Metallga badiiy ishlov berish katologiga sharh


Xorazm kandakorlik maktabi



Download 36,1 Kb.
bet4/5
Sana14.04.2022
Hajmi36,1 Kb.
#551477
1   2   3   4   5
Bog'liq
TEMIRCHILIK

Xorazm kandakorlik maktabi
Shakl va naqshlarning o‘ziga xosligi borasida Xorazm kandakorlik maktabi ancha barqaror xususiyat kasb etadi. Xiva ustalari botiq usuldagi kandakorlikdan ko‘proq foydalanadilar. Kesma usulda juda kam ishlaydilar, naqsh tagida “chokma” deb ataluvchi bir sidra ilang-bilang chiziqlar o‘rniga ular puanson (metallarni shtamplash va presslash) yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiziqlar chizib qo‘yganlar. Xiva kandakorligida metal buyumlarni hech bir joyi ishlovsiz shundoq silliqligicha qoldirilgan shakllari koʻp uchraydi. Xiva kandakorlik maktabi ustalari yasagan buyumlar o‘zining shakl qiyofasi-yu, boy naqsh bezaklari bilan shuhrat qozongan.9
Toshkent kandakorligi
Toshkent mis kandakorligi buyumlari ham shakli, ham naqqoshlik jihatlari bilan ajralib turadi. XIX-asr o‘rtalarigacha bu yerda kandakorlik u qadar rivojlanmagan. Toshkent kandakorlik buyumlari ko‘proq Samarqand va Qo‘qon idishlarini eslatib turadi. Shu boisdan Toshkent kandakorligida qo‘qoncha gullar islimiy tanoblarga yoy o‘qi shaklida joylashtirilib chiqilgan naqshlar deyarli barcha idishlarda uchraydi. O‘zbekistonning boshqa joylaridan farqli o‘laroq. Toshkent an’naviy kandakorligi naqshlarning yirikligi va soddaligi bilan ajralib turadi. Naqsh zarb etish “kandakoriy” uslubida amalga oshirilib, zamin zarbori chiziqlar bilan to‘ldirilgan. Ko‘p hollarda esa hech qanday ishlovsiz siyqa holida qoldirilgan.10
(Chetdan keltirilgan ashyo)
Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston viloyatlarida ko‘pgina misga naqsh tushirilgan idishlarni Sharqiy Turkiston, Hindiston, Eron, Turkiya va Kavkazdagi hunarmandlar ishlagan idishlar jamlanmasida uchratish mumkin.
Albatta, bu o‘xshatishlar asrlar bo‘yi madaniy va tijorat aloqalari bilan bog‘liq bo‘lib, Markaziy Osiyoning Buyuk Ipak yo‘li chorrahalaridagi faol ishtirokidan dalolatdir.11
Naqshli ashyolar jamlanmasi. XIX-asrning II-yarmida Eronda ishlab chiqilgan. 1933-yilda muzey fondidan o‘rin olgan. “Tosi chilkalit”. Mazkur idishning ichki qismi, tevaragi, girdi, orqa tomoni, barchasida arab yozuvi bitilgan “Qur’on” oyatlari o‘rin olgan. Odatda ushbu idishdan cho‘milgandan keyin (hayit va iydu arafa ayyomlarida) boshdan suv quyish, kasallikdan, gunohlardan forig‘ bo‘lish niyatida foydalanilgan.12
Temirchilik va metallga badiiy ishlov berish jarayonini tomoshabinlarga tushuntirib berish uchun temirchilik ustaxonasini yaratishga harakat qilingan. Unda temirchi va kandakor ustaning ish qurollari (keskich, qalam, poʻlat qalam, balgʻa, serkul, randa va boshqalar) namoyish etilmoqda.
Ekspozitsiyadan oʻrin olgan navbatdagi ashyo chilkalitdir. Chilkalit marosim idishi boʻlib, bizga Erondan kirib kelgan. Namoyish etilayotgan idishning atroflari Qur’oni Karimdan olingan suralar bilan naqshlangan va atrofiga 40 ta kalitcha o‘rnatilgan. Rivoyatlarga ko‘ra idish bilan yuvinib yoki suv ichilsa qirq kalit yordamida insonga omad yo‘llari ochiladi va badavlat bo‘ladi.13
Katalogda yurtimizdagi bir-biridan betakror bir-birini takrorlamaydigan ishlash usullari bilan farq qiladigan kandakorlik maktablarini ko‘rishimiz mumkun. Kandakorlik, bu qo‘lda bajariladigan nozik ish boʻlib, u birgina asbob - po‘lat qalam yordamida amalga oshiriladi.
Biz oʻzbek kandakorlik san’ati toʻgʻrisida qisqacha toʻxtalib, ularning ayrim namunalarining shakli, bezatilishi, naqshlanishidagi qoʻllanilgan uslub va usullarni ta’riflab oʻtdik. Biroq bu oʻzining uzoq asrlik tarixi va koʻplab asarlari xalq tiliga tushgan, iste’dodli ustalarga ega boʻlgan oʻzbek amaliy san’ati toʻgʻrisidagi dengizdan bir tomchiginadir, xolos. Chunki o‘zbek kandakorlik san’ati o‘z taraqqiyotida uzoq yoʻl bosib o‘tdi. Ana shu yo‘l davomida bu san’atning ham texnikaviy, ham uslubiy, ham naqshlarning qo‘llanishida o‘zgarishlar yuz berdi.
Umuman, san’atda badiiy uslubning shakllanishi uzoq davrda hamohang va xilma-xil badiiy koʻrinishlar jarayonida nafis va nafosatlilikning g‘alabasi bilan takomillashadi. Kandakorlik san’atida ham har bir yangi yoʻnalish koʻp asrlar mobaynida jamg‘arilib, so‘ng yuzaga keladi. Shuning uchun ham hozirgi zamon o‘zbek kandakorligining badiiyligi XVIII—XIX asrlardagidek yuqori saviyada emas. Chunki orada yuz bergan o‘zaro uzilish va yangi uslubni nazarda tutganimizda bu o‘z-o‘zidan tushunarlidir.
Buyumlarga badiiy naqsh berishning hamma jihatdan o‘zoro muddat uzilib qolishi badiiy ijodiy uslubga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi, albatta. Biroq shuni ham ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda kandakorlik buyumlari ishlab chiqarishning vaqtinchalik to‘xtab qolishi aholi o‘rtasida badiiy bezatilgan metall buyumlarga bo‘lgan ehtiyoj yo‘qligi sabab bo‘ldi degan ma’noni anglatmaydi.
Chiroyli, nafis misdan yasalib, naqshlangan idishlarga xalq muhabbati beqiyosdir, albatta. Aholi go‘zal va xushbichim qilib ishlangan hamda naqshlangan an’anaviy shakldagi mis idishlarni, uning bahosidan qat’i nazar, zo‘r ishtiyoq bilan xarid qiladi, qimmatboho mis idishlarga bo‘lgan munosabatni bildiruvchi xalqda shunday bir masal bor: «Qumg‘onning bahosini ibrik tortar». Mana shundan ko‘rinib turibdiki, aholi hamisha misdan ishlangan an’anaviy shakldagi buyumlarni qadriga yetgan va bundan keyin ham yetishi tabiiydir.
O‘zbekistonda an’anaviy shaklda ishlangan metall buyumlariga bo‘lgan ishtiyoqning soʻnishi savdo va sanoat tashkilotlari xalq milliy didini yaxshi bilmasligi orqali yuzaga kelgan deb izohlash mumkin. Axir, xalq milliy didini e’tiborga olish juda muhimdir. «Pravda» gazetasi «Fan va turmush» sarlavhali bosh maqolasida: «konstruktorlar va ishlab chiqaruvchilar uy-ro‘zg‘or buyumlarning yangi buyumlarini yaratishda ko‘pincha moda orqasidan ko‘r-ko‘rona quvib, boy tajriba asosida shakllangan xalqlarimizning milliy va madaniy an’analarini unutib qo‘yayotir. Ana shu sohada ko‘pgina xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun aholining ehtiyojini chuqur o‘rganishni, bunday buyumlar ishlab chiqarishni mustahkam ilmiy asosga qurishni yo‘lga qo‘ymoq zarur»14,— deb ko‘rsatgan edi. Respublikada badiiy bezatilgan an’anaviy shakldagi misdan yasalgan xoʻjalik idishlari (choydish, oftoba, dastshuy, tufdon va shuning singarilar) bilan bir qatorda metalldan ishlangan (mis, alyumin, latun, nikel va boshqalar) yangi dekorativ xarakterdagi turli xil buyumlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qo‘yish ham muhimdir.
Bu o‘rinda yana shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, yoshlar o‘rtasida xalq kandakorlik san’atiga bo‘lgan ishtiyoqni o‘stirish, ularni tarbiyalash, keksa ustalarning tajribalarini egallashlari uchun ularga yordam berish, keksa kandakorlarning murabbiylik ishini yo‘lga qo‘ymoq kerak. Bunda yoshlarimiz qadimiy an’anaviy kandakorlik san’atini egallab olib, kelgusi avlodlarga yetkazadilar.
Hozirgi paytda jamoat binolarini metall barelyeflar va naqshlangan pannolar bilan bezashga bo‘lgan ishtiyoq oshib bormoqda. O‘zbekistonda ana shu me’morchilik bezash sohasida tajriba to‘plangan. Ayrim metall pannolardan tashqari tajribali professional haykaltaroshlar tomonidan ko‘rgazmalar, yangi binolarning intererlarini bezash detallari ham tayyorlanmoqda.
Ana shu ishga xalq miskarlarini, kandakorlarini tortish maqsadga muvofiqdir. Chunki o‘zbek miskarlari, kandakorlari orasida yuksak didli bezaklardan har qanday murakkab vazifalarni muvaffaqiyat bilan hal eta oladigan iste’dodli ustalar rassomlar ko‘plab topiladi.
Badiiy metall buyumlari ishlab chiqarishni qayta jonlantirish san’ati faqat ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishni taqozo etibgina qolmay, balki kadrlar tayyorlash masalasini ham jiddiy qayta koʻrishni talab qiladi.
So‘ngi yillar mobaynida metallsozlikda yetuk kadrlar tayyorlash yuzasidan ish olib borilmaganligini hisobga olib shuni aytish mumkinki, respublikada yosh kandakor ustalar oz. Keksa kandakorlar hozirda pensiyaga chiqib ketganlar va qolgan oz qismi ham ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmaydi.
Shuni etiborga olib, yuqorida qayd qilganimizdek, yuqori sifatli buyum shakllarini yasovchi miskarlar va ularga jilo beruvchi kandakorlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish ishlariga so‘ngi yillarda Davlatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratilib, kandakorlik maktablariga alohida etibor berilib kelinmoqda. Hattoki kandakor ustalar tomonidan yasalgan buyumlarning ko‘rgazmalari ham tashkil etilmoqda.
Anʼanaviy shakllardagi badiiy kandakorlik buyumlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish O‘zbekiston aholisining ehtiyojini qondiribgina qolmay, balki ana shunday buyumlarning bir qismi boshqa respublikalarga chiqarilishiga ha imkoniyat yaratilgan.


Download 36,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish