Metod va metodologiya


Yangi metodologiya. Sinergetika



Download 27,73 Kb.
bet8/9
Sana16.03.2022
Hajmi27,73 Kb.
#495801
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bilish metodologiya

Yangi metodologiya. Sinergetika. Hozirgi zamon fanida Sinergetika metodi keng qo‘llanilmoqda. Sinergetika so‘zi yunoncha ("sinergena") bo‘lib, kelishuv, hamkorlik, o‘zaro ta’sir kabi ma’nolarni anglatadi. German Xakenning fikricha, Sinergetika ko‘p qismlardan iborat bo‘lgan, o‘zaro murakkab aloqadorlikdagi komponentlar tizimini o‘rganadi. Bu so‘zni Xaken hamkorliqdagi harakat bilib, butunning tizim sifatida aks etuvchi qismlarining kelishilgan faoliyati ma’nosida talqin qiladi.
Barcha ta’limotlar paydo bo‘ladi, rivojlanadi va, nihoyat, eskiradi. Xaken Sinergetikasi ham vorisiylikka asoslangan. Uning davomi bo‘lgan I.Sherringtonning Sinergetik uslubi, C.Ulamning sinergiyasi, I.Zabusskiyning sinergetik yo‘nalishlari ana shular jumlasidandir.
I.Sherrington Sinergetik yoki integrativ tafakkurni muskullar harakatining boshqaruvida (orqa miya) asab sistemasidagi kelishilgan ta’sirni izohlash usulidir, deb tushunadi. S.Ulam esa, EHMning birinchi avlodi vakillaridan biri bo‘lib, u sinergiyaning, ya’ni mashina va uning operatori orasidagi uzluksiz hamkorlikning foydaliligi, ahamiyatining hozirgi zamondagi ta’siriga e’tiborni qaratadi.
Sinergetika nazariyasida energiya kristall sifatida qotib qoladi va kinetiklikdan potensiallikka aylana boshlaydi, deb talqin qilinadi. Bunga ko‘ra, narsa qotib qolgan energiyadir. Energiya faoliyatning ishlab chiqarish qobiliyatini xarakterlovchi tushuncha, lekin hozirda energiya nafaqat mexanik faoliyat, balki yangi strukturalarni yaratuvchisi sifatida ham o‘rganilmoqda. Sinergetika tabiatdagi evolyutsiya nimaning hisobiga sodir bo‘lishi mumkinligini asoslaydi. Barcha yangi strukturalar yaratila­yotgan joyda energiyaning kuchli to‘lqini va muhit bilan almashinuv zarur (evolyutsiya hayot kabi), metabolizmni talab qiladi. Agar osmon jismlari evolyutsiyasida biz ishlab chiqarishning natijasini kuzatsak, Sinergetika tabiatni yaratish jarayonini o‘rganadi. Sinergetika nisbiylik nazariyasining xulosalarini tasdiqlaydi: energiya olamning yanada yuqoriroq darajalarini yaratadi.
Xullas, Sinergetika – olamning o‘z-o‘zini tashkil etishi, makon va zamonda narsa va voqealarning azaliy ketma-ketligi, o‘zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat sababiy bog‘lanishlar asosida mavjudligini e’tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir. Bu ta’limotni dialektika asosida shakllangan va uni to‘ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi deydiganlar ham bor. Ularga qarshi o‘laroq, dialektika endi kerak emas, uni sinergetika bilan almashtirish lozim, deb hisoblovchilar ham yo‘q emas.
Sinergetikada bifurkatsiya, fluktuatsiya, tartibsizlik, dissipatsiya, g‘alati attraktorlar, chiziqsizlik singari tushunchalar mashhur. Ulardan tizimlar barcha turlarining, jumladan old organizmik, organizmik, ijtimoiy, etnik, ma’naviy va boshqa tizimlarning xulq-atvorini tushuntirish uchun foydalaniladi.
Bifurkatsiya ikkilanish nuqtalarining mavjudligini hamda rivojlanish davomining har xilligini nazarda tutadi. Ularning faoliyati natijalarini oldindan bashorat qilish qiyin. I.Prigojinning fikriga ko‘ra, bifurkatsiya jarayonlari tizimning murakkablashuvidan dalolat beradi. N.Moiseyevning fikricha, «ijtimoiy tizimning har bir holati bifurkatsiya holatidir».
Fluktuatsiyalar umumiy holda ta’sirlantirishni anglatadi. Ularning ikki katta turkumi: tashqi muhit yaratadigan fluktuatsiyalar va tizimning o‘zida vujudga keladigan fluktuatsiyalar farqlanadi. Ba’zan fluktuatsiyalar juda kuchayib, tizimni to‘la egallab olishi va mohiyat e’tibori bilan uning mavjudlik tartibini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ular tizimni unga xos bo‘lgan «tartib turi»dan olib chiqadi, ammo xaosga olib chiqadimi yoki yo‘qmi – bu masalaning boshqa tomoni.

Download 27,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish