51
Eritmalardan qo‘shimchalarni yo‘qotish, elektroliz talablaridan kelib
chiqadi. Rux sulfat eritmasining sifati, elektroliz jarayonida elektr energiya sarfiga,
katod ruxning sifatiga va umumiy elektroliz sexining texnika-iqtisodiy
qo‘rsatgichlariga ta’sir etadi. Shunindek rux sulfat eritmasining tarkibidagi ayrim
qo‘shimchalar (kadmiy, indiy, talliy, mis) ham qimmatbaho moddalardir va ularni
ajratib olish alohida ahamiyatga ega.
Rux sulfat eritmasida qo‘shimchalarni ajratib olish uchun turli usullardan
foydalaniladi:
-
gidrolitik tozalash;
-
sementatsion tozalash;
-
kimyoviy tozalash;
-
elektrolitik tozalash.
Tanlab eritish va eritmalarni qo‘shimchalardan tozalash jarayonlarini
amalga oshirish uchun quyidagi gidrometallurgik dastgohlardan foydalaniladi:
agitatorlar, pachuklar, quyuqlashtirgichlar va turli konstruksiyadagi filtrlar.
Tozalangan rux sulfat eritmalaridan, rux tayyor mahsulot ko‘rinishda
elektroliz usulida olinadi. Jarayonni amalga oshirish uchun elektroliz vannalarga
o‘rnatilgan elektrodlarga (katod va anod) doimiy tok ulanadi. Katod alyuminiydan,
anod qo‘rg‘oshindan yasalgan.
Elektroliz jarayonida katodda rux ionlari Zn
2+
metallik holatgacha
tiklanadi: Zn
2+
+ 2
e
→ Zn
0
.
Anodda esa, elektr energiya suvni parchalash va gazsimon kislorodni hosil
qilishga sarflanadi: H
2
O – 2
e
→ 0,5O
2
+ 2H
+
.
Elektroliz jarayoni temirbetondan yasalgan va ichki qismi kislotaga
bardosh beradigan materiallar (qorg‘oshin listlari, polixlorvinil, viniplast) bilan
qoplangan vannalarda olib boriladi.
Tanlab eritish jarayonining qattiq mahsuloti – rux keki. Kekga bo‘sh
poroda komponentlari, qo‘rg‘oshin, nodir metallar, noyob metallarning ayrim
qismi o‘tadi, shunindek kekda sulfid va ferrit ko‘rinishdagi rux mavjud. Kekning
chiqishi (hosil bo‘lish miqdori) qayta ishlanayotgshan kuyindining 20-30% tashkil
etadi. Kek quyidagi kimyoviy tarkibga ega, %: 16–22 Zn; 2–5 Pb; 1–3 Cu; 0,1–0,3
Cd; shunindek In, Te, Tl, Ga, Ag, Au. Rux keklari tarkibidan rux va boshqa
qimmatbaho moddalarni ajratib olish uchun gidrometallurgik va pirometallurgik
usullarda qayta ishlanadi.
O‘zbekistonda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining rux zavodida keklar
pirometallurgik usulda qayta ishlanadi.
Rux keklarini pirometallurgik usulda qayta ishlashning eng keng tarqalgan
ko‘rinishi bu
Do'stlaringiz bilan baham: