Менга берилган материални ўзбек тилига таржимон қилганимда рус сўзларининг айримларини қуйидаги таржима қилиб ишлатганман



Download 27 Mb.
bet44/140
Sana23.04.2022
Hajmi27 Mb.
#576081
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   140
Bog'liq
УЧЕБНИК ЦИФРОВОЕ ТВ Узб Лотин последнее

3.4.3 Parametrik modellar usuli

Kadrdagi syujetlarning barcha o‘zgarishlari faqat uzatuvchi kamera harakati bilan bog‘liq bo‘lganda ushbu usul yaxshi natija beradi.


Bunday harakat quyidagi to‘rt parametrli modul bilan izohlanadi:
(3.7)


p1(n) va p2(n) kameraning parallel siljishini izohlaydi va p3(n) va p4(n) kameraning aylanishini yoki uzoqlash-yaqinlashishini belgilaydi. Ushbu usulni umumiy holatga birlashtirish mumkin, bunda kadrda ko‘plab biriga biriga bog‘liq bo‘lmagan harakatlar mavjud deb, kadr bloklarga bo‘linganda ushbu usul kadrning har qanday blokiga alohida qo‘llanlishi mumkin.
Ushbu usulni samaradorligini oshirish uchun, uni boshqa bir blokli usul bilan birga qo‘llamoq lozim.
Tasvirning biron bir maydondagi harakatini nazariy parametrli modelni yozish mumkin agar:
1) Umumiy maydondagi tekis yuza qism ma’lum maydonga mos kelsa.
2) Kameradan har xil masofada uzoqlashgan ob’ektlarni bitta maydonda joylashtirish mumkin bo‘lsa va ob’ektlarni tasvirga olish siljimaydigan kamera orqali amalga oshirilsa.
Boshqa holatlarda ob’ekt tasvirining “kadrlarning siljish harakati” murakkab bo‘lishi ifodaladi. Parametrli modellar bunday chegarani kengayishiga yo‘l qo'ymaydi. Shunga sabab bunday hollarda bir necha harakatlarning birdaniga kompenisatsiyalanishini ta’minlovchi usullar qo‘llaniladi.


3.4.4 Ob’ektga yondoshish usuli

Televizion tasvirlarni siqishda shunday holatlar bo‘ladiki, unda tasvirni bloklarga bo‘lgan ko‘ra, video ob’ekt kadrini yaxlitligicha, butunlay ishlov berish osonroq bo‘ladi. Bunday ob'eklarni ajratish usuli - segmentatsiya deyiladi.


Televizion tasvirni ob’ekt bo‘yicha yo‘naltirib ifodalash, algoritm sigmentatsiyasini qo‘llash sohasiga kiradi. Sigmentatsiyalashda tasvir maydonlarida bir xil xossali zonalar, ichki teksturalar, ajratiladi va kanallardan ularning xossalarigina jo‘natiladi. Bu o‘z navbatida siqish koeffitsienti darajasini o'stiradi. Bunday usulda tasvirni siqish samaradorlikni oshirish bilan birga tasvir sifatini yo‘qotmaslikka olib keladi.
Tasvirni ob’ekt bo‘yicha yo‘naltirib ifodalash usuli, MPEG-4 harakatni aniq kompensatsiya qiladigan standartida ishlatiladi. Bunda tasvir aniq o‘lchamli bloklarga bo‘linmaydi, balki xilma xil ixtiyoriy o‘lchami bloklarga bo‘linadi.Ular boshqa usullar qatori, segmentatsiyalar usulidan foydalanib, tasvirning syujetidan ajratiladi.
Sigmentatsiya jarayoni harakat parametrlarini izlashga bog‘liq bo‘lmasligi mumkin, ammo ikkalasi ham bir yakka jarayon sifatida ketma-ket yaqinlashtirib (iterativ) aniqlantirilishi ham mumkin. Birinchi holatda sigmentatsiya asosi sifatida yorug‘lik ma’lumoti tashkil qilsa, ikkinchi holatda, qayta aniqlashtirilgan,sigmentatsiya harakatlar parametrlari asosida topiladi.
Ba’zi vaqtlarda ob’ektlarni kadrlarda sigmentatsiyalash uchun, vektor maydonini korreksiya qilish maqsadida, alohida bloklar vektorlari siljishidan so‘nggina qo‘llaniladi.
3.25- rasmda ko‘p kadrli harakatni kompensatsiyalash ob’ektiga yo‘naltirilgan holatdagi umumlashgan sxema keltirilgan.
Faoliyat o‘tayotgan kadrning xotira buferiga joylanishi va vektorlar harakatini oldindan aytib beruvchi (basharot qiluvchi) algoritm orqali ishlovchi kodekda aniqlangan harakat vektoridan boshlanadi.
Agar o‘tayotgan kadr videooqimdagi birinchi kadr bo‘lsa, unda harakat vektorlari mavjud emas.
Shu ma’lumotlar asosida segmentlashgan ob’ektlar siljishi haqidagi axborotlar qo'shiladi.
Tasvirni segmentlash usuli yordamida ob’ektlar tasvirlaridan tashqari ular atrofidagi fonlar (soyalar) ham ifodalanishi mumkin.
Ushbu fon (soyalar) maydonlari ham uzatilishi lozim, chunki ob’ektning harakatlanishi tufayli ba’zi soyalar maydonlari to'siladi yoki ba’zi yopiq bunday maydonlar esa ochiladi. Uning algoritmi 3.26-rasmda keltirilganidek. Ana shu bo'shliq zonalar fon maydonlari bilan to‘ldiriladi va ular ob’ektning dinamik konturi bilan uzatiladi.

3.25- rasm. Ob’ektga yo‘naltirilgan harakatni kompensatsiyalovchi umumlashgan struktura sxemasi.


Keyingi ikki kadrga ishlov berish qadami asosiy kadrni chiqish oqimi shakllantiruvchisiga tushishi va segmentlashtirilgan dinamik ob’ektning kadrdagi koordinatalarining joylashishi bilan bog‘liq.





3.26- rasm. Harakatlanuvchi ob’ektning va tasvir fonining o‘zaro solishtirma rasmlari.

Shunday qilib, o‘zgarmas fondagi tasvir va o‘zgaruvchan forma va rangga ega siljuvchi ob’ektlarning oxirgi holati uchun (1 ob’ekt), asosiy kadrni to‘liq uzatish shart. Yana albatta qo'shimcha qo'shni kadrdagi ajratilgan dinamik ob’ektning koordinatalarining kadrdagi joylashi haqidagi axborot ham uzatiladi. Ikkinchi kadrning uzatilmagan barcha zonalari (maydonlari) statsionar bo‘lib, birinchi kadrdan nusxa qilib olinishi mumkin. O‘zgartirish talab etiladigan zonalar spektral o‘zgartirishlar asosidan foydalanib siqiladi va video ma’lumotlar oqimida aloqa kanallari orqali dekoderga jo‘natiladi. Qabul qiluvchi tomondagi dekoderda asosiy kadr yordamida statsionar fon tiklanadi va uzatilgan siljish koordinatlaridan foydalanib, segmentlashtirilgan ob’ekt kiritiladi. Ushbu usulda yondoshish katta siqish koeffitsientiga erishishni ta’minlasa, ayni vaqtda dinamik ob’ektlarni segmentlashda sodda algoritmlardan foydalanishga yo‘l ochadi.


3.27- rasmda misol sifatida kadrlar ketma-ketligining statistik yoki dinamik ob’ektini siljitilishining ustma ust tushishi tufayli fonning tiklanishi ko‘rsatilgan.
Shunday qilib, harakatni ob’ektga yo‘naltirilgan sijishlarini kompensatsiyalash quyidagi asosda olib boriladi:
1) videoob’ekt segmentatsiya qilinadi;
2) qo'shni kadrlarda ob’ektlar izlanadi;
3) asosiy kadr uzatiladi,yana qo'shni kadrlardagi statik (bir xil o‘zgarmas) uchastkalari va kadrlarda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqidagi ma’lumot dekoderga uzatiladi.
4) dekoderlashda qo'shni kadrlar asosiy kadr va yordamchi ma’lumotlardan foydalanib tiklanadi.
Bunda ob’ektni segmentatsiyalash yorug‘lik yoki rang belgilari hamda bloklarning bir xilligi prinsipi asosida amalga oshiriladi va ular umumlashib, ob’ektni tashkil etadi.



3.27- rasm. Kadrlar ketma- ketligida harakatlanuvi ob’ektning fonini tiklanishi.

Kadrdagi ob’ektlarni izlash yoki seleksiya qilishda ko‘plab usullar mavjud va qo‘llanilgan algoritmga qarab murakkab va tezkor bo‘lishi hamda kontur chegaralarining aniqligi belgilangan bo‘lishlari mumkin. Ba’zi holatlarda qo'shimcha sifatida kadrlar aro farqdan ham foydalanish mumkin.


Raqamli oqim tizimida asosiy (tayanch) kadrlar ishlatiladi va spektral o‘zgartirishlardan foydalanib, ularning kadr ichki statistik ortiqchaliklari yo‘qotiladi. Oraliq kadrlar esa uzatilayotgan kadrlardagi dinamik ob’ektlarning joylashish koordinatalari haqidagi ma’lumotlarni va qo'shimcha axbortlarni o‘z ichiga oladi.
Shunday qilib, o‘zgarmas fondagi haqiqiy tasvirlarning istalgan shakldagi va rangdagi harakatlanuvchi dinamik ob’ektlarini uzatish uchun faqat asosiy kadrni uzatib, qo'shni kadrlar ob’ektlarining holatlarini uzatish kifoya.
Dekoder esa kadrdagi ob’ektnining xotiradagi yangi joyga tiklaydi va bunda ob’ektlarning kadrda siljish koordinatalari joylashishga asos bo‘ladi.
Bundan tashqari boshqa usullarni ham qo‘llash mumkin, masalan: kamerani tasvirga olish burchagining o‘zgarishi ob’ektni shaklining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatuvchi parametrik usuldir. Yana kadrlar aro farqlar, uch o‘lchovli rekursiv izlash (ob’ektni va uning bloklarini izlash) va hokazo usullar mavjud.
Shuni ta’kidlash keraki, tasvirni bloklar bo‘yicha bo‘laklashni qo‘llovchi, syujet fragmetlarining harakatlanishini kompensatsiyalashning barcha usullari, qo'shimcha metaaxborotlar massivini shakllantiradi va ularga siqilgan asosiy kadr hamda kadrlar aro farqlar haqidagi ma’lumotlarga qo'shiladi.
Yana qanchalik harakat kompensatsiyasi aniq bo‘lsa, shunchalik metama’lumotlar hajmi ortadi va videoqimni siqish koeffitsienti qiymati kamayadi. Shu sababli qo‘llanilayotgan xilma-xil harakatni kompensatsiyalash usullari shakllantirilayotgan metama’lumotlar hajmini minimallashtirishi lozim va aks holda ularning xajmini oshishi harakatlanishni kompensatsiyalash usullarining afzalligini yo‘qqa chiqarishi mumkin.



Download 27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish