ITU - R BT 601 tavsiyaga asosan, raqamli televizion signalning tashkil etuvchilarini diskretlashda 13,5 MGs chastotadan foydalanilaadi. Bu televizion tasvirlarni o‘zgartiruvchi arzon qurilmalar yoki televideniye qabul qilgichlarning xilma xil standartlarda oddiy qurilmalarni ishlatib, raqamli signallarni qayta ishlashga imkon yaratadi. Lekin texnik talablar yuqori bo‘lgan qurilmalarda tashuvchi chastotaning to‘rtlangan (4FRT) qiymatidan foydalaniladi. Chunki bunday diskretlash chastotasidan foydalanish rangfarq signallarini sifatli ajratilishiga hamda rangfarq signallarni demodulyatsiya qilishda osonlik yaratadi.
NTSC tizimida FRT =3,57945 MGs bo‘lib, diskretlash chastotasi FD = 14,31818 MGs ga teng. Bu chastotalar o‘z navbatda satr chastotasi (Fsatr = 15750 Gs) bilan 227,5 Fsatr- ko‘rinishda va diskretlash chastotasi bilan 910*Fstr karrali ko‘rinishda bog‘langan. Shunday qilib, har bir satrda diskretlash davrlarining butun sonlari qiymati joylashadi. Shu sabab satrdagi sanoqlar soni siljimas to‘g‘ri to‘rtburchakli panjarani tashkil etadi va ularning vaqtga bog‘liq holati esa rangfarq signallar tashuvchisi fazasiga mos keladi.Shuning uchun diskretlash jarayoni kichik buzilishlar keltirib chiqaradi.
PAL tizimida tashuvchi chastota FRT = 4,43361875 MGs va bu esa satr chastotasini 1135/ Fsatr +Fkadr, ya’ni (Fsatr =15625 Gs) ga teng bo‘lishini belgilaydi.Diskretlash chastotasi Fd = 14,31818 MGs ga, ya’ni (1135/Fsatr+Fkadr) ga teng bo‘ladi.Bunda satr yoyish davri diskretlash davrining butun qiymatidan farq qiladi. Sanoqlar ketma -ketligi o‘zaro deyarli ortogonal va kadrga nisbatan o‘zgarmasdir (qo‘zg‘almasdir).
Vaqt bo‘yicha sanoqlar holati rangfarq tashuvchi signal fazasiga to‘g‘ri keladi. SECAM tizimida esa chastotali modulyatsiya qo‘llanganligi sababli diskretlash chastotasini rangfarq signallar tashuvchi chastotasiga karrali qilib olish mumkin emas, chunki chastota har xil ranglar uzatilganda ularga mos o‘zgarib turadi.Shuning uchun diskretlash chastotasi satr chastotasiga karrali qilib tanlanadi. Diskretlash chastotasi Fd = 17,625MGs (1128 satr) etib tanlanadi, chunki qizil rangning eng yuqori chastotasi 4,40625 MGsga teng.
2.3-jadval
Tizim
|
NTSC (525 satr)
|
PAL (625 satr)
|
SECAM (625 satr)
|
Satrdagi sanoqlar
|
910
|
1135
|
1128
|
Satrning aktiv qismidagi sanoqlar
|
768
|
948
|
916
|
Tasvirdagi sanoqlar strukturasi
|
Ortogonal
|
Ortogonal
|
Ortogonal
|
Diskretlash chastotasi (MGs)
|
14,31818
|
17,734475
|
17,625
|
Ikkilik signalni uzatish tezligi, Mbit/s
|
143
|
177
|
176
|
2.3 - jadvalda NTSG, PAL va SECAM tizimlarining tashkil etuvchilarini raqamli o‘zgartishdagi asosiy qo‘rsatgichlari keltirilgan.
Analog televizion signalning oldi qismi va sinxroimpuls kesmasini raqamli kodlanishi tufayli, qora rangning nominal qiymatidan oq rangning nominal qiymatigacha bo‘lgan diapazonda kvantlash sathlari, tashkil etuvchi signallardan tahminan 30 foizga kam bo‘lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |