Metrologiya sohasida ishlatiladigan asosiy atamalar va ta’riflar
«Metrologiya» - o‘lchashlar, ulaming birligini ta’minlash usullari va vositalari hamda kerakli aniqhkka erishish yo‘llari haqidagi fandir. "Metrologiya" so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib,
"metron"- o‘lchash, "logos" - ta’limot ma’nosini anglatadi, ya’ni, o‘lchash ta’limoti demakdir.
«Kattalik» - sifat jihatidan ajratilishi va miqdor jihatidan aniqlanishi mumkin bo‘lgan hodisalar, moddiy tizim, moddaning xususiyatidir
«Kattalikning qiymati» - kattalik uchun qabul qilingan birliklaming ma’lum bir soni bilan kattalikning o‘lchamini ifodalash.
«Kattalikning qiymati» - kattalik uchun qabul qilingan birliklaming ma’lum bir soni bilan kattalikning o‘lchamini ifodalash.
«Chin qiymat» - ma’lum kattalikni sifat va miqdor jihatdan ideal tavsiflay oladigan kattalik qiymati.
«Haqiqiy qiymat» - sinov orqali topilgan qiymat chin qiymatga shu darajada yaqinki, berilgan masalada buning o'mida foydalanishi mumkin.
«Ko‘rsatkicb> - berilgan kattalikni oicnashda yordamchi sifatida qaraladigan kattalik.
«Kattaliklar tizimi» - kattaliklaming birlari mustaqil, boshqalari esa mustaqil kattaliklaming funksiyasi deb qabul qilinadigan prinsiplarga muvofiq tashkil etilgan kattaliklar to‘plami.
Quyidagilar o‘lchov vositalarining asosiy metrologik tavsifnomalariga kiradi:
• asbob shkalasining bo‘linishi - shkaladagi ikkita bir-biriga qo'shm belgilar o'rtasidagi oraliq;
• shkala boMinishining uzunligi — shkaladagi ikkita bir-biriga qo‘shni o‘qlar o‘rtasidagi masofa; • bo‘linishning baholanishi - shkalaning ikkita bir-biriga qo‘shni belgilariga muvofiq keladigan kattaiiklar mohiyatining farqi;
• o'lchovlaming chegarasi - o‘lchovlar diapazonining eng katta yoki eng kam mohiyati;
• o'lchovchi kuch - oMchaydigan uchlikning u kontaktda bo‘ladigan detalga ko‘rsatadigan ta’sir kuchi;
• o‘lchov vositalarining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo'lgan chegarasi -o‘lchovchi vosita ishga yaroqli va o'lchash uchun yo‘l qo‘yilishi mumkin deb hisoblanadigan eng katta xatoligi;
• o‘lchov vositalarining barqarorligi (stabilligi) - o‘lchovning metrologik ko‘rsatkichlarining vaqt davomidagi doimiyligini aks ettiradigan xususiyati;
• o‘lchovning xatoligi - o‘lchov natijasi bilan o‘lchanayotgan kattahkning haqiqiy mohiyati o‘rtasidagi farq;
• oichovning aniqligi - o‘lchovlar sifatining ular natijalaridagi xatolikni nolga yaqinligini aks ettiradigan tavsifi;