Metrologiyaning asoslari


-MA’RUZA STANDARTLASHTIRISH ASOSLARI



Download 7,2 Mb.
bet14/67
Sana16.01.2022
Hajmi7,2 Mb.
#374166
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67
Bog'liq
Metrologiya

3-MA’RUZA
STANDARTLASHTIRISH ASOSLARI
REJA:


  1. Standartlashtirish tizimi xaqida asosiy ma’lumotlar.

  2. O‘zbekistonning davlat standartlashtirish tizimi.

  3. Normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini bosqichlari.

  4. Xalqaro, mintaqaviy, davlatlararo, xorijiy normativ hujjatlarning qo‘llanilishi.


Standartlashtirish tizimi xaqida asosiy ma’lumotlar
Materialning o‘zlashtirilishini engillashtirish uchun standartlashtirish va sifat sohasidagi bir necha ta’riflarni ko‘rib chiqamiz.

Standartlashtirish - muayyan sohada tartibga solishning optimal darajasiga erishishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, u standartlarning ishlab chiqilishi, e’lon qilinishi, qo‘llanilishi, shuningdek, mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarning ularning funksional maqsadiga muvofiqligi darajasini oshirishning optimal darajasiga erishish, savdo-sotiqdagi to‘siqlarni bartaraf qilishga va ilmiy-texnikaviy hamkorlikka ko‘maklashishga qaratilgan faoliyatdir.

Standartlashtirish eng kam mehnat sarflari bilan mahsulot sifatining zarur darajasini shakllantirishga, avtomatik liniyalar, mashinalar, asboblar, apparatlarning zamonaviy talablarga javob beradigan yangi turlarining ishlab chiqarilishini ko‘paytirishga imkoniyat yaratadi. Mashinalar, shu jumladan, aviatsiya texnikasi konstruksiyalari uzluksiz ravishda takomillashtirilmoqda, buyumlar, ularning agregatlari va detallarining bir xillashtirilishi va standartlashtirilishi asosidagi tarmoq ichidagi va tarmoqlararo ixtisoslashuv kengaymoqda, kompleks va ilgari yuradigan standartlashtirish uslublari keng qo‘llanilmoqda, xalq xo‘jaligini boshqarishning umumiy prinsiplari va qonuniyatlariga, texnikaviy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va tarbiyaviy chora-tadbirlarga asoslanadigan mahsulot sifatini boshqarish va attestatsiyalash tizimlari, ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi tizimi joriy etimoqda.

Yuksak malakali mutaxassislarning mavjudligi mahsulot sifatini oshirishning ilg‘or tajribasi, mahsulot sifatini boshqarish tizimlarining tatbiq qilinishini ta’minlaydigan eng muhim shart hisoblanadi.

Standart - bu standartlashtirish ob’ektiga nisbatan normalar, qoidalar, talablar kompleksini belgilaydigan va vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan normativ-texnik hujjatdir. Standartlar fan, texnika va amaliy tajribaning umumlashtirilgan natijalariga asoslanishi va jamiyat uchun optimal foydaga erishilishiga qaratilgan bo‘lishi kerak. Ularni nafaqat mahsulotlar, etalonlar va shu kabilarga, shu bilan birga normalar, qoidalar, talablar va shu kabilarga ham ishlab chiqiladi.

Normativ hujjat - faoliyatning har xil turlariga yoki ularning natijalariga ta’alluqli bo‘lgan qoidalar, umumiy prinsiplar yoki tavsifnomalarni belgilaydigan hujjatdir.

Sifat - bu ob’ektning belgilangan va taklif qilinadigan ehtiyojlarni qondirishning o‘ziga xos xususiyatlariga taalluqli bo‘lgan tavsifnomalarining majmuidir.

Ilmiy-texnikaviy faoliyat sifatidagi standartlashtirish bilan ob’ekt tavsifnomalarining majmui sifatidagi sifat tushunchasining o‘zaro bog‘liqligi standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan ushbu atamalarning yuqorida keltirilgan ta’riflariga asoslanadi. Standartlashtirish real mavjud bo‘lgan vazifalarning hal qilinishiga, sifat esa - belgilangan ehtiyojlarning qondirilishiga qaratilgandir. Bunda mahsulotlar, jarayonlar, ishlar, xizmatlarning ularning funksional maqsadlariga muvofiqligi darajasining oshirilishi standartlashtirish bo‘yicha faoliyatning eng muhim natijalari hisoblanadi.



Download 7,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish