Metallga badiiy ishlov berish katologiga sharh



Download 36,1 Kb.
bet1/5
Sana14.04.2022
Hajmi36,1 Kb.
#551477
  1   2   3   4   5
Bog'liq
TEMIRCHILIK


Metallga badiiy ishlov berish katologiga sharh.
Insoniyat misdan ilk bor eneolit davrida foydalana boshlangan. Ammo mis yumshoq va moёrt edi bu esa misdan foydalanishni qiyinlashtirardi. Shuning uchun mis yuz ming yillab ishlatilib kelingan tosh qurollarni iste’moldan siqib chiqara olmadi. Shunga ko’ra bu davr mistosh davri ham deb ataladi. Eneolit davri arxeologik yodigorliklari Zarafshon quyi oqimida Sarazm, Nomozgohtepa Qoratepa Katta Tuz koni makonlarida va boshqa yodgorliklarda qazishma ishlari olib borilgan.
Odamlar keyinchalik qalay bilan misni bir biriga qorishtirib bronzani kashf qildi. Bronzaning kashf etilishi dehqonchilik va chorvachilikning tez rivojlanishiga olib keldi. Bronzadan qurollar, uy-rozg’or buyumlari, ayollar zeb-zinat bezaklar ishlana boshladi. Bronzadan yasalgan zeb-ziynat, uy-roʻzgʻor buyumlari, qurol-aslaha va haykaltaroshlik asarlari, bronza buyumlariga ishlangan naqsh, rasmlar dastlab Gʻarbiy Osiyo, Qadimgi Misr, Oʻrta Osiyoda oʻrganilgan. Oʻzbekiston hududidan bronza davriga oid koʻpgina bronza sanʼati namunalari topilgan. Bugungi kunda bronzadan ishlangan uy-rozg’or buyumlari, zeb-ziynat buyumlari, qurol-aslahalar yurtimizdagi muzeylar zahiraxonalarida saqlanmoqda.
Insoniyat temir va boshqa metallarni ma’danlardan ajratib undan turli buyumlar, mehnat va ov qurollari yasashi bilan birgalikda kundalik ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun ham buyumlar yasab, ularga badiiy bezak berib, san’at darajasigacha ko‘tarishgan. Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi fondining arxeologiya va moddiy yodgorliklar bo‘limlarida saqlanayotgan turli davrlarga oid misgarlik, temirchilik ashyolari ushbu mavzuni yoritish imkonini bera oladi.
Katalogda vatanimizning madaniy hayoti tarixini yoritib beruvchi 180 dan ortiq metall buyumlari namoyish qilinmoqda. O‘zbekiston xalqining milliy madaniyati tarixida temirchilik, hamda rangli metallarga ishlov berish muhim o‘rin tutadi.
Ilk o‘rta asr va o‘rta asrlarga oid naqshlangan (VIII-IX asrlar) bandli ko‘za; sfinks tasvirli patnis (XII asr), uch oyoqli qozon, bronzadan ishlangan chiroq, buyumlar, Amir Temur va temuriylar davriga oid misgarlik buyumlari majmuasi; bronzadan ishlangan degcha, ko‘za, XVI-XIX asrlarga oid kandakorlik buyumlaridan choyjo‘sh, shamdon, qalamdon, mis degcha kabi ro‘zg‘orbop buyumlar namoyish etilgan.1
Katologdan oʻrin olgan bazi bir ashyolarga toʻxtalib oʻtamiz. 2Samovar “oftoba” samovar deb yuritiladi. Samovarlarning mahalliy shakllari yurtimizda ikki xil koʻrinishda yasalar edi. Har bir xonadonda oddiy naqsh qilinmagan “oftoba samovarlar” boʻlardi. Ana shu samovarlarning ichi va sirti qalay bilan qoplangan boʻlib, davlatmand kishilar xonadonida chiroyli samovarlar turishi shart edi. Mahalliy samovarlar yumoloq va qirralangan shaklda boʻlgan oddiy samovarlarning qorni, boʻyni va koʻkraki ajratilmagan holda yasalgan.
Chekishga mo‘ljallangan idish “chilim” bo‘lib, uning bir necha xil turlari gulli va geometrik naqshlar bilan bezalgan nusxalarini uchratamiz. Chilim qizil yoki sariq misdan yoxud kadi qovogʻidan yasaladi. “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi fondlarida chilimning bir nechta nusxalari mavjud.
Uy-ro‘zg‘or anjomlaridan dastsho‘y yuz-qoʻl yuvish uchun moʻljallangan idish. Dastshoʻy Oʻzbekiston hududida turli hududlarida uchraydi. Shuningdek, naqshlangan dastshoʻylarga “naqshli dastshoʻy” naqshlanmagan dastshoʻylarga “naqshlanmagan dastshoʻy” fabrikada ishlanganlariga esa “Maskva dastshoʻy” deb ataganlar XIX-XX asrlarda tunka yoki alyumindan ham dastshoʻylar ishlab chiqilgan Oʻzbekiston muzeylarining xazinalarida dastshoʻyning turli xil namunalari saqlanadi.
XIX-XX asrlarda tayyorlangan oftoba yuz-qoʻl yuvish uchun mo’ljallangan idish. Oftoboalar qizil yoki sariq misdan ishangan. Respublikamizning turli muzey kolleksiyalarida Oʻzbekiston kandakorlik maktablari tomonidan yaratilgan oftoba namunalari saqlanadi.
Tufdon - misdan yoki boshqa metal buyumlardan ishlangan. XIX-asrda Oʻzbekiston aholisi oʻrtasida keng tarqalgan, tufdonlarning shakli xuddi dastshoʻylarning shakliga oʻxshagan boʻlsada dastshoʻylardan kichik boʻlgan.
Savri - Oʻzbekiston aholisining eng qadimgi uy-roʻzgor buyumlaridandir XIV-XVI-asrlarda Buxoro miniatyuralarida ziyofat sahnalarida koʻpincha ana shunday savri bilan yopilgan mislaganlar tasviri uchraydi. Savri ovqat va oziq ovqatlar uchun qoʻllaniladigan buyumlar jamlanmasida ishlatiladi. Samarqand va Buxoro muzeylari kolleksiyalarida naqshlangan savrilar ham mavjud. 3
Dovullar misgarlar tomonidan faqat sariq yoki qizil misdangina emas, balki bronzadan ham quyilib soʻng naqsh bilan bezalagan. Misdan ishlangan dovullarni lochin ovi paytida oʻljani choʻchitish uchun ishlatilgan. Undan mirshablar soqchilik paytida foydalanganlar.
Doʻlcha - rus qozoni “chugunok”ga oʻxshab ketadi. Lekin uzun jumragi bilan farq qiladi. Idish serhasham naqshli boʻlib, yon tomonlari va butun gavdasi oʻsimliksimon naqsh bilan bezatilgan bazilari geometirik hoshiyalar bilan ham bezatilgan.
Choydish. Yurtimizda choydishlarning “dumoloq”, “raxli”, “satranj”, “piltalik”, singari barcha shakllari ishlab chiqilardi. Bodomcha choydishlarni Buxoroda koʻpincha satranj deb atashardi. Dumoloq shakldagi choydishlar Fargʻona vohasida keng ommalashgan.
XIX-asrda naqshlangan Samarqandda yasalgan gʻaladonlar mavjud. Shulardan biri dumoloq gavdali, keng ogʻizli, qopqoqli boʻlib, qulflash uchun zanjirli xalqa qilingan. Naqshlar hoshiyalarida berilgan boʻlib, oʻsimliksimon va geometrik gullar bilan bezatilgan, naqshlangan hoshiyalar bir-biridan oddiy tekis chiziqlar bilan ajratilgan. Qornining pastki enli qismini bezab turgan hoshiyalarning guli gʻoyat serhasham, Naqshlarning xarakteri an’anaviy. Samarqand gullari uchun tipik gʻaladon ogʻzida naqishlari zarblangan gavdaning enli qismida nim islimiy guli va tekis zaminiga esa oʻtkir uchli naqshlar berilgan.
XIX-asrning oxiriga kelib kandakorlik buyumlarining mahalliy oʻziga xos xususiyatlari, asosan naqshinkor hashamda va umuman bir xildagi shakllarning ayrim detallarida yaqqol namoyon boʻldi. Mis buyumlarga zarb etish texnikasi bir xil edi. Kandakorlik texnikasining mahalliy oʻziga xos xususiyati zarbning chuqur yoki yuzaligida hamda naqshlar sirti va zamini bezagida qoʻllanadigan usullardan iborat edi. 4
Turli viloyatlarda ishlangan metall buyumlarning farqlari barcha belgilarining mazmuniga koʻra osongina aniqlanishi mumkin boʻlgan, oʻz goʻzalligiga, nafosatligiga, shaklan umumiyligiga ega bulgan maktablar mavjuddir. Kandakorlik buyumlari ishlanishidagi farqlar va tushirilgan naqshlariga qarab maktablarga maktablarga ajratish mumkin.

Download 36,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish