Mevalarni saqlash sharoitlari va rejimlari
T/r
|
Mevaning guruhi
|
Harorat,
0C
|
Nisbiy namlik, %
|
Saqlanish muddati
|
1
|
Olma:
yozgi
kuzgi
qishki
|
0 ÷ -0,5
0 ÷ -0,5
0 ÷ -1,0
|
90 – 95
90 – 95
90 – 95
|
1 oygacha
2 – 3 oy
4 – 12 oy
|
2
|
Nok:
yozgi va kuzgi
qishki
|
0 ÷ -0,5
0 ÷ -1,0
|
90 – 95
90 – 95
|
1 – 3 oy
4 – 6 oy
|
3
|
O'rik
|
0 ÷ -0,5
|
88 – 92
|
1 oygacha
|
4
|
Shaftoli
|
0 ÷ -0,5
|
88 – 92
|
1 oygacha
|
5
|
Olxo'ri
|
0 ÷ -0,5
|
88 – 92
|
1 oygacha
|
6
|
Gilos
|
0 ÷ -0,5
|
88 – 92
|
10 kungacha
|
7
|
Olcha
|
0 ÷ -0,5
|
88 – 92
|
10 kungacha
|
8
|
Yertut (zemlyanika)
|
0 ÷ -0,5
|
88 – 92
|
7 kungacha
|
9
|
Qorag'at (smorodina)
|
0 ÷ -0,5
|
88 – 92
|
7 kungacha
|
10
|
Apelsin
|
1÷6
|
85 – 90
|
4 – 6 oy
|
11
|
Limon
|
2 ÷ 8
|
85 – 90
|
2 – 6 oy
|
12
|
Uzum
|
0 ÷ -1,0
|
85 – 90
|
2 – 6 oy
|
Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining oziq–ovqat tovarshunosligi professor o'qituvchilari Moskva shahrining meva saqlash omborxonalarida olmaning o'ta sovutilgan holda, ya'ni –2 ÷ –40C da saqlash bo'yicha eksperimental tadqiqot ishlari o'tkazilgan. Bunday haroratda olmalar kam darajada muzlagan holatda bo'ladi. Bunday olmalarning haroratini asta–sekinlik bilan oshirib borsa, ozroq muzlagan olmalar yana o'z holatiga qaytadi. Olmaning har xil pomologik navlari sovuq haroratga har xil chidamlilikda va har xil saqlanish muddatiga ega bo'ladi.
Masalan, olmaning “Banan zimniy”, “Boyken”, “Kandil sinap”, “Parmen zimniy zolotoy” navlarining sovuqqa chidamli ekanligi aniqlandi va bu nav olmalarni –40C haroratda yaxshi saqlash mumkinligi aniqlandi. Sovuqqa o'rtacha chidamli navlar “Babushkina”, “Titovka”, “Oseneye polosatoye” navlari ekanligi aniqlandi. Ularni–30C da, ya'ni–10C ÷ – 40C da ham yaxshi saqlash mumkinligi aniqlandi. “Antonovka”, “Obыknovennaya”, “Rozmarin”, “Napoleon” navlarini esa 0 ÷ –30C da saqlash maqsadga muvofiq ekanligi aniqlandi.
Ana shunday past haroratda saqlangan olma mevalarida nobudgarchilik 1,5 – 2,0 martaga kamayishi, ularning ta'mi, yaxshi saqlanishi, shuningdek, C vitamini, qand moddasi ham parchalanmay, yaxshi saqlanishi aniqlandi. Xalqaro standartlash tashkiloti olmalarni 0 ÷ 40C atrofida saqlashni tavsiya etadi.
Olmalarni saqlashda 250 kg hajmli konteynerlarda ham yaxshi saqlash mumkinligi eksperimental tadqiqotlar asosida aniqlangan.
Noklarni saqlash. Noklarni olmalarga qaraganda biroz yuqoriroq haroratda saqlash tavsiya etiladi. Noklar uchun ularning navi va pishganlik darajasiga qarab optimal harorat +10C ÷ +40C tavsiya etiladi. Terishga yaroqli holdagi noklarni biroz yuqoriroq haroratda, ya'ni 1 ÷ 40C da saqlash tavsiya etilsa, yaxshi pishgan nok mevalarini esa 00C ga yaqin haroratda saqlash tavsiya etiladi. Nokning yozgi navlari 1–2 hafta, kuzgi navlari 1–2 oy, kechpishar navlarini esa 5–6 oy saqlqsh mumkin.
Danakli mevalarni saqlash. Danakli mevalar uzoq muddat saqlan-maydi. Shaftolilarning kech pishar navlari (Elberta, Nikitinskiy) 1–2 oy, olxo'rining Vengerka navlarini 2–3 oy muddat saqlash mumkin. Sovutgich kameralarida oddiy sharoitda o'rikni 2 – 4 hafta, gilosni 4 – 6 hafta davomida saqlash mumkin. Danakli mevalarning saqlash muddatini uzaytirish uchun ularni muzlatish tavsiya etiladi. Danakli mevalarni saqlaganda qalinligi 30–40 mkm bo'lgan polietilen paketlaridan foydalanilsa ularni ikki oygacha saqlash mumkinligi tadqiqotlar natijasida aniqlangan(A1, X2, X3).
Do'stlaringiz bilan baham: |