Meteorologik va iqlim omillari o‘rmon xo‘jaligida ham katta ahamiyatga ega. Chunki ular o‘rmon daraxtlarining o‘sishi, rivojlanishi va mahsuldorligini ta’minlaydi.
Ba’zi yillari o‘rmonlarda zamburug‘ kasalliklari va o‘rmonga zarar etkazadigan hasharotlar rivojlanishi uchun qulay ob-havo sharoitlari yaratiladi. Кo‘p turdagi zamburug‘ kasalliklarining rivojlanishiga yilning iliq davridagi namgarchiligi yuqori ob-havo sharoitlari, hasharotlarning tez ko‘payishiga esa quruq ob-havo sharoitlari qulay bo‘ladi.
Shunday qilib, o‘rmon xo‘jaligi uchun o‘rmon meteorologiyasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
2. Meteorologiya va agrometeorologiya fanlari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Shuning uchun ularning rivojlanishi ham umumiy tarixga ega.
Odamlar dehqonchilik bilan shug‘ullana boshlagandan keyin olingan joyning ob-havosi va iqlimi bilan ekinlar hosili miqdori orasida bog‘lanish borligini payqashgan va dehqonchilik ishlarini iqlim sharoitlariga moslab olib borishgan.
Atmosfera hodisalarini kuzatish haqidagi dastlabki ma’lumotlarni yunon mutafakkiri Aristotel (384-322) ning birinchi bo‘lib yozgan «Meteorologiya» kitobida bayon qilingan. Bu kitobda o‘sha davrgacha atmosfera hodisalariga doir to‘plangan kuzatishlar natijalarini umumlashtirilgan va ularni tushuntirish bo‘yicha dastlabki intilishlar bayon qilingan.
Buyuk o‘zbek mutafakkiri Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o‘zining «At-Tafhim» nomli asarida yomg‘ir, shudring qirovlarning hosil bo‘lishini, atmosferada ro‘y beradigan chaqmoq, momaqaldiroq, kamalak kabi hodisalarning sababini ilmiy asosda tahlil qilgan.
XYII asrda asosiy meteorologik asboblar: termometr (Galiley 1593), simobli barometr (Torichelli 1643) va barometr-aneroid (Leybnis 1706) kashf qilindi. Bu asboblar kashf qilinganidan keyin meteorologiyada asboblar yordamida kuzatish ishlari rivojlana boshladi, natijada atmosfera bosimi va havo haroratini kuzatish, turli joylarda o‘tkazilgan o‘lchash natijalarini o‘zaro taqqoslash ishlari amalga oshirila boshladi.
Rossiyada ob-havoni asboblar yordamida tizimli ravishda kuzatish 1725 yilda hozirgi Sankt-Peterburg shahrida boshlangan.
O‘rta Osiyoda dastlabki meteorologik kuzatishlar XX asr boshlarida boshlangan. 1921 yilda Toshkent shahrida Turkiston (1925 yildan boshlab esa O‘rta Osiyo) meteorologiya instituti (Sredazmet) tashkil etildi.
Shundan keyin respublikamizda meteorologiya, agrometeorologiya sohasidan ilmiy-tadqiqot ishlari rivojlana boshladi.
O‘zbekistonda meteorologiya va agrometeorologiya fanining taraq-qiyotida L.N.Babushkin, A.A.Skvorsov, V.A.Bugayev, I.G.Gringof, F.A. Mo‘minov, A.Q. Abdullayev kabi olimlarimizning xizmatlari katta.
Hozirgi kunda respublikamizda meteorologiya sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari O‘zbekiston Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish institutida olib borilmoqda.
3. Biz oldingi mavzudan yer sharini o‘rab turgan havo qobig‘ini atmosfera deb atalishini bilamiz.
Atmosferaning butun massasi 5,157·1018 kg ga teng bo‘lib, yer massasi (5,9787·1024kg) ning milliondan bir ulushini tashkil qiladi.
Atmosfera butun massasining 50 foizga yaqin qismi yer yuzasidan 5 km gacha, 75 foizi 10 km gacha, 90 foizi 16 km gacha, 99 foizi yer yuzasidan 30-35 km gacha balandliklarga cho‘zilgan qatlamlarda to‘plangan.
Bu hisoblardan ko‘rinadiki, yer yuzidan 30-35 km balandlikdan yuqoridagi havo qatlamlarining massasi nihoyatda kam bo‘lib, atmosfera butun massasining 1 foizinigina tashkil qiladi.
Atmosfera yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishida ishtirok qiladi. Bundan tashqari havo yer sirtiga nisbatan gorizontal va vertikal hara-kat qiladi. Atmosferaning yuqoridan aniq chegarasi yo‘q, yuqoriga chiqqan sari havo siyraklasha borib, qalinligi bir necha ming km gacha cho‘zilgan.
Atmosfera yerdagi barcha tirik organizmlarning yashash muhitidir (bunga kislorodsiz-anaerob shaklda yashaydigan bakteriyalar kirmaydi.) Insonlar va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi ob’yektlari havoning hozirgi vaqtdagi mavjud tarkibiga moslashgan.
Atmosferaning yer sirtidan 50-100 m balandlikkacha bo‘lgan qatlamini yerga tutash (yaqin) havo qatlami, yer sirtidan 1000-1500 m balandlikkacha bo‘lgan qatlamini esa chegaraviy yoki ishqalanish qatlami, 1000-1500 m balandliklardan yuqoridagi havo qatlamlarini erkin atmosfera deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |