Xalqaro, mintaqaviy, davlatlararo, xorijiy normativ hujjatlarning qo‘llanilishi
Xalqaro standartlarning qo‘llanilishi va qabul qilinishining umumiy qoidalariga quyidagilar kiradi:
Xalqaro standartlar O‘zdavstandartning standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlaridagi, shuningdek, hamkorlik to‘g‘risidagi xalqaro bitimlarga a’zoligi va mahsulotlarning ishlab chiqarilishi va eksportga etkazib berilishiga doir kontraktlar asosida qo‘llaniladi.
Agar xalqaro standartlarning talablari O‘zbekiston iqtisodiyoti ehtiyojlariga javob bersa va ular qonunlarga zid bo‘lmasa, ular O‘zbekistonda qo‘llaniladi.
Vazirliklar, idoralar, birlashmalar, korxonalar va boshqalar xalqaro standartlardan ilmiy-tadqiqotchilik eksperimental ishlarda foydalanishi mumkin.
Shuningdek, standartlar xalqaro standartlashtirish amaliyotida keng qo‘llaniladi, ularda jahon ilmiy-texnik yutuqlari va etakchi tashkilot va korxonalarning ilg‘or tajribasi sintez qilinadi.
Bundan tashqari, xalqaro standartlarning milliy standartlar sifatida ham qo‘llanilishi mumkinki, bu standartlashtirishning afzalliklarini to‘liq amalga oshirish imkonini beradi va O‘zbekistonning eksportga doir salohiyatini ko‘paytirish yo‘lida xizmat qiladi.
Mahsulotlar to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotning olinishi ishlab chiqarish va tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Bu, birinchidan, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va ehtimol tutilgan sotish bozorlarini belgilashga imkon beradi va, ikkinchidan, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatga bardoshliligini baholashga imkoniyat yaratadi.
Respublikamizda mahsulot to‘g‘risidagi ishonchli axborotlarga bo‘lgan talabni qondirish uchun ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklarining hududiy taqsimlangan tarmog‘i shaklidagi mahsulotlarni kataloglashtirish tizimini barpo qilish mo‘ljallangan. O’zDStda mahsulotlarning katalogli varaqchasi (MKV) uchun rahbarlik qiluvchi hujjat ishlab chiqilgan. U mahsulotlar to‘g‘risidagi mahsulotlar bazasini shakllantirish uchun boshlang‘ich axborot hisoblanadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning rekvizitlari to‘plamini o‘z ichiga oladigan mashinada ishlashga yo‘naltirilgan hujjat hisoblanadi. MKV quyidagi rekvizitlarni o‘z ichiga oladi:
RTSSMS kodi (3 belgili)
Ro‘yxatdan o‘tkazish raqami
OKP kodi (mahsulot kodi)
Mahsulot nomi
Mahsulot belgisi
Ijrolar soni
Mahsulot ishlab chiqarila boshlangan sana
Muvofiqlik sertifikati
Mahsulot tavsifnomasi
OKSkodi
Normativ hujjat belgisi
Normativ hujjat nomi
Normativ hujjat tatbiq etilgan sana
Normativ hujjatning amal qilishi muddatining cheklanishi
Asl nusxani tutib turuvchi korxonaning nomi
Tayyorlovchi korxonaning nomi va manzili
Telefoni, telefaksi, teletaypi.
MKV uch nusxada: asl nusxa va davlat va rus tillaridagi ikkita nusxada ishlab chiqarilayotgan mahsulotga normativ hujjatning nusxasi bilan birga taqdim qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |