52
Velsevlash jarayonida hosil bo‘lgan vels-oksidning tarkibi quyidagicha, %:
55–64 Zn; 15–20 Pb; 1,1–1,3 Cd; 2,5–4,5 Fe; 0,35–0,95 Cu; 0,25–035 As; 0,03–
0,06 Sb; 0,25–0,35 Cl; 0,03–0,05 F; 0,1–0,2 In; 0,001–0,01 Tl.
Mis va nodir metallar rux keklarini velsevlashda klinkerda toplanganligi
sabali, klinkerning ma’lum qismi mis zavodlarida qayta ishlanadi. Klinker
quyidagi tarkibga ega, %: 0,9–6,0 Cu; 0,7–2,0 Zn; 0,5–1,5 Pb; 20–40 Fe; 15–20 C,
shunindek oltin, kumush va bo‘sh poroda komponentlari.
Nazorat savollari
1.
Qanday metallurgik pechlardan mis ajratib olinadi?
2.
Minerallarning tarkibida mis metallari mavjud, misollar yordamida
minerallarning nomini aytib bering?
3.
Pirometallurgik usulda mis ajratib olish
texnologiyalarini bosqichma-
bosqich aytib bering.
14-Ma’ruza. OLTIN ISHLAB CHIQARISHNING XOM ASHYOSI
Reja:
1.
Oltin saqlovchi xom ashyolarning tasnifi.
2.
Oltinning fizik-kimyoviy xossalari.
3.
Oltin ishlab chiqarishning zamonaviy ahvoli.
Oltin tarkibli rudalar moddiy tarkibi bo‘yicha katta hilma-hillik bilan
tavsiflanadi. Ayrim rudalarning 90% massasini kvars tashkil etadi, boshqa turdagi
rudalarda kvars bilan birga, rudalarda temir oksidlari (29% gacha), karbonatlar
(20-30% gacha), barit (56-60 %gacha), turmalin (50% gacha) minerallari uchraydi.
Oltin tarkibli rudalarda sulfid minerallarning (asosan FeS
2
, Fe
n
S
n+1
) miqdori keng
chegarada o‘zgarishi mumkin 0 dan 80% gacha.
Shunindek rudalarda ma’lum miqdorda boshqa minerallar va sig‘im
poroda
(granit, diorit, slanets va b.) ham uchraydi. Oltin tarkibli rudalar, ruda tarkibidagi
oltinning granulometrik tarkibi va oltinni minerallar bilan assotsiatsiyalanganligi
(minerallarning tarkibida mavjudligi) bilan, bir biridan farqlanadi.
Texnologik nuqtai nazardan, oltin tarkibli rudalarning asosiy belgilovchi
tavsiflari quyilagilardir:
- oltin bilan bir qatorda ruda tarkibida sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan
boshqa foydali komponentlarning mavjudligi;
-
sulfidli rudalarga nisbatan, oksidli rudalarning ko‘p miqdorda bo‘lishi,
ya’ni rudaning oksidlanish darajasi;
-
ruda
tarkibida
qayta
ishlash
texnologiyasini
qiyinlashtiruvchi
komponentlarning mavjudligi;
- ruda tarkibidagi oltinning tavsifi, birinchi novbatda oltin donachalarning
yirikligi.
53
Tarkibida foydali komponentlarning
mavdjudligi bo‘yicha rudalar
quyidagilarga bo‘linadi: oltin rudalari;
oltin-piritli rudalar; oltin-marg‘imushli
rudalar; oltin-kumushli rudalar; oltin-misli rudalar; oltin-surmali rudalar; oltin-
uranli rudalar; oltin-polimetallik rudalar.
Oltin-polimetallik rudalarga, tarkibida oltindan tashqari ikki va undan ko‘p
sanoat ahamiyatiga ega qimmatbaho komponetlar (Cu, Pb, Zn, Ag, pirit, barit va
boshqalar) mavjud rudalar kiradi.
Tarkibida 60% dan ko‘p
kvars
va 12% gacha glinozyom bo‘lgan
oltin tarkibli rudalar ko‘pincha
pirometallurgik zavodlarda flyuslar
sifatida qo‘llaniladi. Bu turdagi
rudalar oltin-kvarsli rudalar deb
nomlanadi, chunki bu rudalarda
sanoat ahamiyatiga oltin va kvars
ega (14.1-rasm).
14.1-rasm.
Kvars tarkibidagi oltinni
ko‘rinishi
Oltin-qo‘rg‘oshinli, oltin-ruxli, oltin-tellurli, oltin-vismutli, oltin-volframli,
oltin-baritli va oltin-tkrmalinli rudalar kam bo‘lganligi sababli, ular unchali sanoat
ahamiyatiga ega emas va rudalarni sinflanishida hisobga olinmagan.
Oksidlanish darajasi bo‘yicha oltin tarkibli rudalar birlamchi (sulfidli),
qisman oksidlangan (aralashgan) va oksidlangan turlarga bo‘linadi. Eng ko‘p
sanoat ahamiyatiga tarkibida 0,2 dan 90 % gacha sulfidlarni mavjud bo‘lgan
birlamchi rudalar ega. Ayrim rudalarda ma’lum miqdorda oksidlangan minerallar
ham mavjud.
Oksidlangan rudalarning tarkibida ko‘p miqdorda
temir oksidlar va boshqa
metallarning oksidlari mavjud. Bu rudalar turiga shlamli va tuproqli rudalar kiradi.
Bu turdagi rudalarda sulfidlari yo‘q, yoki ularning miqdori judayam kam va
amadiy ahamiyatga ega emas.
Qisman oksidlangan rudalarning tarkibida sulfid minerallar bilan bir qatorda
oksidlangan temir minerallari va boshqa metallarning oksidlangan minerallari
mavjud.
Oltin tarkibli rudalarni qayta ishlash jarayonlarini qiyinlashtiruvchi ruda
tarkibidagi birikmalarga quyidagilar kiradi: mis (xalkopirit va xrizokoladan
tashqari) va surma minerallari,
pirrotin, ko‘mirli moddalar, selen va tellur
birikmalari.
Oltinning kimyoviy birikmalari bo‘lgan minerallardan quyidagilar aniq: oltin
telluridlari (kolaverit AuTe
2
, silvanit AuAgTe
4
, krennerit AuAgTe
2
, petsit
Ag
3
AuTe
2
va b.); aurostibit AuSb
2
.
Oltinning minerallari 14.1-jadvalda keltirilgan.
Oltinning barcha aniqlangan mineral ko‘rinishlaridan (20 ortiq), asosiy sanoat
ahamiyatiga tug‘ma oltin ega. Qolgan minerallarda kam uchraydi.