Metallga badiiy ishlov berish katologiga sharh


Qarshi va Shahrisabz kandakorlik maktabi



Download 36,1 Kb.
bet2/5
Sana14.04.2022
Hajmi36,1 Kb.
#551477
1   2   3   4   5
Bog'liq
TEMIRCHILIK

Qarshi va Shahrisabz kandakorlik maktabi
Ham shakl, ham bezak berish san’ati boʻyicha Qarshi va Shahrisabz mis kandakorligi asarlari bir-biriga ancha yaqin tursada, biroq O‘zbekistonning boshqa joylarida yasalgan buyumlardan ancha farq qiladi. Qorni katta, bo‘yni uzun va oddiy toblama dastali Qarshi oftobalari shakl jihatidan sira boshqalariga o‘xshamaydi. Tufdon va dastsho‘ylar ham sifat jihatidan oftobalardan qolishmaydi.
Shahrisabz mis kandakorligi buyumlari o‘zining bezak berish uslublari bilan ajralib turadi. Bunda qoliplash yo‘li bilan bajarilgan, feruza hamda shisha bilan zeb berilgan turli-tuman qoplama va turunjlar (naqsh turi) katta ahamiyat kasb etadi.
Qarshi va Shahrisabz hunarmandlari tomonidan ishlangan kandakorlik namunalari boshqa viloyatdagilarga nisbatan o‘zgachadir. Bu maktab hunarmandlari metallga naqsh berish jarayonida idishni feruza toshi, rangli shishalar bilan bezab, turli xil bo‘yoqlar ishlatib, uni jozibador etib yasashardi.
Qarshi vohasi hunarmandlari dastsho‘y idishi atrofini odatda qoshiq shaklidagi naqshlarni bo‘rttirib ishlatishadi.5
Buxoro kandakorlik maktabi
Buxoro ustalarining, odatda, botiq chekma usulda yasagan buyumlari xushbichimligi, eni-bo‘yining bir-biriga g‘oyat mutanosibligi va naqshlarining mukammalligi bilan ajralib turadi. Mazkur maktab yaratgan buyumlarda chuqur va boy an’analardan darak beruvchi qat’iy tizim mavjudligi yaqqol sezilib turadi. Bu maktab ko‘pgina qadimiy shakl va an’ana naqshlarini saqlab qolgan holda boshqa maktablarga nisbatan kam o‘zgarishni boshidan kechirdi. Idishlar turiga boy bo‘lgan Buxoro kandakorligi shakllarning oddiy va jiddiyligi bilan kishi e’tiborini tortadi.
Buxoro kandakorlik mahsulotlarining mashhurligi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bu yerda yuvinish uchun mo‘ljallangan oftoba, choy qaynatish uchun “choy idish” yoki choyjo‘sh ishlab chiqiladi. Buxoroda metallga naqsh berish yoki kandakorlik hunarmandchiligi juda chuqur ishlangan. Unda gulli bezaklardan tashqari arab yozuvi bilan bezash qo‘li gul usta hunarmandlardan juda nozik did, bilim va san’at talab qiladi. Buxoro kandakorlari hamisha husnixatdan unumli foydalanganlar. Ba’zi oʻrinlarda husnixatda islimiy (o‘simliksimon naqsh turi) naqshlarni ham qoʻllab, kandakor naqqoshligini boyitganlar.6
Hozirda Buxoroda ajdodlari hunarini davom ettirib kelayotgan Said Fayozov, Mahmud G‘ulomov va Sodiq Mo‘sinovlar tomonidan yaratilayotgan ijod namunalarni jahonning ko‘pgina muzeylarida uchratish mumkin. Hunarmandlar do‘kon va rastalaridan joy olgan misdan yasalgan lalilardagi badiiy bezaklar, jumladan, ularga Buxoro arxitektura yodgorliklari nusxasi tushirilganligi hunarmandlarning katta mahorat egasi ekanligidan dalolat beradi.7

Download 36,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish