi daraxtlar soni yoki ma'lum bir yuza birligidan olinishi mumkin bo'lgan hosil miqdori asosida hisoblab topiladi.
Kartoshka, sabzavot va mevalarning sifati harakatdagi mavjud bo'lgan standartlar yordamida tekshiriladi.
Hisolni yig'ib – terib olishdan 2 hafta oldin yig'ib – terib olish rejasi tuziladi, unda ish kuchiga, transport vositalariga, idishlarga, o'rab – joylash materiallariga bo'lgan talab ko'rsatiladi va hosilni yig'ib olish grafigi ishlab chiqiladi.
Meva – sabzavot mahsulotlari turiga, nima maqsadda ishlatilishiga, saqlash muddatlariga qarab har xil pishganlik darajasida terib, yig'ishtirib olinadi.
Asosan meva – sabzavotlarning 4 xil pishganlik darajasi mavjud.
1. Iste'molga yaroqlilik pishganlik darajasi.
2. Texnik pishganlik darajasi.
3. Yig'ishtirib olishga yaroqli holga kelganligi.
4. Fiziologik pishganlik darajasi.
Iste'molga yaroqlilik. Meva va sabzavotlar iste'molga yaroqlilik pishganligida o'sha navga xos tashqi ko'rinish, rang, ta'm va hid, eng yaxshi konsistensiyaga ega bo'ladi. Ularning ozuqaviy qiymati ham to'liq shakllangan bo'ladi. Bu pishganlik darajasida asosan danakli mevalar, rezavor mevalar, olma va nokning yozgi navlari, umuman darhol iste'mol qilinishga mo'ljallangan mevalar terib olinadi. Shuningdek, sabzavotlarning ham asosiy qismi shu pishganlik darajasida yig'ishtirib olinadi.
Texnik pishganlik darajasi. Texnik pishganlik darajasida esa tashiganda va saqlaganda etiladigan mevalar va sabzavotlar hamda qayta ishlashga mo'ljallangan meva – sabzavotlar yig'ishtirib olinadi. Bularni uncha pishmagan holatda, ya'ni iste'molga yaroqlilik holatga kelguncha bir necha kun qolganda yig'ib–terib olinadi.
Yig'ishtirib olishga yaroqlilik holati. Bunday holatda kuzgi va qishki nav urug'li mevalar va sitrus mevalari terib olinadi.
Fiziologik pishganlik darajasi. Agar meva va sabzavotlarning urug'ini olish zaruriyati tug'ilsa, u holda meva va sabzavotlar fiziologik pishganlik darajasigacha ushlab turiladi. Kartoshka, piyoz, ildizmevalarning iste'molga yaroqli va fiziologik pishganlik darajalari bir – biriga mos keladi.
Hosilni yig'ishtirib olishning tanlab yig'ishtirish va yoppasiga yig'ishtirish usullari mavjud.
Tanlab yig'ishtirib (v'borochnaya) pishib etilishiga qarab bir necha marta o'tkaziladi. Masalan, bodring, rezavor mevalar, pomidor, poliz mahsulotlari, rangli karam kabilar tanlab yig'ishtiriladi. Yoppasiga yig'ishtirish mevalarning hamma turi, piyoz, ildiz mevalilar, kartoshka uchun qo'llaniladi.
Meva sabzavotlarni terib olishning ikkala usulida ham mexanik jarohatlanishga yo'l qo'ymaslik kerak. Olmani terib olganda boldog'i bilan terib olish kerak. Bunday terilganda olma yaxshi saqlanadi.
Bugungi kunda hosilning 70-90 foizi qo'l kuchi bilan terib olinadi. Lekin, keyingi yillarda yig'ib olish jarayonlarini mexanizasiyalashga katta e'tibor berilmoqda. Hosilni yig'ib olishning mexanizasiyalashgan usuli mehnat unumdorligini karam, kartoshka, sabzi terishda 4-6 martaga, olma, olcha, gilos terishda 7-9 martaga, piyoz, uzum terishda esa 16-20 martaga oshirar ekan.
Mexanizasiyalashtirilgan usulida meva sa sabzavotlarning navlariga va agrotexnikasiga maxsus talablar qo'yiladi.
Hosilni yig'ishtirib olish natijasi havo haroratiga ham bog'liq ekan. Kartoshkachilik, sabzavotchilik ilmiy tekshirish institutining ma'lumotlariga qaraganda, agar kartoshkani yig'ishtirishda havo harorati 210C bo'lsa 8 % tuganaklar jarohatlanar ekan, agar 150C bo'lsa 25 % tuganaklar, agar 300C haroratda yig'ishtirilsa 80 % tuganaklar jarohatlanar ekan.
Kartoshkaning navi ham jarohatlar miqdoriga ta'sir ko'rsatadi. Masalan, yumaloq tuganaklar, ovalsimon, cho'zinchoq tuganaklarga qaraganda kam jarohatlanadi. Katta o'lchamdagi tuganaklar ham kichik o'lchamdagi tuganaklarga qaraganda ko'p jarohatlanar ekan.
Tovar ishlovi berish. Meva, sabzavot, kartoshkalarni yig'ishtirgandan keyin tovar ishlovi beriladi. Unga saralash, o'lchami bo'yicha kolibrovkalash va joylash (upakovka) kiradi. Hosilni yig'ishning mexanizasiyalashgan usulida yuqori tovar mahsuloti olinmaydi. Shu sababli hosil yig'ishtirishning undan keyin ularga tovar ishlovi berish stasionar sharoitda maxsus maydonlarda, maxsus jihozlangan xonalarda olib boriladi.
Ko'pincha mevalarga tovar ishlovi berish mexanizasiyalashgan liniyalarda olib boriladi. Bunda quyidagi jarayonlar o'tkaziladi: terib olingan mevani to'kish, saralash, kolibrovkalash, joylash, yashiklarni berkitish. Saralashda transporter harakat qiladi, u erda nazoratchi xodim nuqsoni bor mevalarni ajratadi. Saralashning samaradorligi ishchining malakasiga va transportyorning harakatlanish tezligiga bog'liq bo'ladi.
Kalibrlash esa har xil konstruksiyaga ega bo'lgan mashinalarda olib boriladi.
Mevalarni, sabzavot, kartoshkalarni joylash. Idishlar mahsulotni mexanik jarohatlanishda saqlaydi, tovar sifatini ta'minlaydi, qiyin operasiyalarni mexanizasiyalashga yordam beradi va xolodilniklarga rasional joylashtirishga imkoniyat yaratadi.
Meva va sabzavotlarni tashish va saqlashda quyidagi idishlardan foydalaniladi: konteynerlar, yashiklar, karton korobkalar, polietilen xaltalar, paketlar, korzinkalar va boshqalar(X3, I-s).
Do'stlaringiz bilan baham: |