5.3. Xalaqitbardoshli kodlash
Yuqorida aytilgandek, raqamli televideniyeni transport oqimining xalaqitbardoshligini oshiradigan usul-oralatish usulidir. Ammo bu usul raqamli oqimdagi ikkilik simvollarining yakka xatoliklarini aniqlay olmaydi. Shu sabab oralatishdan tashqari televizion signallarni uzatilish tomonida maxsus xalaqitbardoshlikni oshirishga mo‘ljallangan ma’lumotni kodlash usuli ishlatiladi. Bu esa o‘z navbatida qabul qilish tomonida paydo bo‘lgan xatolarni aniqlashga va ularni to‘g‘irlashga yordam beradi.
Xalaqitbardoshlilikni oshirish uchun qo‘llaniladigan kodlar korreksiyalovchi kodlar yoki xatolarni to‘g‘irlovchi kodlar deyiladi.
Qo‘llanilayotgan xatolikni aniqlash kodlari uzatilishdagi xatoliklarni kombinatsiyasini topsa, unda xato qabul qilingan tasvir elementlari o‘rniga avval qabul qilingan tasvir elementlari bilan almashtiriladi. Bunday holatda televizor ekranidagi buzilishlar ta’siri ancha kamayadi. Bunday usulda xatoni to‘g‘irlash maskirovkalash usuli deyiladi.
Murakkablashtirilgan korreksiyalovchi kodlar ishlatilsa, xatolarni nafaqat aniqlaydi, balki ularni to‘g‘irlash imkoniyati yaratiladi.Odatda korreksiyalovchi kodlar asosan xatolarni ko‘proq aniqlaydi, ammo kamroq ularni to‘g‘irlash imkoniga ega. Korreksiyalovchi kodlarning malum intervaldagi ikkilik simvollari ketma - ketligidagi xatolar sonini to‘g‘irlash qobiliyati, misol uchun bir kombinatsiyadagi kodlarni to‘g‘irlash-kodlarnig to‘g‘irlash qobiliyati deyiladi.
Korreksiyalovchi kodlarning tuzilishining asosiy omili shundaki, har bir uzatilayotgan ikkilik simvolli axborotlarning kod kombinatsiya k ga qo'shimcha oriqcha ma’lumotli p ikkilik simvollari kiritiladi. Natijada yangi kod kombinatsiyasi paydo bo‘ladi va unda ikkilik simvollari n = k +p. Bunday kodni (n, k) deb belgilaymiz.
Axborot simvollarining tashkil etuvchisi kod tezligi nisbati bo‘lib, u bunday ifodani tashkil qiladi:
R=k/n = k/(k+p) (5.1)
Bunday kodlarning qabul qilishi mumkin bo‘lgan kombinatsiyalar qiymati 2n ga tengdir. Ulardan uzatishga ruxsat etilganlari 2k kod kombinatsiyalari. Qolgan 2n -2k kod kombinatsiyalari taqiqlanganlardir, ana shunday taqiqlangan kodlarning bittasini qabul qilish tomonida paydo bo‘lishi ma’lumotlarning xato ekanligini bildiradi.
Kodning aniqlash va to‘g‘irlash qobiliyatini baholashda kodlar masofasi yoki Xemming masofasi tushunchalari ishlatiladi. {xij} va {xmj} kod kombinatsiyalari orasidagi masofa dim, kombinatsiyalar sonining ikkilik razryadlari farqi sifatida keltiriladi.
Misol uchun 0001 va 0011 kodlar kombinatsiyasidagi kodlar masofasi 1 hamda 0000 va 1111 kodlar kombinatsiyasidagi kodlar masofasi esa 4 ga tengdir.
Agar ruxsat etilgan kodlar kombinatsiyasi shunday tanlangan bo‘lsaki, istalgan ruxsat etilgan kod kombinatsiyalarining ikkilik simvollari o‘zgarishi taqiqlanganlarga aylansa, bunday korreksiyalovchi kodlar kombinatsiyasi alohida kombinatsiyalardagi yakka xatolik kodlarini aniqlanishini ta’minlaydi. Bunda yakka xato daslabki kod kombinatsiyasini o‘zidan 1 orqadagi kod kombinatsiyasiga o‘tkazadi.
Shunday qilib, yakka xatolarni aniqlash uchun ikkita ruxsat etilgan kodlar kombinatsiyalari uchun korreksiyalovchi kodlar masofasi 2 dan kam bo‘lmasligi lozim. Kodlar kombinatsiyadagi r1 xatoni topmoq uchun ikkita ruxsat etilgan kodlar kombinatsiyasi orasidagi masofa d ≥ r1 +1 tengsizlikni qoniqtirishi kerak.
Oddiy va keng tarqalgan xalaqitbardoshli kodlash bu juftlikka tekshirishdir. Tekshirishda har bir kod kombinatsiyasiga bitta qo'shimcha ikkilik simvol Xp -nazorat qiluvchi yoki tekshiruvchi bit kiritiladi. Bu bit 1ga teng, agar daslabki kombinatsiyadagi birlik yig‘indi toq songa teng bo‘lsa va aks holda esa 0ga teng. Ushbu qonuniyat quyidagicha ifodalanadi:
ХP = X1X2…Xk, (5.2)
bu yerda X1... Xk, dastlabki kod kombinatsiyasining ikkilik simvollari.
Agar tizimning qabul qilish tomonida kodli kombinatsiyaning ikkilik simvolining biri xato qabul qilinsa, unda nazorat bitining qiymati (5.2) ni qanoatlantirmaydi. Bu mos tushmaslik maxsus sxema orqali aniqlanadi va xatolik paydo bo‘lganligining belgisi bo‘ladi. Shunday qilib juftlikka tekshirish yakka xatolarni aniqlaydi, lekin ularni tuzatishga imkon yaratmaydi. Ushbu usul hisoblash mashinalarida ishlatiladi, chunki ularda birorta ham xatoli bit bo‘lmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |