Менга берилган материални ўзбек тилига таржимон қилганимда рус сўзларининг айримларини қуйидаги таржима қилиб ишлатганман


Ovoz signallariga psixoakustik ishlov berish xususiyatlari



Download 27 Mb.
bet46/140
Sana23.04.2022
Hajmi27 Mb.
#576081
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140
Bog'liq
УЧЕБНИК ЦИФРОВОЕ ТВ Узб Лотин последнее

3.5.1. Ovoz signallariga psixoakustik ishlov berish xususiyatlari

Psixaokustik modellarning ishlashi insonning eshitish apparati xususiyatlariga asoslangan bo‘lib,ensiz polosali rezonatorlar yig‘indisidan iborat deyish mumkin. Ular ovoz signallarini ma’lum tashkil etuvchilarini: ovoz sathi (balandligi), chastotasi, vaqti bo‘yicha o‘xshashligini (maskirovkasini) ta’minlaydilar.


Sath bo‘yicha o‘xshashlik (maskirovka) ovozni eshitish chegaralarining notekis taqsimlanishiga asoslangan va u 3.28-rasmda keltirilgan.
Inson ko‘proq yaxshi eshitadigan ovozning chastota oralig‘i 2-4 kGsni tashkil etadi va bu oraliqda asosiy so‘zlar diapazoni joylashgan. Bundan past va yuqori chastotalarda inson qulog‘ining eshitish sezgirligi kamayadi.
Shunday qilib, ovoz signalining chegarasi 2-4kGsdan qancha yuqori bo‘lsa, shuncha ko‘p axborotni sifatga sezilarli ta’sir qilmagan holda, kesib tashlash mumkin.

3.28-rasm. Jimjitlikdagi eshitish chegarasi.

Odatda baland ovozdan keyin, past ovoz deyarli eshitilmaydi. Misol uchun: zarb berib hosil qilingan barabanning ovozidan keyin past ovoz eshitilmaydi, chunki barabanning baland ovozi past ovozni bosib tashlaydi. Shuning uchun past ovoz signalini olib tashlansa, hech nima yo‘qotilmaydi, chunki bu past ovozni baribir inson eshitmaydi.


Chastotali maskirovka -inson ovozni eshitish tizimi har bir rezonatori ma’lum o‘tkazish polosasiga egaligi asos qilib olingan.
Misol uchun 1000Gs chastotada farqlash chegarasi 30Gsni tashkil etadi. Shu sabab ovoz signalining 1000 va 1020 Gs chastotali qiymatlari mavjud bo‘lsa, ular orasidagi farq quloqqa sezilmaydi. Bunda bemalol 1020 Gs o‘rniga 1000 Gsni uzatish mumkin, ya’ni 1020Gsli signalni tashlab yuborish mumkin.
Bundan tashqari har qanday eshitilayotgan ton (ovoz) boshqa ovozlar eshitish qabulini o‘zgartiradi. Biror bir tonni qayta tiklasak, uning yonidagi chastotatalar eshitish chegarasi o‘zgaradi. Chunki tiklangan ton (ovoz)- maskirovka qiluvchi ton deyiladi va agar atrofdagi chastotalar maskirovka qiluvchi tonga qanchalik yaqin bo‘lsa, tonlarning eshitish chegarasi shunchalik ko‘tariladi.
Ya’ni past ovozlarni eshitayotgan vaqtda yana keyingi past ovozni eshitishdan ko‘ra, yuqori chastotali ovozni eshitish osonroq va yaqqolroqdir.
Misol uchun ton chastotasi 1kGs va ta’sir etish diapazoni 60dB bo‘lsa, eshitish qobilyati chegarasining o‘zgarishi 3.29- rasmdagidek bo‘ladi.

3.29-rasm. Chastotasi 1kGs tonning ta’sir etish diapazoni 60dB bo‘lgan holatda eshitish qobiliyati chegarasi.

Odatda musiqada xilma xil tonlardan tashkil topgan va shu sabab maskirovka tonlari bir nechta bo‘lishlari mumkin. Birdaniga bir necha maskirovka tonlari qo‘llanilsa (chastotalari 0,25, 1, 4, 8kGs va xuddi 3.30- rasmda ko‘rsatilgandek), boshqa signallar eshitish chegarasi keskin yuqori ko‘tariladi.


Keltirilgan 3.30-rasmdan ko‘rinib turibdiki, yuqori chastotalar yaxshi maskirovkalangan.
8 kGsli maskirovka qiluvchi ton tiklansa, eshitish chegarasi 14 kGsgacha ko‘tariladi. Siqish algoritmlari bunday holatdan aktiv foydalaniladilar. Siqilganda,birinchi navbatda, yuqori chastotalarning sifati pasayadi, bu past bitreytlarda juda yaxshi seziladi (bitreyt - 1 sekunddagi ovozlarni kodlash uchun kerak bo‘ladigan bitlar soni).



3.30- rasm. Bir necha maskirovka tonlari (chastotalar 0,25, 1, 4, 8 kGs) ta’sirida eshitish chegarasining o‘zgarishi

Vaqtli maskirovka - bu inson qulog‘i juda qisqa ovoz signallarini sezmasligiga asoslangan. Bundan tashqari, maskirovka tonining keskin to‘xtatilishidan keyin, qisqa vaqtda ichida (chastota va amlitudasiga qarab, bir necha millisekund) quloqning eshitish chegarasi o‘zgaradi, lekin o‘zgarish nochiziqli bo‘ladi. 3.31-rasmda vaqtli maskirovkaga mos keluvchi grafik keltirilgan.





3.31-rasm. Vaqtli maskirovka

Chastotali va vaqtli maskirovkalar grafiklarida o‘qlardan birining mos tushishi tasodifiy emas.


Ikki grafikni birlashtirib, hajmli diagrammani qurish mumkin, bu esa signalni maskirovkalashga asoslangan, ovozning umumiy siqilishning samaradorligini ifodalovchi grafikka aylanadi(3.32-rasm).



3.32- rasm. Ovozni siqilishining umumiy samaradorligi.


Keltirilgan grafikdan ko‘rinib turibdiki, ovozni eshitish yuzasi ostidagi maydon katta qismni tashkil etadi. Maskirovkalangan tonlarini yo‘qotish katta siqish qiymatini beradi, ammo bu sezilarli sifat yo‘qotishiga olib kelishi mumkin.





Download 27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish