AMALIY MASHG‘ULOT № 2. TEXNOLOGIK JARAYON TUZILISHINI O‘RGANISH, OPERATSIYA TARKIBINI, O‘TISHLAR MAZMUNINI ISHLAB CHIQISH VA TEXNOLOGIK XUJJATLARINI TO‘LDIRISH. 1-QISM.
Ishdan maqsad: Texnologik jarayon tuzilishini o‘rganish, operatsiya tarkibini, o‘tishlar mazmunini ishlab chiqish va texnologik xujjatlarini to‘ldirishni taxlil qilish.
ISHI BAJARISH UCHUN KERAKLI MA’LUMOTLAR
Texnologik jarayon loyihalashda va uning hujjatlarini to‘ldirishda jarayon tarkibini aniq belgilab, har bir operatsiya nomini va tarkibini to‘g‘ri ifodalab olish kerak.
Kesib ishlov berish texnologik operatsiya va o‘tishlarning yozish qoidalari GOST 3.1702-79 bilan belgilangan.
Operatsiyaning nomi ishlatiladigan texnologik jihozning turiga bog‘liq bo‘ladi, masalan: tokarlik-vintqirqar; gorizontal-frezalash; ko‘ndalang-randalash va hokazo.
Operatsiyaning mazmuni texnologik ketma-ketligida o‘tishlar bo‘yicha bajariladigan harakatlarni ifodalashi kerak, masalan: texnologik o‘tishlar uchun parmalansin, frezalansin, zenkerlansin, jilvirlansin; yordamchi o‘tishlar uchun o‘rnatilsin, mahkamlansin, sozlansin.
Yozuvlarni qisqartirish maqsadida ishlov beriladigan yuzalarni alfavitni bosh harflari, o‘lchamlarni esa doira ichida yozilgan tartib raqabi bilan belgilash mumkin.
Ishlab chiqilgan texnologik jarayonining asosiy ma’lumotlari tegishli shakldagi texnologik hujjatga yoziladi. Ishlarning turiga qarab, har xil shakldagi texnologik hujjatlardan: zagotovka va detallarning sexlar bo‘yicha borish qaydnomalari, mexanik ishlov berish texnologik kartalari, slesarlik ishlov berish texnologik kartalari, yig‘ish texnologik kartalari va boshqalardan foydalaniladi.
Texnologik kartalarga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
detalning nomi;
zagotovkaning kesib ishlash uchun qoldirilgan qo‘yimlari va o‘lchamlari ko‘rsatilgan eskizlari;
mexanik ishlov berishning operatsiyalar, o‘rnatishlar va o‘tishlar bo‘lingan rejasi;
operatsiyalar va o‘tishlarning qisqacha mazmuni;
ishlov berishda baza vazifasini o‘taydigan o‘rnatish yuzasi va uning belgilanishi;
jihozlarning nomi, turi va o‘lchamlari;
moslama, kesuvchi asboblar va o‘lchash asboblarning nomlari;
ishlov beriladigan yuzalarning o‘lchamlari;
zagotovkaning shakli va o‘lchamlari;
10)kesish maromlari;
11)operatsiyaning asosiy, yordamchi va donali vaqti;
12)detal tayyorlash uchun sarflangan donali-kalpkulyasion vaqt;
13)operatsiyalar bo‘yicha ishchilarning malakasi.
Texnologik hujjatlarda operatsiya va o‘tishlarga tartib raqami beriladi. Operatsiyalar 005 dan boshlanib 010, 015, 020 bo‘lib davom etadi. O‘tishlar har bir operatsiyada birdan (1) boshlanadi. O‘rnatishlar harflar bilan belgilash, har bir operatsiyada belgilangan alfavitni birinchi harfidan boshlanadi. Yurishlar alohida belgilanmasa ham, ularni soni ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |