2.3. Rux oksidi nanostrukturalarini fotokatalitik hossalarini tahlil qilish usullari. Olingan ZnO nanostrukturalarini fotokatalitik hossalari tadqiq etish metil ko‘k (MK) bo‘yogini ultrabinafsha nur va ZnO nanostrukturali fotokatalizator ta’sirida fotokatalitik parchalanishini kuzatish orqali amalga oshirildi. Fotokatalitik parchalash jarayonida qo‘llanilgan eksperimental qurilma 2.5- rasmda keltirilgan.
Bunda MK bo‘yogini suvdagi 100 mg/L konsentrasiyadagi eritmasiga 0.5 mg tayyorlangan fotokatalizatori qoshilib magnitli aralashtirgichda doimiy tezlikda aralashtirildi. Bir soat davomida qorong‘u holatda adsorbsiya/desorbsiya jarayonlari barqarorlashtirilgandan so‘ng aralashma 9Wli UV-A ultrabinafsha (UB) lampalari yordamida UB nur ta’sir ettirildi. UB nur ta’siridagi fotokataliz reaksiyasi davomida har 5 minda aralashmadan 3 ml namuna olib turildi.
Olingan namunalarni yutilish spektrlari Shiatzu 5100 spektrofotometr yordamida tahlil qilindi va yutilish spekrini vaqt bo‘yicha o‘zgarish grafigi chizildi. 2.5- rasm. ZnO nanostrukturalar va UB nur ta’sirida MKni fotokatalitik parchalash qurilmasi. (a) qurilmaning sxematik chizmasi va (b) real qurilmaning fotosurati
II bob bo‘yicha xulosalar. 1. Ikkinchi bobda eksperimental qism yoritilib rux oksidi asosidagi nanostrukturalarni gidrotermal usulda sintez qilish belgilandi.
2. ZnO asosidagi nanostrukturalar ikki xil sharoitda sintez qilindi va olingan namunalarning morfologik va mikrostrukturaviy tahlil qilish usullari o‘rganib chiqildi.
3. Hosil qilingan ZnO asosidagi nanostrukturalarning fotokatalitik hossalarini tahlil qilish usullari o‘rganib chiqildi.
III– BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI 3.1. Gidrotermal usulida o‘stirilgan rux oksidi nanostrukturalarini morfologiyasi Past haroratda gidrotermal usulda ZnSO4 tarkibli ishqoriy eritmada 70°C sintezlangan ZnO nanostrukturalarni morfologik xossalari SEM da tadqiq qilindi. Olingan natijalar quyidagi 3.1- rasmda keltirilgan.
3.1-rasm. ZnSO4 tarkibli ishqoriy eritmada 70°C sintezlangan ZnO nanorodlarining SEM da olingan tasvirlari. (a) umumiy ko‘rinishi va (b) kattalashtirilgan ko‘rinishi. 3.1(a) da ZnO nanostrukturalarni umumiy korinishi va (b) rasimda kattalashgan korinishi keltirilgan. SEM da olingan tasvirlardan ko‘rinadiki, ZnO nanostrukturalar alohida ZnO nanorodlarni “yulduzsimon” shaklda tartiblangan majmuasidan iborat. Nanorodlarning ko‘ndalang kesimlari geksogonal shaklda bo‘lib, nanorodlarning uzunliklari ~2-4 μm, diametrlari esa ~70-200 nm atrofida. Nanorodlar tashkil qilgan yulduzsimon strukturani diametri ~5-8 μm atrofida. Hosil bo‘lgan nanostrukturalar aglomeratsiyadan holi bo‘lib, yahshi dispers holda ekanligini ko‘rish mumkin. Ishqoriy ertimada gidrotermal usulda sintezlangan ZnO nanostrukturalarini o‘lcham va shakli eritma pH qo‘rsatgichi bogliqdir.
3.2(a) va (b) rasmlarda gidrotermal usulda Zn(NO2)3:HTMA eritmasida 90°C sintezlangan ZnO nanorodlarini kichik va kattalashgan masshtabdagi SEM suratlarni keltirilgan. SEM suratlarida shuni korish mumkink, hosil bo‘lgan ZnO strukturalari nanomikrorod ko‘rinishdagi tayoqchalardan iborat bo‘lib ularning o‘rtacha diametri ~300-600 nm bo‘lib, ularning usunligi o‘rtacha ~2.5-4 μmni tashkil etadi. Bu usulda hosil bo‘lgan nanorodlar ham aglomeratsiyadan holi bo;lib yahshi disperslangan. Ko‘rib o‘tilgan SEM suratlaridan shuni ko‘rish mumkinki, ZnO nanostrukturalarni shakli va o‘chamlari Zn manbai sifatida qo‘llanilgan birikmalarga va gidrotermal reaksiya sharoitlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq ekan.
3.2-rasm. Zn(NO2)3:HTMA eritmasida 90°C sintezlangan ZnO nanonorlarining SEM da olingan tasvirlari. (a) umumiy ko‘rinishi va (b) kattalashtirilgan ko‘rinishi.