Менга берилган материални ўзбек тилига таржимон қилганимда рус сўзларининг айримларини қуйидаги таржима қилиб ишлатганман


TV eshittirishning asosiy parametrlari



Download 27 Mb.
bet13/140
Sana23.04.2022
Hajmi27 Mb.
#576081
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140
Bog'liq
УЧЕБНИК ЦИФРОВОЕ ТВ Узб Лотин последнее

TV eshittirishning asosiy parametrlari

TSC 4.43 MGs da

NTSC 3.58 MGs da

PAL 3.575 MGs da

PAL 3.582 MGs da

PAL 4.43 MGs da

SECAM

Tasvir tizimi

Tasvir va ovoz quvatining nisbati

Ovoz chastotasinining deviatsiyasi, KGs

Ovoz chastotasinining modulyatsiyasi

Modulyatsiyaning polyarizatsiyasi
N- negativ P- pozotiv

Tasvirni modulyatsiya
qilish usuli

Tasvir va ovoz chastotalar orasida farq MGs

Radiokanal polosasining chastotasi MGs

Videosignal polosasining chastotasi MGs

Maydon chastotasi Gs

Satr chastotasi Gs

Kadrdagi satr Gs

Diapazon

Parametr







-

-

+

+




10/1 20/1

±50

CHM

N

AM OBP

5.5

7

5

50

15625

625

MV

B







-

-

+

+




10/1
5/1

±50

CHM

N

AM OBP

6.5

8

6

50

15625

625

MV

D







-

-

+

+




10/1 20/1

±50

CHM

N

AM OBP

5.5

8

5

50

15625

625

DMV

G







-

-

+

-




5/1
10/1

±50

CHM

N

AM
OBP

5.5

8

5

50

15625

625

MV

H







-

-

+

-




5/1

±50

CHM

N

AM OBP

6

8

5.5

50

15625

625

DMV

I







-

-

+

+




5/1 10/1

±50

CHM

N

AM OBP

6.5

8

6

50

15625

625

DMV

K







-

-

-

+




10/1

±50

CHM

N

AM OBP

6.5

8

6

50

15625

625

MV

K1







-

-

-

+




10/1

-

CHM

P

AM OBP

6.5

8

6

50

15625

625

MV

L







+

+

-

-

-

5/1 10/1

±25

CHM

N

AM OBP

4.5

6

4.2

60

15750

525

MV

M

+




-

+

-

-




5/1 10/1

±25

CHM

N

AM OBP

4.5

6

4.2

50

15625

625

MV

N

2. RAQAMLI TELEVIZION SIGNALLAR


2.1. Tasvir signallarini anolog - raqamga o‘zgartirish

Signallar turkumida analog (uzluksiz) va raqamli signallar mavjud. Analog signallar uzluksiz funksiya qonuni bo‘yicha o‘zgaradi va ikki qo'shni sath orasida juda ko‘p oraliq qiymatlar bo‘lishi mumkin.


2.1-rasmda analog shakllangan SECAM tizimidagi TV (A) va ovoz (B) signallarining bir fragmenti (qismi) ko‘rsatilgan.



2.1-rasm. Analog televizion va ovoz signallari.

Analog signalga nafaqat uzluksiz signal, balki axborot impulsning kengligi yoki torayishiga bog‘liq modulyatsiyalangan SHIM (широтно-импульсная модуляция – ШИМ) yoki dastlabki holati vaqtga (fazaga) bog‘liq bo‘lgan FIM (faza-impuls modulyatsiya) signallari ham qo‘shimcha bo‘lishi mumkin va ular


2.2-rasmda keltirilgan.



2.2-rasm. SHIM (a) va FIM (b) signallarning ko‘rinishiga misollar.


Raqamli signallar, ikkilik kodlarda analog signalning sath va vaqt bo‘yicha diskret o‘lchov qiymatlari ifodasidir. Shundan “raqamli” (“digital”) termini kelib chiqqan va hozirgi zamon radioelektoron qurilmalarini xarakterlaydi.
Signallarni uzatishda, xotirada saqlashda, qayta ishlashda, qabul qilishda analog signal qo‘llanilsa, tizim analog televizion tizim deyiladi. Bunday tizim qator kamchiliklarga ega: analog signalning shovqinga chidamsizligi, har bir televizion blokning xalaqit signaliga, shovqinga chidamsizligi va signal buzilishining mavjudligi. Yana bir salbiy holat bu signalning buzilishi va shovqinlarning har bir zvenoda (blokda) yig‘ilib borishi hamda ortib borishidir. Bu salbiy holat maxsus effektlar bilan boyitilgan televizion programmalarda ko‘proq mujassamlanadi va ularni bartaraf etish uchun qo'shimcha o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi. Shuning uchun maxsus effektli qurilmalarda xalaqitlardan himoyalanish muhim vazifada bo‘lib qolmoqda. Signallarga raqamli ishlov berish usullari xalaqitlardan himoyalanishni oshirishdan tashqari ko‘pgina boshqa muammolarni yechishga ham sharoit yaratadi.
Raqamli tizimlarda, masalan tizim kirishga analog signal kelsa, bu signal kodlanadi va raqamli shaklga o‘tkaziladi, ya’ni analog signal diskretlash, kvantlash va kodlash kabi umumlashgan operatsiyalar bilan raqamli signalga aylantiriladi.
Diskretlash jarayoni - bu uzluksiz analog signalni ma’lum aniq vaqtlarda olingan oniy qiymatlar (sanoqlar) ketma-ketligi bilan almashtirishdir. Teng taqsimlangan diskretlashda aniq vaqtlar oralig‘i Kotelnikov teoremasiga asosan tanlanadi. Ushbu teoremaga asosan har qanday chastota spektri cheklangan uzluksiz analog signal o‘rniga, diskretlash chastotasi analog signal yuqori chastotasidan (Fmax) eng kamida 2 marta katta bo‘lgan chastotadagi sonoq qiymatini uzatish kifoya, ya’ni Fd ≥2Fmax shart bajarilishi kerak. Misol 2.3 -rasmning a va b grafiklarida keltirilgan. Agar diskretlash chastotasi 2Fmaxdan kichik bo‘lsa, chastotalar ustma-ust tushishi mumkin va qayta tiklangan analog signal tarkibida “qalbaki, yolg‘on” aldamchi signal paydo bo‘ladi. Bu hodisa ingiliz tilida “aliasing” (alias - o'ylab topilgan) deb ataladi. Ushbu “qalbaki” signal hech qaysi filtr bilan tozalanib olinolmaydi va asosiy “haqiqiy” signalni orqaga qaytmas buzilishiga olib keladi.
Shuning uchun diskretlash chastotasining qiymati dastlabki analog signalning yuqori chastotasidan ikki marta katta emas, balki 5 - 10 marta katta chastota tanlanadi. Bunday katta qiymatli diskretlash chastotasini tanlash ingliz tilida oversampling (diskretizatsiyadan baland yoki ortiqcha diskretlash) deyiladi va natijada analog signal spektrini tozalashda oddiy past chastotali filtrlar qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Ammo bunday yondoshuv raqamli ma’lumotlarning keskin ortishiga olib keladi va bu o‘z navbatida ularni aloqa kanali yordamida uzatish vaqtini oshiradi hamda ma’lumotlar saqlash hajmini oshiradi. Shuning uchun ortiqcha (yuqori) diskretlashdan so‘ng sanoqlarning ba’zi ortiqchalari olib tashlanadi va bu siyraklashtirish (detsimatsiya) deb ataladi. Ba’zi xollarda, masalan: tasvir sifatini oshirish uchun diskret signal sanoqlari orasiga qo'shimcha sanoq qiymatlari qo'shiladi. Bunday operatsiya interpolyatsiya deb ataladi.
Inson axborotni faqat analog ko‘rinishda qabul qilishi mumkin bo‘lganligi uchun qabul tomonida teskari almshtirish amalga oshiriladi, ya’ni raqamli signal analog signalga o‘zgartiriladi.Ushbu maqsadda analog signalni tiklash uchun yuqori chastotasi qiymati Fmax bo‘lgan ideal past chastotali filtrdan (PCHF) o‘tkaziladi va bu operatsiya interpolyatsiya deyiladi.
Televideniyeda ko‘proq chastotasi o‘zgarmas (bir xil) diskretizatsiya qo‘llaniladi va bu yoyish (развертка) chastotasiga bog‘liq yoki bog‘liq bo‘lmasligi bo‘lishi mumkin (2.4-rasm). Agar diskretlash va yoyish chastotalari bitta takt generatoridan shakllantirilsa, unda ular orasidagi bog‘lanish kuchli bo‘ladi. Bu holatda har bir satrdagi sanoqlar soni bir xil bo‘ladi va sanoqlar orasidagi masofa ham bir xil bo‘ladi. Bu holatda tasvirda o‘zgarmas (aniq) ortogonal diskretizatsiya tuzilmasi mavjud bo‘ladi va sanoqlar to‘g‘ri to‘rtburchakli panjaraning tugunlarida joylashadi (2.4.a -rasm). Ushbu usul hozirgi vaqtda raqamli televideniyeda studiya jihozlarida keng tarqalgan.



2.3- rasm. Analog signalni raqamli shaklga o‘tkazish jarayoni.



2.4- rasm. Diskretlash chastotasi sanoqlarini yoyishga bog‘liq (a) va bog‘liq bo‘lmagan (b) tuzilmasi.

Sodda va nisbatan arzon qurilmalarda, masalan maishiy televizion tyunerlarda, diskretlash chastotasi alohida generator bilan shakllantiriladi va u televizion signalni yoyish chastotasi bilan bog‘liq emas. Bu holatda qo'shni satrlarda turli koordinatali xilma xil sonli diskretlash sanoqlari shakllantiriladi. Bunda kadrdagi sanoqlarni diskretlash tuzilmasi 2.4. b-rasmda keltirilgan kabi bo‘lishi mumkin


Diskretlashdan so‘ng kvantlash jarayoni yoki sanoqning qiymatini (sathini) tegishli aniqlikda o‘lchash jarayoni boshlanadi. Misol uchun, ko‘cha temperaturasini o‘lchashda aniqlik plyus-minus bir gradus bo‘lishi unchalik katta ahamiyatga ega emas, ammo inson tana haroratini o‘lchashda 0,1 gradusgacha aniqlik talab etiladi. Xuddi shu kabi televideniyeda nechta yorug‘lik sathini uzatishni aniqlash talab etiladi, ya’ni kvantlash sathining sonini aniqlashni. Chunki kvantlash sathining soni tasvirning sifatiga bog‘liq. Shunday qilib, kvantlash ham diskretlashdir faqat vaqt bo‘yicha emas balki sath bo‘yicha amalga oshirishdir (2.3, b -rasm). Kvantlash sathlari oralig‘i kvantlashning qadami deyiladi. Sath son qiymati sifatida eng yaqin yuqori yoki pastki qiymat qabul qilinadi. Shuning uchun kvantlashda analog signalning haqiqiy qiymati va unga yaqinlashgan kvantlangan sath o‘rtasidagi farq kvantlash xatoligi yoki shovqini deyiladi (2.5.-rasm). Kvantlashning quyi qismi-kvantlash bo'sag‘asi deb nom olgan.
2.5-rasmda yorug‘lik asta -sekin o‘zgargandagi tasvirning holati va uni kvantlash natijasidagi buzilishlar (shovqin qiymati) keltirilgan.

2.5-rasm. Analog-raqam o‘zgartirish. Kvantlash
Shunday qilib kvantlangan signal,dastlabki analog signaldan farqli, faqat butun son qiymatiga ega bo‘lgan ketma-ketlikdir. Bu o‘z navbatida har bir diskretlash intervalida (vaqt oralig‘ida), kvantlash sathining qiymati kabi ko‘rishda bo‘lishini belgilaydi va sath qiymatlari ma’lum belgi yoki simvollar kombinatsiyasi bo‘lishini ta’minlaydi.

Download 27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish