Metallurgiya


Konsentrat Xalkopirit Kovellin Xalkozin Bornit Pirit Sfalerit Rudalarsiz



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/84
Sana04.04.2022
Hajmi1,98 Mb.
#527481
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   84
Bog'liq
1.UmumiyMetallurgiyagamajmua

Konsentrat Xalkopirit Kovellin Xalkozin Bornit Pirit Sfalerit Rudalarsiz
Gaya 
52,9 
1,4 

1,75 
31,3 
10,3 
1,35 
Or’ta o‘ral 
65,45 
0,44 


18,77 
1,99 
13,35 
Uchala 
38,4 


1,0 
43,9 
12,3 

Dagtar 
56,0 
3,0 


28,0 
13,0 
1,0 
Erdenet 
20,0 
22,5 
20 
5,0 
20,0 
1,43 
10,07 
OKMK mis boyitmasining mineralogik tarkibi quyidagicha, %: Cu
2
S - 14,0; 
CuFeS
2
- 20,0; Cu
5
FeS
4

1,0; FeS
2
- 9,0; Fe
2
O
3
- 3,0; SiO
2
- 5,5; CaCO
3
– 0,2; 
boshqa qo‘shimchalar - 7,3. 
Boyitmadan tashqari mis eritish zavodlariga flyuslar keladi. Flyuslar – 
optimal tarkibdagi shlaklarni olish uchun mineral ko‘shimchalar. Flyuslar sifatida 
mis eritish zavodlarida kvars saqlovchi materiallar, oltin kvars flyuslari va ohak . 
Kvars – nordon flyus (SiO
2
). Kremniy oksididan tashqari kvars flyusining 
tarkibida quyidagi oksid birikmalar bo‘lishi mumkin Fe
2
O
3
, CaO, A1
2
O
3
va h. 
Ko‘p hollarda bu flyusning tarkibida nodir metallar mavjud bo‘ladi.
Nazorat savollari 
1.
Konverterlash jarayoni haqida ma’lumot bering. 
2.
Elektrolitik rafinirlash jarayoning asosiy mohiyati.
3.
Xomaki mis deganda nimani tushunasiz? 


42 
10-Ma’ruza. МIS ISHLAB CHIQARISHNING ZAMONAVIY AHVOLI 
 
Reja:
1.
Mis saqlovchi dastlabki xom ashyoni qayta ishlash usullari va 
texnologiyasi.
2.
Mis ishlab chiqarish jarayonlarining texnologik sxemalari. 
3.
Mis ishlab chiqarishda zamonaviy va yangi texnologiyalar.
Rangli metallurgiyaning etakchi yo‘nalishlaridan biri bu mis sanoatidir. 
Misning ishlab chiqarilishi doim oshadi va shu bilan birga mis ishlab chiqarish 
texnologiyasi doimo takomillashib bormoqda. Kelajakda mis ishlab chiqarish 
xajmini, metallurgik qayta ishlashga yangi turdagi xomashyolarni jalb qilish, 
undan foydalanishning kompleksligini oshirish va zamonaviy texnologiy va 
apparatlardan keng foydalanish hisobiga oshirish mumkin. 
MDH davlatlarida ko‘pgina yirik mis tarkibli rudalar konlari zahiralari 
bazasida Norilsk, Jezkazgan, Balxash va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari 
o‘z faoliyatini olib borishmoqda. 
Metallik mis olish maqsadida, turli ko‘rinishdagi mis tarkibli xomashyolarni 
qayta ishlash uchun, piro- va gidrometallurgik usullardan foydalaniladi. 
Dunyoda ishlab chiqariladigan misning 85% pirometallurgik usullar 
yordamida olinadi. Gidrometallurgik usullardan, asosan issiq iqlimli davlatlarda 
foydalaniladi, chunki u yerda katta ishlab chiqarish binolarini qurmasdan, 
jarayonni ochiq uskunalarda olib borish imkoniyati mavjud. MDH davlatlarida, 
gidrometallurgik usullar yordamida ishlab chiqariladigan misning ulushi 1% dan 
kam.
Pirometallurgik texnologiya o‘z ichiga, xomashyo materiallarini (ruda va 
boyitma) qayta ishlab homaki mis, keyinchalik uni rafinirlash jarayonlarini oladi.
Pirometallurgik texnologiyalarni qo‘llab qayta ishlanayotgan mis ruda va 
boyitmalar tarkibining tahlili natijasida, ko‘rish mumkinki, xomashyo asosan mis 
va temir sulfidlari va bo‘sh poroda minerallaridan tashkil topgan. Shundan ko‘rinib 
turubdiki, mis pirometallurgiyasining yakuniy maqsadiga (homaki mis olish),
temir, oltingugurt va bo‘sh porodalarni texnologiyaning tegishli mahsulotlariga 
o‘tqazish yo‘li bilan erishish mumkin. Pirometallurgik jarayonlarni qo‘llashda, 
qayta ishlanayotgan xomashyoning kompleksligini inobatga olish zarur, ya’ni 
chunki mis bilan birga barcha qimmatbaho yo‘ldosh elementlarni imkon darajada 
ajratib olish zarur. 
Texnologiyaning asosiy vazifasi (temir va oltingugurtni yo‘qotish) uch 
bosqichda oksidlash (kuydirish, eritish, konverterlash) (III), ikki bosqichda (eritish, 
konverterlash) (I, II), va hatto bir bosqichda (homaki misgacha eritish) (IV) yo‘li 
bilan amalga oshirilishi mumkin.
Boyitmani homaki misgacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri eritish yo‘lidan tashqari
misni olish texnologiyasi ko‘p bosqichlik bilan tavsiflanadi. Ko‘p bosqichli 
jarayonda har bir ketma-ket olib boriladigan texnologik jarayonda, bo‘sh porodani, 
temir va bir qator elementlarni yo‘qotish hisobiga misning konsentratsiyasini 
(miqdorini) oshirib borishmoqda.


43 
Ohirgi yillarda rafinirlangan mis olishning eng keng tarqalgan texnologiyasi, 
o‘z ichiga quyidagi majburiy metallurgik jarayonlarni oladi: shteynga eritish, mis 
shteynnini konverterlash, olovli va elektrolitik rafinirlash. Ayrim hollarda shteynga 
eritishdan oldin, sulfidli xomashyo dastlabki oksidlovchi kuydirish usulida
kuydiriladi.
Shteynga eritish – sulfidli mis ruda va boyitmalarini qayta ishlashning asosiy 
texnologik jarayonidir.
Mis ruda va boyitmalarni shteynga eritishning ko‘p ko‘rinishi mavjud, ular 
bir – biridan texnologik xususiyatlari va dastgohlari bilan farq qiladi. 
Hozirgi kungacha, mis ishlab chiqarish sanoatida, sulfidli mis tarkibli 
xomashyoni mis shteynigacha eritishda, yallig‘-qaytaruvchi pechlarda eritish, 
elektrik (rudatermik) pechlarda eritish usularidan qo‘llanib kelinmoqda. 
Shunindek, ayrim mis ishlab chiqarish korxonalarida, mis rudalarini qayta 
ishlashning eng eski usullaridan hisoblanuvchi, minorali pechlarda eritish ham 
qo‘llanilmoqda.
Yuqorida keltirilgan shteynga eritish usullari ko‘p hollarda zamonaviy 
metallurgik jarayonlar talablariga javob bermasligi sabali, hozirgi kunda sulfidli 
mis xomashyolarini qayta ishlash texnologiyalarining rivojlanishi, texnologik 
jixatdan mukammal va tejamkor hisoblanuvchi, avtogen jarayonlarni qo‘llash 
yo‘nalishida bormoqda.
Avtogen jarayonlarning asosida sulfid minerallar yonishi natijasida hosil 
bo‘ladigan issiqlikdan foydalanish yotadi, shu sababadan mis metallurgiyasida 
avtogen jarayonlar qo‘llanilishi katta iqtisodiy samara bermoqda. Xususan, mis 
metallurgiyasida, avtogen jarayonlarni qo‘llash kuydirish, shteynga eritish va 
qisman konverterlash jarayonlarini bitta texnologik siklda yoki bitta dastgohda olib 
borish imkoniyatini beradi. Shunindek, avtogen jarayonlarni qo‘llash, qayta 
ishlanayotgan xomashyodan kompleks foydalanish darajasini oshirish, tashqaridan 
qo‘shimcha yoqilg‘ini sarflamaslik imkonini beradi. 

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish