1-rasm. Ishlangan sirtning g‘adir-budirligi
Yuzalikning notekisligini nisbatan katta qadamlarga ega bo‘lgan boshqa notekisliklardan ajratish uchun uni cheklangan uchastka doirasida ko‘rib chiqiladi, uning uzunligi l bazaviy uzunligi deb ataladi. Profilning o‘rta liniyasi - nominal liniya shakliga ega bo‘lgan liniya profilning og‘ishlarini hisob-kitob qilish uchun baza hisoblanadi, ushbu liniyaning o‘tkazilishida o‘lchanayotgan profilning bazaviy uzunlik doirasida shu liniyagacha o‘rtacha kvadratli og‘ishi eng kam miqdorni tashkil etadi. Notekislikning profilning o‘rtacha liniyasidan hisob-kitob qilinishi tizimi o‘rtacha liniya tizimi deb ataladi. Bazaviy uzunlikning sonli mohiyatlari quyidagi qatordan tanlab olinadi: 0,01; 0,03; 0,08; 0,25; 0,80; 2,5; 8; 25 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |