Metod va metodologiya



Download 27,73 Kb.
bet1/9
Sana16.03.2022
Hajmi27,73 Kb.
#495801
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bilish metodologiya


5-mavzu: BILISH METADOLOGIYASI: ASOSIY TUSHUNCHALAR


Reja:

  1. Metod va metodologiya” tushunchalari.

  2. Paradigma metodologiyasining tayanch tushunchasi.

  3. Metodologiyalarning tasnifi.

  4. Olamni bilishning hozirgi zamon metodlari.

  5. Evristika va fan metodologiyasi.

  6. Yangi metodologiya.



Tayanch tushunchalar: metod, metodologiya, paradigma, ilmiy bilish, metodlar tasnifi, ilmiy tadqiqot, fan metodlari, falsafa metodlari, proektiv metod.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: keys-stadi, BBB, pinbord, dialogik yondashuv, muammoli ta’lim. Aqliy hujum, blits, ajurali arra, baliq skeleti, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.

"Metod" va "metadologiya" tushunchalari. Metod (Yunon. metods — usul) keng ma'noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma'nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo‘llaniladigan ma'lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san'atda va h.k.)tizim haqidagi ta'limot yoki metod nazariyasi. Hozirgi davrda metodologiya faqat ilmiy bilish sohasi bilan cheklanishi mumkin emasligi ayon bo‘ldi va u albatta, bilish chegarasidan chiqishi va o‘z sohasida amaliyotda ham qo‘llanishi zarur. Bunda bilish va amaliyotning uzviy aloqadorligiga e'tibor qaratmoq kerak. Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta'minlovchi boshqa vositalarni ham o‘rganadi. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek, kategoriya hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror dunyo sharoitlarida voqelikni metodologik o‘zlashtirishning o‘ziga xos vositalarini ajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb nomlangan hozirgi bosqichida ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.


Paradigma metodologiyaning tayanch tushunchasi – fan tarixining muayyan davrida uning rivojlanishini belgilovchi barqaror tamoyillar, umumiy me’yorlar, qonunlar, nazariyalar va metodlar majmui. U butun ilmiy hamjamiyat tomonidan fanning mazkur darajasida yuzaga keluvchi vazifalarni qo‘yish va yechish usullarini belgilaydigan andoza sifatida tan olinadi. Paradigma tadqiqotchilik faoliyati, ilmiy eksperimentlarning natijalarini talqin qilishga yo‘l ko‘rsatadi, Yangi dalillar va nazariyalarning bashorat qilinishini ta’minlaydi. U o‘ziga mos kelmaydigan konsepsiyalarni inkor etadi va tadqiqotchilik vazifalarini yechish uchun andoza bo‘lib xizmat qiladi. Paradigma tushunchasi bilish nazariyasiga amerikalik faylasuf T.Kun tomonidan kiritilgan. Uning fikricha, «normal fan»ga tegishli ilmiy paradigmaga tayangan holda muayyan vazifalarni yechish xosdir. Fan rivojlanishidagi normal davrlar inqiloblar bilan almashadi. Ular yeski paradigma doirasiga sig‘maydigan hodisalarning kashf yetilishi bilan bog‘liq. Natijada fanda inqiroz davri boshlanadi va u eski paradigma o‘z ahamiyatini yo‘qotishi va yangi paradigmaning yuzaga kelishi bilan yakunlanadi. Yangi paradigmaning qaror topishi fanda inqilob yasalishiga sabab bo‘ladi.

Download 27,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish