Suhbat metodi ham rejalashtiriladi. Suhbat bolalarga avval egallagan bilimlari bilan yangisini bog'lash imkonini yaratadi, shuningdek, yangi bilimlarni o'zlashtirib olishlarini yengillashtiradi. Tarbiyachi mashg'ulotlarda foydalanadigan so'zli metodda uning qiyinligini savollar tashkil etadi, Savollarni bolalarning bilish jarayonlari: sezgi, idrok, tafakkurini faollashtiradigan qilib tuzish kerak. Savollar bolalardan aqliy zo'r berishga, sabab-natijalarni aniqlashga qaratilgan bo'lishi zarur. Mashg'ulotlarda muammoli vaziyatlar yaratish ham bolaning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, bilimlarni egallab olishini yengillashtiradi, ularning fahm-farosatli, mustaqil fikrlaydigan bo'lishiga yordam beradi. Mashg'ulotlarda solishtirish usulidan foydalanish insonning eng qimmatbaho aqliy xazinasi bo'lib, u buyumlarni yaxshiroq o'rganish va tushunishga yordam beradi. Kichik guruhlarda solishtiriladigan buyumlar bir-ikkitadan ko'p bo'lmaydi. Tarbiyachi solishtirishni qanday izchillikda olib borishni o'zining kalendar rejasida yozib qo'yadi. O'rta guruhda solishtirishga mo'ljallangan buyumlardagi belgilar soni ko'payadi va bolalardan buyumlarni kuzatib, ulardagi belgilarni ma'lum izchillikda bayon qilish talab etiladi.
Katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalardan faqat ular ko'rib turgan buyumlarning belgilarini sanash bilan chegaralanib qolmay, ularni solishtirishda tasavvurlaridan foydalanish ham talab etiladi. Solishtirishning bu murakkab shakli bolalarning yoshiga mos bo'lib, ularning aqliy rivojlanishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachi mashg'ulotlarda o'yin usulidan keng foydalanadi, O'yin usuli mashg'ulotning qiziqarliroq Jozibaliroqligini ta'minlaydi, mashg'ulot jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bola osonlik bilan yengadi.
Mashg'ulot rejasida bolalarning xulq-atvori, qiziqishi, rivojlanish darajasiga qarab yakka tartibdagi ishlar ham rejalashtiriladi. Umumiy rivojlanishi biroz orqada qolayotgan, diqqati tarqoq, o'ziga ishonchi yo'q yoki o'zi to'g'risida yuqori fikrli bolalarga ko'proq e'tibor berish kerak. Shunday qilib, kalendar rejaga mashg'ulotning dastur mazmuni, metodik usul unga kerakli ko'rgazma va tarqatma materiallar, bolalar bilan individual ishlash rejalashtiriladi.
Sayrni rejalashtirish.
1. Tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish rejalashtiriladi. Masalan: harakatlanayotgan transportni, bayramga bezatilgan ko'chani, farroshning ishini va shunga o'xshashlarni kuzatish; barg yozayotgan, gullab turgan o'simliklarni, yog'ayotgan qor va hokazolarni kuzatish rejalashtiriladi. Bular haftasiga 5-6 marta kuzatiladi. Ob- havoni kuzatishni oldindan rejalashtirib bo'lmaydi. Bu kalendar
rejaga quyidagicha yoziladi: yaqin orada (hafta davomida) qor yog'ishini kuzatish. Bu tadbir o'tkaziladigan mashg'ulot bilan uzviy bog'liq bo'lishi kerak.2. Qoidali o'yinlarning ta'lim-tarbiyaviy vazifasi ko'rsatilgan holda rejalashtiriladi. Kichik guruhda bitta yangi o'yin yoki tanish o'yinni rejalashtirish mumkin katta guruhda ham bolalarga tanish bo'lgan 2 o'yinni sayrning boshida va oxirida rejalashtirgan ma’qul.
3. Bolalarning maydonchadagi, polizdagi mehnati rejalashtiriladi:
a) tabiatdagi mehnat (daraxt o'tkazish, suv quyish, chopiq qilish, o'simlik urug'ini terish, hayvonlarni parvarish qilish va hokazolar);
b) maishiy-xo'jalik mehnati (barglarniyig'ish, qornitozalash, ay vonchani supurish, qafasni tozalash, yo'lkalarga qum sepish va shunga o'xshashlar).
4. Bolalar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar:
jismoniy tarbiyadan asosiy harakatlarni mashq qildirish, san'at, ona tilini o'rganish va boshqalar. Asosiy harakatlarni mashq qildirish bo'yicha tadbirlar yil fasllariga qarab tanlanadi, masalan, qishda yugurish, sakrash, yurish kabi ishlar rejalashtiriladi; emaklab, sirpanib yurish, gimnastika narvonchasidagi muvozanatni saqlashga o'rgatuvchi mashqlar rejalashtirilmaydi.
5. Sport o'yinlari (voleybol, stol tennisi, badminton va shunga o'xshashlar), sport ermak o'yinlari (chang'i, konki, chana, velosiped va boshqalar).
6. Maqsadli sayrlar maydoncha bo'ylab va maydonchadan tashqariga o'tkaziladi. Avval ekskursiyaga borib kelingan joyga maqsadli sayr uyushtiriladi. (Masalan, bahorda mana shu o'tloqqa kelgan edik, shu vaqtgacha ko'p narsalar o'zgaribdi]
7. Qurilish o'yinlari va ularga kerakli materiallar, qurollar sayrda bolalarning syujetli-rolli o'yinlari yuzaga kelish va rivojlanishi, o'yin harakatlariga bolalarni o'rgatish usullari ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi kalendar rejasi o'yin uchun olib chiqiladigan o'yinchoqlarni, ularning ayrimlarini ham ko'rsatadi. Sayrga chiqishdan oldin tarbiyachi bugun sayr vaqtida nima bilan shug'ullanishlari, qanday mehnat faoliyatini bajarishlari yoki qanday o'yin materiallarini olib chiqishlari kerakligi to'g'risida bolalar bilan gaplashib oladi. Kunning ikkinchi yarmini rejalashtirish. Kunning ikkinchi yarmi ikki qismdan iborat: guruhdagi va sayrdagi ishlar kunning ikkinchi yarmida bolalarning guruhdagi o'yin faoliyati rejalashtiriladi.
Uyqudan keyingi o'yin uchun kichik guruhda - 45vdaqiqa, o'rta guruhda 1 soat, katta guruhda - lsoat, tayyorlovguruhida -1,5 soat ajratiladi.
Syujetli-rolli o'yinlar ham rejalashtiriladi (faqat nomigina yoziladi]. Rejada, shuningdek, stol usti bosma o'yinlari, didaktik o'yinlar ham mo'ljallanadi. Rejaga stol usti bosma o'yinlari qoidasi, tushuntirilishi ham yoziladi. Bu vaqtda
dramalashtirilgan o'yinlar ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi qurilish o'yinlarida o'zining qatnashishini ham rejaga yozib qo'yadi. Unda tarbiyachining bolalar bilan atributlar yasashi ham mo'ljallanadi. Kechqurunga ko'ngil ochish o'yinlarini rejalashtirish mumkin. U haftasiga bir marta o'tkaziladi. Katta va tayyorlov guruhida kitoblarni bir necha kun davomida o'qib berish ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi har gal o'qishdan oldin "O'tgan gal men sizlarga nima o'qib bergan edim", deydi. Bolalar buni esga tushirib, so'zlab berishadi. Tarbiyachi savollar bilan yordam berib turadi. Kunning ikkinchi yarmida asosan bolalarning xilma-xil o'yin faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalarning syujetli-rolli o'yinlari uchun sharoit yaratish, o'yinchoqlar bilan o'ynashga o'rgatish va boshqalar kalendar rejasiga yoziladi. O'yinda tarbiyachining qatnashishi ham rejada qayd etiladi. Bu bolalar o'yinini tashkil etish va unga tarbiyachining rahbarlik qilishi uchun shart- sharoit yaratadi.Katta va tayyorlov guruhlarida tarbiyachining bolalar o'yiniga rahbarligi o'zgarib, bevosita rahbarlikdan bavosita rahbarlikka o'tadi, tarbiyachi bolalarning mustaqil faoliyatlarini rag'batlantiradi. Tarbiyachi qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlarni, sahnalashtirilgan va qoidali o'yinlarni ham rejalashtiradi. Kunduzgi uyqudan keyin guruh xonasini yig'ishtirish, yurtilgan kitoblarni ta'mirlash, qo'g'irchoq kiyimini yuvish, kichik bolalar uchun o'yinchoqlar yasab berish, o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi mehnat faoliyati rejalashtiriladi. Tarbiyachi, shuningdek, ko'ngilochar o'yinlarni ham unutmaydi. Bunga qo'g'irchoq, soya teatri, konsertlar, sport, musiqa va badiiy ko'ngil ochish soatlari, musiqa eshitish va shunga o'xshashlar kiradi. Tarbiyachi badiiy asarlarni o'qib berish, klassik va zamonaviy rassomlarning rasmlarini tomosha qilishni ham esdan chiqarmaydi. Kunning ikkinchi yarmida har kuni sayr o'tkaziladi, uning mazmuniga harakatli va ijodiy o'yinlar, mehnat faoliyati kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |