ISHNING BAJARILISH TARTIBI:
Tovush nurlantirgichlarning golovkalari bir necha xususiyatlariga ko’ra klassifikasiyalanishi mumkin.
1. Elektroakustik o’zgartkichlarning golovkalari ishlash prinsipi bo’yicha to’rt guruxga bo’linadi: induksion, sig’imli, pnevmatik va ionli golovkalar (4–rasm).
Pnevmatik tovush o’zgrtkichlarining ishlash prinsipi zaslonka deb ataluvchi qurilmaning tebranishi natijasida hosil bo’lgan havoning modulasiyalanishiga asoslangan. Modulyasiyalangan havoning intensivligi turg’un bo’lishi zaslonkaning tebranish chastotasiga bog’liq bo’ladi. Havoning modulasiyalanish darajasi tovush bosimiga mos ravishda o’zgarib boradi, ya`ni tovush to’lqinlarining bosimi ortishi bilan havoning modulasiyalanish darajasi ham ortadi yoki aksincha.
Ionli golovkalarning ishlash prinsipi esa uchqunlanadigan lampalarni qo’llanilishiga asoslangan. Bunda uchqunlarning hosil bo’lish intensivligi tovush tebranishlarining bosimga mos ravishda o’zgarib boradi. Bu o’zgarish miqdoriy jixatdan tovush bosimini belgilab beradi.
Ionli golovkalar ishchi muhit bilan mos tushish borasida optimal xisoblanadi, chunonchi, bunda mexanik elementlar bo’lmaganligi uchun signalni yuqori sifat bilan uzatilishiga erishiladi.
2. Akustik energiyani transformasiyalash usuliga qarab tovush golovkalari quydagilarga bo’linadi: tovushni to’g’ri chiziq bo’yicha nurlantiruvchi golovkalar, binobarin, diafragmaning kesim yuzasidan tovush tebranishlari bevosita atrof muhitga nurlantiriladi; ruporli golovkalarda tovush dastlab rupordan oldinda joylashgan kameraga uzatiladi va u tovush bosimini kuchaytiradi.
3. Diafragmaning shakliga ko’ra golovkalar konusli gumbazli va tekis shaklga ega bo’lib, ulardan tovush tebranishlari nurlanadi.
4. Nurlantirayotgan chastotasiga ko’ra ular keng polosali (40–125 dan 7100–8000 Gs gacha va undan ortiq); past chastotali golovkalar (20–80 dan 5000 Gs gacha); o’rtacha chastotali golovkalar (200 dan 7000
Gs gacha); yuqori chastotali golovkalar (1000–5000 Gs dan 12500–20000 Gs gacha).
5. Akustik nurlantiruvchi golovkalar ko’chirib qo’yiladigan, stasionar, yuqori sifatli akustik nurlantirgichlar sistemasi, studiyalar va konsert zallarida ishlatiladigan radioelektron qurilmalarda keng qo’llaniladi.
Texnik xarakteristikalari quydagilarni o’z ichiga oladi: chastotaning effetiv ishchi diapazoni; chastotaviy xarakteristikaning nochiziqliligi; xarakteristik sezgirlikning darajasi, ya`ni
,
(4) bunda ; o’rtacha tovush bosimi; nominal o’rtacha tovush bosimi; nominal quvvatda garmonik chetlanishlaning to’liq koeffisienti; nominal elektr qarshiligi; nominal quvvat; quvvat shovqining chegaraviy qiymati; asosiy rezonans chastotasi.
Diffuzorli dinamik tovush nurlantirgichining asosiy elementlari: 1–tovush g’altagi; 2–diffuzor; 3–diffuzorning mahkamlagichi; 4–korpus; 5–shayba; 6 va 8–flaneslar; 7–magnitlar; 9–kern; 10–doiraviy tirqish; 11–tovush tebranishlari chiqadigan tirqish.
Diffuzorli dinamik tovush nurlantirgichining ishlash prinsipi elektrodinamik mikrofonning ishlash prinsipiga qarama–qarshidir.
Mis simdan o’ralgan 1 g’altak 2 o’zgarmas magnit va magnit o’tkazuvchilar hosil qilgan radial magnit maydonida joylashgan. Magnit o’tkazuvchilar 3 va 4 flaneslar hamda 5 kerndan tashkil topgan. G’altakdan o’zgaruvchan tok o’tganda u elektromagnit kuch ta`sirini sezadi va g’altak bilan birga kuchli mahkamlangan 6 diffuzorni harakatga keltiradi. Bu sistema korpusga mahkamlanadi. Demak, diffuzor porshenli tovush nulantirgich elementi xisoblanadi va u tovush tebranishlarini o’zining gorizontal o’qi bo’yicha tarqatadi. Past chastotali tovush signallarining amplitudasiga bog’liq holda diffuzordan tarqalayotgan tovushning parametrlari o’zgaradi.
Diffuzorli dinamik tovush nurlantirgichining asosiy elementlaridan biri–bu tovush g’altagidir, binobarin, ana shu element vositasida tovush tebranishlari akustik maydonga nurlantiriladi. Nurlantirilayotgan tovush tebranishlarining barcha akustik xarakteristikalari, jumladan, tovushning chastotasi, kuchi, intensivligi va quvvati mikrofonga kelib tushayotgan tovush tebranishlarining bosimiga bog’lik bo’ladi. Diffuzorli dinamik tovush nurlantirgichilari murakkab akustik sistemalarda ham keng qo’llaniladi. Bunday sistemalarda uchta chastota diapazonida–pastki, o’rta va yuqori chastotalarda ishlay oladigan nurlantirgichilar ishlatiladi.
Diffuzorli dinamik tovush nurlantirgichlari quvvat kuchaytirgichlarining yuklama elementi xisoblanadi. Bunda kuchaytirgichining chikish qarshiligi tovush nurlantirgichning kirish qarshiligi bilan mos bo’lishi lozim, aks holda nurlantirgich to’la quvvat bilan ishlay olmaydi va nurlanayotgan tovush tebranishlarining chastotaviy notekisligi yuzaga keladi.
Ikki tovushning bosim darajasi 1 fon ga farq qiladi. Bu tovushlar intensivliklarining nisbati topilsin.
Ikki tovushning bosim darajasi 1 dB ga farq qiladi. Amplitudalarinig tovush bosimiga nisbati topilsin.
TAJRIBA:
Inson qulog’i chastotasi 20 Gs dan 20000 Gs gacha bo’lgan tovush tebranishlarini qabul qila oladi.
Tovush tebranishlarining eshitilish intervali qanday to’lqin uzunliklari orasida yotadi?
Tovushning havodagi tezligi 340 m/s deb qabul qilinsin.
Echilishi:
= 340 m/s; (1)
= 20 Gs;
= 20000 Gs (2)
Javob:
Do'stlaringiz bilan baham: |