Elektrolitik rafinirlash.
Elektrolitik rafinirlash jarayonida sifatli va yuqori
tozalikdagi mis olinadi. Elektrolitik rafinirlash jarayonini temir betondan, ichki
qismi kislotaga bardosh beradigan materiallar bilan qoplangan (qo‘rg‘oshin listlari,
viniplast) vannalarda olib boriladi. Eletrolitik rafinirlashda elektrolit sifatida 60-65
0
C qizdirilgan sulfat kislota va mis kuporosi eritmasi qo‘llaniladi. Anod sifatida,
olovli rafinirlashda olingan, o‘lchami 1000x1000 va eni 34-45 mm bo‘lgan mis
palstinasi, katod sifatida esa elektrolitik misdan yasalgan eni 0,5 -0,7 mm bo‘lgan
mis plastinasi qo‘llaniladi.
Anod va katodlar vannaga ketma-ket joylashtiriladi. Elektroliz jarayoni
2 – 3 V kuchlanishda va tokning zichligi 240 – 300 A/m
2
ko‘rsatgichlarda olib
boriladi. Elektroliz jarayoni doimiy tokda olib boriladi.
Doimiy tok o‘tkazilganda, anodlar eriydi, mis eritmaga kation Cu
2+
ko‘rinishda o‘tadi va katodda metall ko‘rinishda tiklanadi.
Cu
0
– 2e → Cu
2+
Cu
2+
+ 2e = CuO
Hosil bo‘lgan elektrolitik misning tozalik darajasi 99,95-99,99 % tashkil
etadi. Anod mis tarkibidagi oltin, kumush, selen va tellur ermaydi va vannaning
tubiga shlam ko‘rinishda cho‘kadi.
Nazorat savollari
1.
Qanday metallurgik pechlardan mis ajratib olinadi?
2.
Minerallarning tarkibida mis metallari mavjud, misollar yordamida
minerallarning nomini aytib bering?
3.
Pirometallurgik usulda mis ajratib olish texnologiyalarini bosqichma-
bosqich aytib bering.
47
12-Ma’ruza. RUX ISHLAB CHIQARISHNING XOM ASHYO BAZASI VA
QO‘LLANILISHI
Reja:
1.
Rux metalli va uning birikmalarining xossalari.
2.
Rux va uning birikmalarini qo‘llanilish sohalari.
3.
Rux minerallari, rudalari va boyitmalarini tasnifi.
Ruxni qo‘llash soxalari ruxning fizika-kimyoiy va mexanik hossalari bilan
belgilanadi.
Dunyoda ishlab chiqarilgan ruxning asosiy foydalaniladigan sohalari
quyidagilardir (umumiy foydalanishga nisbatan, %):
- po‘latni rux bilan qoplash (oq tunika ishlab chiqarish) – 36;
- latun va bronza ishlab chiqarish – 26;
- bosim ostida quyish – 26;
- rux prokati – 3;
- kimyo mahsulotlari – 6,5.
Shunindek rux ayrim dori-darmonlarni ishlab chiqarilishida qo‘llaniladi.
Rux, rux kukuni ko‘rinishida, reagent sifatida qo‘rg‘oshin, nodir metallarni va
ayrim rangli metallarni ishlab chiqarilishida qo‘llaniladi. Rux oksidi rezina
mahsulotlarni ishlab chiqarilishida va ularga ishlov berishda keng qo‘llaniladi.
Rux sulfidi α-, β- va γ – nurlari ta’siri ostida alanga olinish qobiliyatiga ega
bo‘lganligi sababli, uchta radiatsiya turlarini aniqlashda qo‘llaniladi. Rux
sulfididan tayyorlangan buyoqning quyosh energiyasi va infraqizil nurlarni yutish
qobiliyati past bo‘lganligi va nurlarni qaytarish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun,
kosmik kemalarni buyashda keng qo‘llanilmoqda.
Rux birikmalari energiya manbai sifatida, kosmik kemalarda keng
qo‘llaniladi – Zn –Ag oksidli batareyalar. Bu batareyalarning quvvati, boshqa
turdagi batareyalarning quvvatidan 5-6 marotaba qo‘proqdir
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha ruxning ishlab chiqarish xajmi 12 mln.
tonnani tashkil etmoqda. Rux ishlab chiqarilishi va foydalanishi bo‘yicha rangli
metallar ichida alyuminiy va misdan keyin uchunchi o‘rinda turadi
Dunyo bo‘yicha, ruxning aniqlangan va tasdiqlangan zaxiralari 350 mln t
ko‘p miqdorni tashkil etadi. Rux konlari dunyoning 70 mamlakatida mavjud.
Ruxning yirik zaxiralari Rossiya, Avstraliya, Qozogiston, Kanada va Xitoyda
joylashgan.
Rux ishlab chiqarish miqdori bo‘yicha eng yirik davlatlar kuydagilardir:
Xitoy, Kanada, Avstraliya. Shu davlatlar ruxning eng yirik eksportyorlari ham.
Ruxning eng yirik importyor davlatlar: AQSH, Tayvan, Germaniya.
Quyida ruxni eng yrik istemolchi davlatlar keltirilgan (mln tonna yiliga):
- Xitoy - 1,3–1,4;
- AQSh - 1,1–1,3;
- Yaponiya 0,7–0,8;
- Germaniya 0,4;
- Buyuk Britaniya - 0,3;
48
- Fransiya - 0,2–0,24;
- Belgiya, Kanada, Italiya, Avstraliya, Xindiston – har bir davlat 0,1–0,17.
Do'stlaringiz bilan baham: |