Mening Vatanim mening faxrim


Nega ona va Vatan so'zlari ko'pincha birga ishlatiladi?



Download 13,58 Kb.
bet2/2
Sana06.04.2022
Hajmi13,58 Kb.
#531619
1   2
Bog'liq
Safarboeva Gulnoza 1-kurs

Nega ona va Vatan so'zlari ko'pincha birga ishlatiladi?
Chunki ona Vatan kabi muqaddasdir, Vatan ona kabi aziz. Onamiz bizni o'z mehri bila, asrab-avaylab ulg'aytirgani kabi, Vatan ham bizni o'z qo'ynida o'stiradi, o'z ne'matlari bilan siylaydi, u uyimiz, u tug'ilib o'sgan joyimiz.
Mening Vatanim – bu mening g’ururim ramzidir. Men ona Vatanim timsolida dunyodagi eng chiroyli, eng mehribon yurtni ko’raman. Bu bilan bir qatorda Vatanimiz farovon ekan xalqimiz farovon yashaydi.
Serquyosh ona Vatanim O’zbekistondan minnatdorman. Quyosh sevgan yurt farzandi ekanimdan juda baxtiyorman.
Vatan menga nima berdi?
-Baxt berdi. Har kuni iqbol ulashdi. Bag’rida insoniylikni tuyib ulg’aytirdi. Vatanim menga insonlikni, odam bo’lib yashashni o’rgatgan ekan Vatanimga chin dildan xizmat qilish uni ko’z qorachig’imdek asrash, nafaqat men o’zimning, balki,butun Vatanim ahlining burchi deb bilaman.
Lekin shu narsa aniqki, biz o'zimizga Vatan menga nima berdi degan savolni berishimizdan maqsad uni, u bergan narsalarni qadrlashimiz uchundir, men vatanga nima berdim deb yashash esa ham burchimiz, ham majburiyatimiz, ham vazifamizdir.
Vatan ― mening tomirlarimda. Bu ibora bilan men ona Vatanimiz O’zbekiston doimo biz bilan jo’sh uradi, tafti tomirlar ichra ekanligini aytib o’tmoqchiman.Shu aziz yurtga chin farzand bo’la olish, unga pokiza muhabbat hamda yuksak ehtirom ila qarash - ona Vatanimning o’z tuyg’usi demakdir.
Ona yurtim, ona Turonim sendan ayrilmoq – mening o’limim.Sening uchun o’lmoq – mening tirikligimdir.
Ota-bobolarimiz uzoq safarlarga otlanayotganlarida yurt tuprog’idan bir siqim olib ketganlar. Olis yurtlarda Vatan sog’inchi yuraklarini o’rtaganida ana shu tuproqni hidlab qadrdon diyorimiz mehrini, nafasini his qilganlar.
Biz bilamiz, taqdir taqozosi bilan chet elda yurgan yurtdoshlarimiz ham bor.Ularning barchasi o’z Vataniga qaytishiga kafolat bera olasizmi? Yo’q,chunki o’lim har bir insonning boshida bor.Ertami yoki kech bu hammaning boshiga tushadi. Vatanga intilish tuyg’usi shunchalik kuchli bo’ladiki, ular nafaqat tirikligida,balki, bu dunyodan ko’z yumganidan keyin ham ona tuprog’iga yaqinroq bo’lishni orzu qiladilar.Chunki kindik qoni to’kilgan joyning, yayrab-yashnab o’sgan uyning so’ginchiga hech narsa yeta olmaydi.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Vatan ravnaqi yo’lida tinim bilmay izlanayotgan ekan, biz yoshlar bor bilimimizni jonajaon O’zbekistonimizning kelgusida bundanda yuqori pog’onalarga chiqishi, yuksalishi uchun sarflashimiz lozim. Bu berilayotgan imkoniyatlardan to’g’ri foydalangan holda kuchli, bilimli kadrlar bo’lib yetishishimiz zarur.Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev biz yoshlarga qarata shunday deydi: ‘’Agarda biz hozirdan yoshlarga yaxshi ta’lim – tarbiya bermasak, hech qachon rivojlanmaymiz va oldinga siljimaymiz’’.
Bugungi kundagi O’zbekistonni ko’rib ko’zing quvnaydi. Hozirda yurtimizda bunyodkorlik ishlari avjiga chiqqan. Shaharlarimizda yangidan yangi zamonaviy binolar qad rostlamoqda. Ayniqsa, poytaxtimiz Toshkent shahridagi o’zgarishlar juda ajoyib. O’zbekistondagi bunday amaliy va jadal islohotlar dunyo hamjamiyatining e’tirofiga sazovor bo’lmoqda. O’lkamiz havosi naqadar toza, uning musaffoligini faqat tabiat in’omi sifatida qabul qilsak, hayot haqiqatiga uyg’un,desak mubolag’a emas. Chunki O’zbekiston uzra o’zgarishlar shabadasi ertangi kunning zavq shavqi bilan g’ayrat-shijoat ko’rsatib mehnat qilishga undaydi.Bugun biz shunday tarixiy davrda yashamoqdamizki,bu jarayonda xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib,tinch-osoyishta hayot kechirmoqda,o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib, oldiga qo’ygan maqsadlari yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritmoqda.Vatanimiz har tomonlama taraqqiy etib,obod bo’lib bormoqda hamda insonlar hayoti kudan kunga yaxshilanmoqda.
Bobolarimiz aytganday ‘’Ilm qayda bo’lsa buyuklik bo’lar’’.Men shuni aniq ayta olamanki, bu so’z hozirgi kunda yaqqol tasdig’ini topmoqda. Negaki, zamon tez rivojlanmoqda, biz bugun o’qimasak ertaga kech bo’ladi. Hozirgi vaqtda zamon shiddat bilan rivojlanmoqda. Kundan kunga yangi narsalar kashf qilinmoqda. Globallashuv zamonida hozirgina aytilgan yangilik bir kundan keyin eskilikka aylanmoqda. Birgina misol, masalan men arxitektura sohasida o’qiyman. Bu sohada bugun chizgan eskizimiz, yaratgan loyihamiz ertaga eskirmoqda. Ya’ni undanda mukammalroq, yuqori dizaynga ega namunalar yaratiladi. Shuning uchun doimo izlanishda bo’lish, o’z ustimizda ko’proq ishlashimiz kerak. Aks holda bugungi zamondagi kuchli raqobat maydonida o’z o’rnimizni egallash qiyin bo’ladi.Shuni hisobga olgan holda yurtimizda yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda.Yoshlarga juda keng imkoniyatlar yaratilmoqda.Maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati yanada oshirildi.Oliy ta’lim muassasalariga kirish va ularda o’qish jarayonlarida yangi tizimlar joriy etilmoqda.Barcha sohalarga axborot texnologiyalari kirib kelmoqda. Hatto yoshlarimizning chet elda o’qishi uchun ham katta imkoniyatlar yaratilgan.Bu borada ayniqsa chet tillarini mukammal bilishga katta e’tibor berilmoqda.Ta’lim sohasi bilan bir qatorda sport sohasidagi imkoniyatlar ham juda keng. O’zbekistonda sportning ko’pgina turlari rivojlangan.Sportchilarimiz jahon arenalarida Vatanimiz bayrog’ini faxr bilan hilpiratishmoqda. Birinchi prezidentimiz I.A. Karimovning shunday so’zlari bor: ‘’Hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi ‘’. Ha,bu oltin so’zlar shu kungacha o’z isbotini topib kelmoqda. Xalqaro musobaqa va olimpiadalarda sportchilarimiz yuqori o’rinlarni egallashmoqda.Bularning barchasi bizda faxr tuyg’usini uyg’otadi.
Yurtimizning betakror va jozibador tabiatini tomosha qilganda, ularning sport, madaniyat, san’at, bilim va boshqa sohalarda erishgan yutuqlarini eshitganimizda faxrlanamiz. Ishonchim komilki,ana shunday noyob insoniy fazilatlarga yuksak ma’naviyatli, qorachig’i g’ayrat va shijoatga to’la, munosib farzandlari bor xalq hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi.O’zining ezgu maqsadlariga albatta yetadi. Chunki bizda Vatanga muhabbat tuyg’usi kuchli.Bu tuyg’u insonga ona allasi, otaning ibrati,bobolarimiz o’giti va nasihatlari bilan singadi.Bugun O’zbekiston — yoshlar mamlakati. Har birimizning orzularimiz uchun qanot bermoqda desam hech ham mubolag’a bo’lmaydi. Ammo bu kunlarga erishguncha yurtimiz qancha musibatlarni boshidan kechirgan deysiz. Biz o’zbek xalqimiz.O’zbek xalqi qanchalar og’ir kechmishlarni ko’rgan bo’lsada,doim erk istadi, ozodlikka intildi, yaxshi kunlarni orzu qildi, qo’llari duoda tong sahardan bomdod namozida bo’ldi. Ezgu tilaklar ayladi va erishdi.



Download 13,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish