Yakka tartibdagi xatolarni yo‘qotish uchun, istalgan ixtiyoriy ikkita ruxsat etilgan kodlar kombinatsiyasi orasidagi korreksiyalovchi kod masofasi 3 dan kam bo‘lmasligi lozim. Bu holatda qabul qilingan taqiqlangan kod kombinatsiyasi unga yaqin bo‘lgan ruxsat etilgan kod kombinatsiyasi bilan almashtiriladi.
Bunday holatda yakka xatoliklar, uzatishdagi ruxsat etilgan kod kombinatsiyasi qabul qilingan tadqiqlangan kod kombinatsiyadan 1 ga farq qiladi va qolgan ruxsat etilgan kod kombinatsiyasi 2 dan kam bo‘lmagan holda farq qiladi.
Bunday holatda xato albatta tuzatiladi. Umumiy holatda kod kombinatsiyasidagi r2 xatolikni korreksiyalash uchun ikkita istalgan ixtiyoriy ruxsat etilgan kodlar orasidagi kodlar masofasi d quyidagi tengsizlikni d >2r2+1 qanoatlantirishi kerak.
Ruxsat etilgan kod kombinatsiyalari masofasini oshirish uchun uzatilayotgan kod kombinatsiyalaridagi nazorat qiluvchi simvollar soni p ni oshirish kerak. Bunda eng kichik kodlar orasidagi masofa quyidagicha aniqlanadi:
dmin = p + 1 = n – k + 1, (5.3)
bu yerda
dmin -ikkita ruxsat etilgan kod kombinatsiyasi orasidagi minimal kod masofasi;
k- ma’lumot tashuvchi ikkilik simvollar soni;
n-kod kombinatsiyadagi umumiy simvollar soni.
Shu bilan birga, tekshiruvchi bitlar sonini oshirish ma’lumotlar uzatish tezligini keskin kamaytirmasligi (kod tezligiga nisbatan) uchun kodli kombinatsiyadagi (5.1) axborotlar simvolilarini k marotaba ko‘paytirmoq lozim.
Belgilangan n va k li kodlarni shakllantirishda xilma xil usullar mavjud. Raqamli televideniye tizimi uchun paketli xatolarni, bir necha qo'shni ikkilik simvollarini buzilishini korreksiyalash katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari raqamli televideniyeda tizimga kodni tanlashda oddiy dekodlash usulini tanlash maqsadga muvofiq, chunki dekoder har bir televideniye qabul qilgichida bo‘lmog‘i lozim. Shu sabab katta bo‘lmagan xalaqitbardosh kodlar klassifikatsiyasi 5.2 -rasmda keltirilgan.
5.2-rasm. Korreksiyalovchi kodlar klassifikatsiyasi
Korreksiyalovchi kodlar blokli va yig‘iluvchi (uzluksiz) kodlarga bo‘linadi. Blokli kodlar - k axborot kodlaridan tashkil topgan, dastlabki kod kombinatsiyasini uzatilayotgan n > k simvollaridan tashkil topgan kod kombinatsiyasiga qayta kodlashga asoslangan. Qo'shimcha p = n - k simvollari dastlabki kod kombinatsiyasining k simvollariga bog‘liq. Demak, kodlash va dekodlash doimo bir kod kombinatsiyasi (bloki) doirasida amalga oshiriladi.
Bunga qarama - qarshi yig‘iluvchi kodlarda, kodlash va dekodlash ikkilik simvollar ketma - ketligi barchasi ustidan doimo olib boriladi.
Blokli kodlar tarkibi ajratiluvchan va ajratilmas bo‘ladilar. Ajratiluvchan kodlarda har bir kod kombinatsiyasida qaysi bir simvollar ma’lumot tashuvchi va qaysi birlari tekshiruvchi bo‘lishlari ko‘rsatiladi. Ajratilmasda esa bunda imkoniyat yo‘q.
Keyingi klassifikatsiya pog‘onasi - tizimlik kodlardir. Ularning farqi shundaki, tekshiruvchi simvollar axborot simvollaridan, matematik bog‘lanishlar orqali, aniq qoidalar asosida shakllantiriladi. Misol uchun har bir tekshiruvchi simvol Xpj axborot simvollarining chiziqli kombinatsiyasi sifatida olinadi:
Хpj = (b1jx1) (b2jx2) … (bkjxk) (5.4)
bu yerda b1j … bkj – koeffisientlar, ularning qiymati 0 yoki 1;
J= 1,2,…n-k
Do'stlaringiz bilan baham: |