Oltinchi sxema : fakat korxonadagi maxsulotning sifatini ta’minlash bilan tizimni baxolanishini utkazishga muljallangan. Bu usul ayrim vaktda korxona -t–yyorlovchini attestatlash deb xam yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda fakat korxonaning belgilangan sifat darajadagi maxsulotni chikarish kobiliyati baxolanadi.
Yettinchi sxema: Maxsulotning xar bir tayyorlangan tudasidan sinovlarga tanlab olishga asoslangan. Tanlab olish sinovlarining natijalariga karab tudani ortish uchun karor kabul kilinishi aniklanadi. Bu xildagi sertifikatlashtirish uchun tanlanmagan xajmi aniklanishi lozim, bu esa tayyorlangan tudaning katta kichikligiga makbul buladigan sifat darajasiga boglik. Kabul kilingan koidalarga asosan tanlanmani tuplash vakolatlangan tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
. Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi
Belgilangan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarining nomenklaturasini tanlash, bu ko‘rsatkichlarining qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo‘luvchi qiymatlar bilan taqqoslashni o‘z ichiga oluvchi ishlarning yig‘indisi mahsulot sifatining darajasini baholash deb ataladi. Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar ikkita turkumga bo‘linadi:
Mahsulot sifatining ko‘rsatkichlar nomenkulaturasini tanlab olishni asoslash quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi:
mahsulotni ishlatilishidagi sharoitlarini va vazifasini;
iste’molchilar talablarining tahlilini;
mahsulot sifatining tavsiflanuvchi tarkibini va tuzilishini;
sifat ko‘rsatkichlariga bo‘lgan asosiy talablarni.
Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni to‘rt toifaga bo‘lish mumkin:
texnikaviy;
tashkiliy;
iqtisodiy;
ijtimoiy.
Texnikaviy omillarga uskunalarning jihozlanish, asboblarning hamda nazorat vositalarining, texnikaviy hujjatlarning holati; dastlabki materiallar, yarimfabrikat-larning sifati va shunga o‘xshashlar kiradi.
Tashkiliy omillarga rejalik, bir maromda ishlash, texnikaviy xizmat va uskunalarni ta’mirlash; materiallar, komplektlanuvchi buyumlar, jihozlanishi, asboblarni texnikaviy hujjatlar va nazorat vositalari bilan ta’minlanganligi, ishlab chiqarish madaniyati; mehnatni ilmiy asosda tashkil etish; ovqatlanish va ish vaqtida dam olishni tashkil etish va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy omillarga mehnatga pul to‘lash shakllari, oylik maoshning miqdori; yuqori sifatli mahsulotni va ishni moddiy rag‘batlantirish; mahsulotning yaroqsizligi uchun oylik maoshidan ushlab qolish; uning sifat darajasi; tannarxi; mahsulotning bahosi va shunga o‘xshashlar kiradi.
Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish; malaka oshirishni tashkil qilish; ilmiy-texnikaviy ijodni, ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish, turmush sharoitlari, o‘zaro munosabatlar, jamoadagi psixologik iqlim va tarbiyaviy ishlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |